537
O‗zbek adabyoti ancha asrlik tarixni o‗z ichiga olgan desak mubolag‗a
bo‗lmaydi. Ushbu tarixda buyuk shoir va yozuvchilarning nomi o‗chmas qilib
yozilgan. Shunday buyuk adabiyot vakillari orasiga taniqli shoir, dramaturg,
adabiy tarjimon va davlat arbobi Erkin Vohidovni qo‗shsak adashmagan bo‗lamiz.
Erkin Vohidov har bir adabiyotshunos, shoirnavislar qalbidan chuqur o‗rin
egallaganligini uning she`rlari hali ham kitoblarda mavjudligidan dil va tillardan
tushmasligidan bilsak bo‗ladi. Har bir o‗quvchi darsliklarda uning asarlari bilan
tanishgan. Erkin Vohidovning xalqimiz yurtimiz uchun xizmatlari tiriklik
chog‗idayoq taqdirlangan. O‗zbekiston xalq shoiri, O‗zbekiston Qahramoni faxriy
unvoni ―Buyuk xizmatlari uchun‖ va ―Do‗stlik‖ ordenlari bilan taqdirlangan.
Erkin Vohidov sho‗ro tuzumi davrida voyaga yetgan. Uning ijod pallasiga
kirib kelishi sovet hokimyatining quloqlashtirish, adabiyot bilan shug‗ullanish
go‗yoki bir jinoyat deb bilingan edi. Aynan shu davrda ijodining avj pallasiga
kelgan. Uning ijodidan biz badiiy adabiyotning nechog‗lik chiroyli va nechog‗lik
qudratli ekanini ko‗rishimiz mumkin. Shoirning birinchi she`riy to‗plami yigirma
uch bahorni qarshi olgandan so‗ng ―Tong nafasi‖ nomi bilan chiqarildi. Bu
shoirning she`riyat olamiga qo‗ygan ilk katta qadami bo‗ldi. Shundan so‗ng o‗zbek
adabiyoti olamiga yana bir yangi bir nafas,yangi bir iste`dod kirib keldi. Ilk
to‗plamdan so‗ng shoirning ijodiyotida yangi to‗plamlar deyarli yilma yil chiqa
boshladi.
So‗z san`atining naqadar kuchli, nafis inson hayotida bir ajoyib o‗ringa ega
ekanligiga Erkin Vohidovning takrorlanmas ijodidan bilishimiz mumkin.
Shoirning otash yuragidagi samimiy tug‗yonlarni o‗z asarlariga jo aylab uni
hayotga keltirish ham san`atning qanchalik mushkul, lekin jozibali ekanligidan
dalolat beradi.
Shoirning san`atdan foydalanib o‗z she`rlariga jon bag‗ishlashi nafaqat xalqimiz
yuragidan, balkim qo‗shni xalqlarning yuragidan chuqur o‗rin egallagan. Uning
she`riyatidagi mehr-muhabbat go‗yoki, bir oqqush kabi o‗zga millatlar qalbidan
qo‗nim topdi. Buning isboti sifatida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Turkiya
prezidenti Rajab Toyib Erdo‗g‗on bilan bo‗lgan uchrashuvda Turkiya rahbarining
ikki xalqqa qarata:
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon,o‗zbegim,
Senga tengdosh Pomir-u
Oqsoch Tiyonshon,o‗zbegim.
So‗ylasin Afrosiyob-u
So‗ylasin O‗rxun xati,
Ko‗hna tarix shodasida
Bitta marjon, o‗zbegim
deya o‗zbek adabiyotining yorqin namoyondasi Erkin Vohidovning qasidasi bilan
murojaat qildi. Bu esa asarning naqadar mahorat bilan yaratilganligidan dalolat
beradi. Qasidalar oldindan yurt hukmdorlarining yaxshi ishlarini olqishlab yozilar
edi. Ammo Erkin Vohidov o‗z qasidasini o‗zbek millatiga bag‗ishladi. Chunki
o‗zbek xalqi ham qanchadan qancha qahromonliklar qilgan, shuning uchun shoir
538
o‗z qasidasi orqali o‗zbek xalqiga minnatdorchilik bildirdi. O‗zi uchun xavotirli ish
boshladi. Bilamizki qasida yaratilayotgan paytda millat o‗tmishini tadqiq qilish
ommaga uni taqdim etish anchayin qiyin va xavotirli edi. Chunki xalqqa tarixini
anglashga yo‗l qo‗yilsa,ular ota- bobolarining mardligini va jasoratini bilish xalqqa
g‗urur baxshida etadi. Bu esa xalqning mustabidlarga qarshi kurash boshlashiga
olib kelishi mumkin edi. Shuning uchun sovet hokimiyati o‗zbek tarixini
yolg‗onga to‗ldirib xalq irodasini bukdi. Shoir esa o‗z asarida o‗sha o‗zbek tarixini
mardlarcha madh etdi. Qasidada buyuk me`moriy obidalarni va xalqimizdan
yetishib chiqqan buyuk siymolarni, o‗zbek millatiga yana bir bor shunday buyuk
insonlarning avlodligi ekanimizni eslatdi. Hozirgi kunda ham yoshlarimiz ushbu
qasidadan ma‘rifiy oziqa olmoqda desak adashmagan bo‗lamiz.
O‗tgan asr shoir va yozuvchilari, nafaqat o‗zbek ijodkorlari balkim, chet el
adabiyotshunoslari ham urush mavzusiga oid juda ko‗p asarlar yaratishgan.
Qahramonimiz Erkin Vohidov ham bu mavzuni chetlab o‗tmadi. Shoir odamzod
boshiga ulkan kulfatlar keltirgan, insonlarga ayriliq azobini ro‗baro‗ qilgan, ota-
onani farzandidan, ayolni eridan, murg‗ak go‗daklarni esa otadan judo aylagan
urush mavzusida ham o‗z qalamini tebratmay qolmadi. Shunday ijod
namunalaridan biri ―Nido‖ dostoni ekanligi hammamizga ma`lum. Ushbu asarda
ota diydorini yillar o‗tsada hamon qumsaydigan farzandning timsoli tasvirlanadi.
Har bir shoir o‗zi yaratayotgan asarlariga boshidan o‗tgan ishlarni tushiradi. Aynan
Erkin Vohidov ham urushni front ortida turib kuzatgan.Tinchlik uchun jon fido
qilgan mard o‗g‗lonlar yurtga tinchlik olib keldi. Asarnig so‗nggi qismidan ham
yetarlicha ma`naviy meros olishimiz mumkin:
Eshit, chorlayapti Ona Yer,
Ko‗ksida olovli oh faryod.
Asrdosh birodar, qo‗lni ber,
Kel, Yerga qilaylik qasamyod:
Bo‗lurmiz gal kelsa har birimizga
Tinchlik janggohining fidosi.
Bu senga, bu menga, bu bizga
Yigirmanchi asr nidosi.
Shoir ijodiyotiga qancha ta‘rif bersak oz. Shoirning ko‗p yillik ijodi davrida
qator buyuk ijodkorlar bilan yaqin do‗st bo‗lgan. Shunday zamondosh
ijodkorlardan biri O‗zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Erkin Vohidov
she`riyatida adabiy mavzular xazinasiga aniq zamin va makon kaliti orqali kirib
boriladi. Xalqimiz keyingi davrlar mobaynida bosib o‗tgan va o‗tayotgan goh
mashaqqatli, goh armonli, goh tuyimli, goh iftixorli yo‗llarining manzara va
ohanglari, sadolari Erkin Vohidov she`riyatida to‗la mujassamligini ta`kidlagan.
Shoirning nafaqat sovetlar hokimyati bo‗lgan davrda balki, mustaqillik
davrida o‗z mavqeiga ega bo‗ldi. Erkin Vohidov mustaqillikka erishganimizdan
so‗ng ham yetarli darajada qaynadi. Erkin Vohidov o‗z asarlaridsa Mustaqillikni
g‗oyat ulug‗ladi. Chunki u o‗zbek xalqining mustamlaka qiyinchiliklarini ko‗rgan
va o‗z vujudida his etgan.
539
O‗zbek elinig buyuk farzandi hisoblangan Erkin Vohidov ijodi qalblarda
chuqur o‗rin egalladi. Uning asarlari dillarga o‗zgacha huzur, halovat olib kirdi.
Shuning uchun uning asarlari adabiyot kitoblaridan o‗rin egallab yoshlar ongiga
singdirilmoqda. Zero, bunday buyuk insonni hech qachon esdan chiqarmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: