521
O‗zbek adabiyotshunosligida adabiy aloqa va o‗zaro ta`sir
masalalarining
muhim
ko‗rinishidan
biri
hisoblangan
badiiy
tarjimachilikning o‗ziga xos xususiyatlari, o‗zbek adabiyotida tarjimachilik
taraqqiyotining bosqichlari haqida va umuman, uning adabiyotimiz
rivojidagi o‗rni xususida ayrim fikr mulohazalar bildirib o‗tilgan.
Badiiy tarjimachilik bugungi kunda ham dolzarblik xususiyat kasb
etib kelmoqda. Jahon adabiyotining nodir namunalarining o‗zbek tiliga
o‗girilishida
Abdulla
Qahhor,
Abdulla
Oripov,
M.Shayxzoda,
O.Sharafidinov, Jamol Kamollar bilan bir qatorda E.Vohidovning
tarjimonlik faoliyati muhim o‗rin tutadi. O‗zbek adabiyotshunosligida
badiiy tarjimachilik haqidagi V.Abdullayev, V.Zohidov, O.Sharafiddinov,
N.Mallayev, N.Komilov, G‗.Salomov va boshqalarning tadqiqotlarida
qiziqarli ma`lumotlar berib o‗tilgan. Erkin Vohidovning tarjimonlik
mahorati, ayniqsa, uning ―Faust‖ tarjimasi bilan bog‗liq ayrim fikr-qarashlar
M.Qo‗shjonov,
G‗.Salomov,
O.Sharafiddinov,
N.Rahimjonov,
S.Meliyevlarning
maqolalarida
ko‗zga
tashlanadi.
O‗zbek
adabiyotshunosligi va tarjimashunosligida Erkin Vohidovning tarjimonlik
faoliyati monografik tarzda tadqiq etilmagan. Shundan kelib chi qib bitiruv
malakaviy ishda ―Faust‖ asari tarjimasi misolida Erkin Vohidovning
tarjimonlik mahoratini o‗rganish, tahlil va talqin qilish maqsadga
muvofiqdir.
Erkin Vohidovning tarjimonlik faoliyati haqida ayniqsa, ―Faust‖
asariining o‗zbek tilidagi tarjimasi va tarjimon mahorati to‗g‗risida o‗zbek
adabiyotshunosligida bugungi kungacha keng miqyosli tadqiqotlar amalga
oshirilgan emas.
O‗zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov ijodiy
izlanishlarining muhim qanoti uning o‗zbek tarjimachilik san`atini
rivojlantirish yo‗lidagi ko‗p qirrali faoliyatiga daxldordir. Bugungi o‗zbek
tarjima san`atining rivoji haqida gap ketganda, bu sohada g‗ayrat
ko‗rsatayotgan fidoiylar safini avvalida Erkin Vohidov nomining e`tirof
etilishi g‗oyat tabiiydir. Zotan, shoir iqtidori, ko‗p yillik zahmatli
izlanishlari mahsuli sifatida dunyoga kelgan, jahonning turli tillarida
yaratilgan asarlar tarjimasi nafaqat shoir ijodiga ko‗rk bo‗lib qo‗shilgan,
balki o‗zbek kitobxonlari ma`naviy xazinasining qator nodir va muqaddas
durdonalari hisobiga to‗lishishiga zamin yaratdi.
Shoirning tarjimonlik faoliyati rus shoirasi Lesya Ukrainkaning
―Mag‗oralarda‖, S.Yeseninning she`rlarini rus tilidan o‗zbekchaga o‗girish
asosida boshlanib, keyingi yillarda ulkan va rang -barang miqyoslarni zabt
etdi. Bu serqirra faoliyati bilan mohir tarjimon italyanchadan Pasternak
tarjima qilgan Gyotening ―Faust‖ asarini 1970-1975-yillarda o‗zbek tiliga
o‗girdi.
Mashhur o‗zbek shoiri Maqsud Shayxzoda ilk bor o‗zbek kitobxonlarini
Gyote ijodi bilan tanishtirdi va o‗zbek adabiyotida yangi bir sohaga - uning ijodini
522
o‗rganishga asos soldi. Taniqli o‗zbek shoiri E. Vohidov ―Faust‖ni, Muhammad
Ali bilan Azim Suyunlar ―Sayyohning tungi qo‗shig‗i‖ (―Wanderers Nachtlied‖)ni,
N. Muhammadiyev bilan Sadriddin Salimov ―Devon‖dan parchalarni tarjima
qilishdi. Olim Sadriddin Salimov ―Mag‗ribu-Mashriq devoni‖ (―Westőstlicher
Diwan‖)ni asliyatdan o‗girish ustida faol ish olib borgan bo‗lsa, Salim Jabborov
―Devon‖ning ilmiy sharhi ustida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
O‗zbekiston Yozuvchilar uyushmasida ―Faust‖ tarjimasiga bag‗ishlab o‗tkazilgan
muhokamada shoir Erkin Vohidov asarni o‗zbekchalashtirish jarayonida buyuk
Gyotedan ilhomlanib yaratgan o‗zining asliyat she`rlarini mazkur tarjimaning
hoshiyalariga yo‗l-yo‗lakay bitganligini eslatgan edi. Biz Gyotening ―G‗arbu Sharq
devoni‖ ajoyib hofizona ruh bilan sug‗orilaganini yaxshi bilamiz. Xuddi
shuningdek, atoqli shoirimiz Erkin Vohidovning ham ―Tirik sayyoralar‖
to‗plamidagi aksariyat she`rlari ulug‗ Gyotening gumanistik g‗oyalari ruhida
yozilgan, deb dadil ayta olamiz.
―Faust‖ tarjimasini adabiy tanqidchiligimiz haqqoniy ravishda barkamol
ijodiy qayta yaratuvchilik namunasi deb e`tirof etdi. Darhaqiqat, ba`zi jiddiy va
nojiddiy kam-ko‗stlarni nazardan soqit qilganda, shubhasiz, asarning Erkin
Vohidov tarjimasi bugungi kunda ulkan adabiy yutuqlar darajasidadir. Unga
Gyotega xos nozik lirizm ko‗p jihatdan o‗z aksini topgan. Zotan, Boris Pasternak
singari talantli lirik shoir-tarjimon bilan Erkin Vohidovdek mohir, zabardast so‗z
ustasi bellasha olishi mumkin edi. ‖Faust‖ fojiasini qayta yaratish bilan birga E.
Vohidov va olmonshunos tarjimon Posho Ali Usmon ko‗hna she`riyatimiz
xazinasini yangi noyob durdona bilan boyitishdi.
―Faust‖ tarjimasining qiyinchiliklaridan biri unda turli she`riy janrlar,
qofiyalanish tizimining mavjudligidir. E.Vohidov bunda ham original ruhiga sodiq
qolib, deylik tersinani tersina, oktavani oktava bilan o‗girgan. Qofiyalar tez-tez
almashinib turadi, she`riy vazn ham.
Chunonchi, Imperator nutqi 11 bo‗g‗inli bo‗lsa:
Garchi ikki karra so‗zladi, ammo
Gapidan topmadim zarracha ma`no [1, 125]
Olomon nutqi 5 bo‗g‗inli:
Bunda yo‗q gumon:
Hamma gap yolg`on.
Biz bilamiz, kim –
Dono munajjim.
Eshitdik yuz bor,
Hammasi bekor.
Aldab o‗tdi boz
Bizni lo‗ttiboz [2, 125]
Sharobxo‗r nutqi 7 bo‗g‗inli:
Shodligimga yo‗q to‗siq
Hamma do‗stu ulfatim.
Mening boyligim qo‗shiq,
Erkinlikdir odatim... [3, 125]
523
Shu tariqa, asarda yuzdan ortiq personaj nutqi ohangi, leksikasi, ifoda tarzi
bilan jaranglab turadi va shunga ko‗ra, shuncha odamning yashash tarzi, xarakteri
namoyon bo‗ladi.
Xullas, ―Faust‖ tarjimasi ulkan ijodiy mehnat, chuqur tafakkur va shoirona
jasoratning mahsuli va shu bois u adabiyotimiz tarixida voqea bo‗ldi, ma`naviy
boyligimizni yana boyitdi. Bu asar tarjimalari bilan o‗rganilib kelinmoqda. Ammo
u hali yana chuqurroq, maydalab tahlil qilinishi kerak, toki tarjimon mehnati,
noyob mahorati munosib bahosini olgan. Zero, ―Faust‖ tarjimasi ErkinVohidov
nomini yuksaklarga ko‗targan ijodiy yutuqlardan biri bo‗lib turibdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
G‗afurov I. Tarjimonlik mutaxassislgiga kirish. ―Mehridaryo‖ nashriyoti. –
T.: 2008.
2.
Abduraxmonov S. Gyote hayotiga chizgilar. ―Nasaf‖ nashriyoti, Qarshi,
2000.
3.
Gyote. Faust. Erkin Vohidov tarjimasi. G‗afur G‗ulom nomidagi Adabiyot
va san`at nashriyoti. – T.: 1972.
4.
Gyote. Faust. Posho Ali Usmon tarjimasi. Alisher Navoiy nomidagi
O‗zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. – T.: 2007.
Do'stlaringiz bilan baham: