ISAJON SULTONNING “BOQIY DARBADAR” ROMANIDA
BADIIY TAFAKKUR MASALASI
Sevara BABAYEVA,
magistrant (GulDU)
Har qanday badiiy asarning estetik qiymati, badiiyati muallifning bilimi va
iqtidoridan tashqari badiiy tafakkur darajasi bilan bevosita bog‗liq sanaladi. Ya`ni
muallif o‗zi ifoda etmoqch ibo‗lgan ma`lum bir mavzu, g‗oya, syujet va obrazlarni,
avvalo, o‗z tafakkur doirasidan kelib chiqibgina tasvir etadi. Jumladan, zamonaviy
o‗zbek nasrining yetakchi vakillaridan biri Isajon Sulton romanlarini mutolaa qilar
ekanmiz, bu asarlardagi yuqoriga ko‗tarilgan muammolar, syujet unsurlari,
personajlar rang-barangligiga qaramasdan ularni ham bir narsa, ya`ni muallifning
badiiy tafakkuri birlashtirib turganligi yaqqol seziladi. Yozuvchi ―Boqiy darbadar‖
romanida turfa zamon va makonlarda ro‗y bergan va berayotgan voqea-hodisalar,
tutumlar, kechinmalar orqali inson umrining asl mohiyati-yu, ma‘nisiz hayotning
nechog‗lik ayanch tusga kirishi haqida so‗z yuritsa, ―Ozod‖ romanida bosh
qahramon Ozodning muhabbat yo‗lida boshidan kechirgan kechmishlari zamirida
Vatan, oila, sadoqat, ruh va so‗z erkinligi va yana ko‗plab dolzarb masalalarni
ifodalashga harakat qiladi. ―Genetik‖ romanida ham muallif chin insoniy tuyg‗ular
sanalmish o‗zlikni anglash, vatanparvarlik, mehnatsevarlik va matonat kabi
masalalarga murojaat etadi. E`tibor berib qarasak, Isajon Sulton har uchala
romanda ham inson ruhiyatining tub ildiziga kirib borishga, uni tahlil etishga
urinadi va qaysidir ma`noda o‗z maqsadiga erishadi, desak mubolag‗a bo‗lmaydi.
Xususan, ―Boqiy darbadar‖ romani zamonaviy o‗zbek adabiyotida o‗ziga
xos voqea sifatida talqin etilmoqda. Ko‗plab adabiyotshunos olimlar, ijodkorlar va
kitobxonlar bu asar haqida o‗z fikr-mulohazalarini bildirib, muallifning badiiy
tafakkur darajasiga baho berib o‗tgan. Adabiyotshunos olim Dilmurod Quronov
o‗zining mazkur roman haqidagi ―O‗ylashga undovchi asar‖ maqolasida quyidagi
fikrlarni keltiradi:
―Boqiy darbadar‖da an`anaviy eposga xos voqeaband syujet o‗rnida sirtdan
bir-biriga bog‗lanmay turli makon va zamonda, goh reallik, gohi xayolotda
kechuvchi voqealar tasvirlangan, markazida risoladagidek qahramon turmagan
bo‗lsa-da, ularni bir narsa – hayotning ma‘nisi-yu bashariyat taqdiri haqida o‗yga
tolgan muallif shaxsi birlashtiradi, yaxlit butunlikka- romanga aylantiradi…
Yozuvchi muammoning ildiziga nazar solidi va ko‗radiki, Yaratganidan
uzoqlashishi barobari inson hayotining mazmuni yo‗qolib borayotganini teranroq
his qilgan, bu his muttasil kuchayib brogan. Va bu nihoyasiz jarayon‖ [2, 15].
Bir etikdo‗z orqali butun bir bashariyatga ishora etuvchi, ramzlarga boy
bo‗lgan ushbu roman insonnig ruhiy poklanishi va iymon- e`tiqodining mustahkam
bo‗lishiga undovchi asardir. Etikdo‗z qahramoni jahon adabiyotida keng tarqalgan,
Agasfer nomi bilan mashhur bo‗lgan afsonaviy timsoldir. Uning Muborak zot
bo‗lmish Iso alayhissallomga qo‗l ko‗tarishi va buning evaziga boqiy umr
kechirishi ham sayyor syujet hisoblanadi.
509
Asarni mutolaa qilar ekanmiz, voqea-hodisalarning qaysi makon va
zamonda kechayotganini tushunish biroz qiyin kechadi. Etikdo‗z, badaviylar,
lo‗lilar karvoni, Tiyonshon g‗orida istiqomat qiluvchi avliyo haqidagi hikoyalar
tarixiy zamonlarda sodir etilgan bo‗lsa, inson takomili markazi, ―Boeng 787
dreamliner‖ uchog‗idagi evrilishlar, to‗fon voqealari ayni bugungi kun holatini aks
ettiradi. Lekin har ikkala makon va zamonda ham bir-birini takrorlovchi va uzviy
bog‗langan g‗oyalar asarning o‗qimishliligini oshiradi.
Filologiya fanlari nomzodi Rahmon Qo‗chqor esa ―Darbadarlikning bedor
talqini‖ maqolasida quyidagi so‗zlarni aytadi: ―…asarning bosh g‗oyasi –
aytilmoqchi bo‗lgan muhim fikr to‗la-to‗kis o‗quvchiga yetib borishi uchun ham
turli voqealar, intrigalar, konfliktlar, qahramonlar uyushtiriladi, ―terib chiqiladi‖.
―Boqiy darbadar‖ to‗g‗risida esa bunday deb bo‗lmaydi.Bu romanda aynan
teskari manzaraga duch kelamiz. Ya`ni uning muallifi (yana ham aniqrog‗i -
muallif ijodiy tafakkuri) hozirga qadar ko‗rgan umri davomida yig‗ib-tergani,
o‗ziga og‗irlik qilgan shunchalik ko‗p savol, ziddiyat, hikmat, ibrat, fikr, o‗y-
mulohaza, ishtiboh, gumon, tahmin, qo‗rquv, vahm va yana boshqa insoniyat aqli,
ongi, tuyg‗usi, hissiyotiga doir kechinmalar qatlamini yaratadiki, ularning har biri
to‗g‗risida alohida kitob bitmoq, kunlab munozara olib bormoq mumkin…‖ [4, 6].
Muqaddas Kitobda bitilgan, insonlarning qalbiga, ong-u shuuriga singib
ketgan Allohni unutmaslik, agar unutilgan taqdirda buning oqibati, shubxasiz,
muqarrar jazo ekanligi, oxiratni kutish to‗g‗risidagi fikr va mulohazalar hozirgi
kunda ham o‗z ahamiyatini yo‗qotgan emas. Aksincha, vaqt o‗tgani sari
takomillashib borayotgan, insonning manfaatlarini qondirishga xizmat qiluvchi
sivilizatsiya, texnologiyalar odamlarga qulayliklar tug‗dirishi bilan bir qatorda,
loqaydlik, gumrohlik, va eng muhimi, Alloh va uningko‗rsatmalarini yoddan
chiqarish kabi holatlarga olib kelmoqda. Shu o‗rinda Isajon Sultonning ―Boqiy
darbadar‖ kitobiga so‗ngso‗z yozgan adabiyotshunos olim Rahimjon Rahmatning
quyidagi fikrlari ahamiyatli:
―Olimlarning e`tirof etishlaricha, hozirgi kunda inson DNK si juda faol, tez
sur‘atda o‗zgarib, ikki burmalidan o‗n ikki burmali ko‗rinishga o‗tayotir.
Kelajakda yer yuzida ikki burmali DNK ga ega inson qolmaydi, deyishmoqda
olimlar. Bu degani – Xudo tomonidan yaratilgan hozirgi inson butunlay yo‗qolib,
boshqa bir jonzot paydo bo‗ladi...‖
Isajonni ―Boqiy darbadar‖ asarini yozishga turtki bergan tuyg‗u aynan
qiyomatni favqulodda kuchli sezish, bu dunyo qadriyatlarining qiyomat degan
ulkan tegirmonda yanchilishini ravon va jonli his etishdir. Xuddi mana shu tuyg‗u
―Boqiy darbadar‖ asarining dastlabki asosidir. Inson chalayotgan hayot degan
kuyda darbadarlik ohanglari ustun ekanligini anglaydi yozuvchi‖ [3, 272].
Bu achchiq haqiqatdan, afsuski, ko‗z yumib bo‗lmaydi. Asar esa shunday
―buyuk‖ gunohga botgan personajlar, jumladan, Inson takomili markazi olimlari,
genomni qidirayotgan maxsus harbiy uchoqlar, lo‗lilar karvoni va boshqa xil
turdagi jonzotlar Xudoning qahriga uchrab, bo‗ron orqali qum ostiga singib
ketadilar. Muallifning barcha ―darbadar‖larga bunday jazo berishida ham bir
hikmat bor. Zero, ular ko‗tarilayotgan kushli shamol orqali Allohning g‗azabini his
510
qila olsin, har doim sokin turgan qum zarralari orasida ular ham o‗z muvozanatini
saqlashni o‗rgansin!
―Jabrlanuvchilar‖ orasida Professor Ziyo ham bor edi. Garchi uning
so‗nggi vaqtlarda dilida iymon uyg‗ongan, ayniqsa, o‗g‗lining hayot va umr
mohiyatini tushunishga uringan yorqin va falsafiy mushohadalar ila bitilgan
maktubini o‗qigandan so‗ng qalbida tushunarsiz g‗alayon, kuchli isyon avj olgan
esa-da, bo‗ronning vajohatli zarbalariga dosh bera olmaydi. Buning sababi esa
qahramon vijdonining uyg‗oqligida! Demak, u o‗zini jazoga loyiq deb
bildi.Buxron yaqinlashgan chog‗da yuragi dir-dir titrasa-da, ruhi sobit, bu esa
uning e`tiqodidan darak berardi.
"…Bor-yo‗g‗i sakson sahifalik kichkinagina shu roman juda uzoq yozildi,
men uni taxminan 1998-yilda boshlagan edim.Muqaddas manzillarini,
maqsadlarini yo‗qotib qo‗yib, dunyoda tentirab yurgan odamlar ko‗pday tuyular,
lekin ifoda uchun shakl topolmas edim.Qiziq-da, bir etikdo‗z Iso alayhissallomga
qo‗l ko‗tardi-yu, abadiy yashash degan tavqi la‘natga duchor bo‗ldi.Barhayotlik
ham musibat bo‗lishi mumkinligi haqida sira o‗ylab ko‗rmagan ekanman,
vaholanki, sonsiz-sanoqsiz insonlar dunyoda mangu qolish ishtiyoqida yelib-
yugurmoqdalar" [5, 15].
Asarda falsafiy ruh yetakchilik qiladi. Har bir hikoyat, rivoyatlar o‗ziga xos
ma`no va mazmunga, ramziy-falsafiy fikrlarga to‗la. Ayniqsa, buni personajlar
nutqida kuzatish mumkin. ―Sahrodagi karvon deb nomlangan bobda chol
nabirasiga shunday deydi:
― – Odam bolasidan boshqa hamma bir tilde gaplashadi, o‗g‗lim, - dedi
oqsoqol. – aslida, bunday sirlarni qancha ko‗p anglaganing sayin shuncha chuqur
sukutga tolasan. Chunki ba`zi bir bilimlar hatto halokatli bo‗ladi, bolam.
-
Shamol hozir nima deyapti? – deb so‗radi o‗g‗lon. Chol miyig‗ida jilmayib, dedi:
-
Shamolmi? U gapirmaydi, balki qanotida bilimlarni tashib yuradi. Kerak joyiga
qarab kerak narsangni olaverasan...‖ [1, 16].
Ko‗rinadiki, muallif hattoki personajlar nutqida ham oddiy so‗zlashuv
uslubidan emas, balki badiiy uslubdan foydalanib, bu orqali o‗z falsafiy
qarashlarini o‗quvchilarga yana ham aniqroq ifoda etishga urinadi. Shu boisdan
mazkur asar mutolaa jarayonida o‗quvchidan ma`lum darajada badiiy ko‗nikma va
tafakkurni talab etadi. Romanning mohiyati to‗g‗risida so‗z yuritar ekan, Professor
Qozoqboy Yo‗ldosh quyidagi fikrlarni keltirib o‗tadi: ―Roman bilan tanishgan
o‗qirmanda, dastlab, asarning syujet chizig‗idagi yetakchi yo‗nalishlar,
timsollarning istak-urinishlari tasviri Chingiz Aytmatovning Avdiy va Filofey kabi
qahramonlari tutumlariga o‗xshab ketadi degan o‗y keladi. Lekin romandan kelib
chiqadigan ma`nolarni chuqur idrok etish natijasidakishi Isajon Sulton masalaning
mohiyatini islomiy nazar bilan to‗g‗ri anglaganini his etadi. Buyuk irodaga
bo‗ysungan insinning insof, iymon va ezguligi bosh qahramon bo‗lgan ushbu
asarda ruhiy tadqiqlardan ko‗ravoqealar tasviri yetakchilik qilganday tuyulsa-da,
voqealar makonda emas, o‗qirmanning qalbi va shuurida kechgani uchun asar
individning eposi bo‗lmish roman talabiga to‗la javob beradi.
511
...Bu asar har biro dam va butun bashariyatga qilingan ogohlantirish,
odamzotni yovuzlik va o‗z kuchiga ortiqcha baho berishdan qaytarishga bo‗lgan
bir badiiy da‘vat desak, mubolag‗a bo‗lmaydi. Professor Dilmurod Quronov va
shoir Rahimjon Rahmatning ―Boqiy darbadar‖ asari haqidagi maqolalarida asarga
muayyan ijodiy tajribaning mahsuli sifatida qarash seziladi. Bizningcha, yozuvchi
romanda tasvirlanishi lozim bo‗lgan shaxslar, ularning taqdirlari va holatlarini
shunchalar yaqqol his qilganki, asar o‗z shakli bilan dunyoga kelgan...‖ [1, 3].
Ta`kidlab o‗tish joizki, romanning qanday oqimda yaratilganligi xususida
ham turli fikrlar mavjud.Ba`zi olimlar ―Boqiy darbadar‖ romanini modernism
yo‗nalishida yozilgan deb qarasa, ba`zilar esa bu romanga postmodernism
namunasi sifatida qaraydi. Filologiya fanlari bo‗yicha falsafa doktori Sa‘dullo
Quronov bu haqida shunday deydi:
―…yozuvchi
o‗z
badiiy
konsepsiyasini
ilgari
surishda
G‗arb
adabiyan`analaridan to‗liq andoza olmaydi, balki Sharq va G‗arb an`analarini
o‗zaro sintez qiladi. Ya`ni muallif postmodernizmning shakily xususiyatlariga
murojaat etadi, xolos. Asarda postmodernizmga xos ifoda shakllari sharqona
tafakkur xususiyatlari bilan payvandlanadi va mazmun-mohiyati bilan g‗arbcha
dunyoqarashni inkor etadi. Agar G‗arb postmodernizmi olamni bema‘ni deya
hukm chiqarsa, Isajon Sulton romanida shu ma‘nisizdek ko‗rinayotgan dunyoda
darbadarlikdan qochish kerakligi g‗oyasi olg‗a suriladi‖ [6, 15].
Xulosa qilib aytganda, Isajon Sulton qalamiga mansub ―Boqiy darbadar‖
romanining badiiyati, o‗ziga xos uslubi, tili, eng muhimi, asarda yaqqol ko‗zga
tashlanib turuvchi muallifning yuksak badiiy tafakkuri o‗quvchiga nafaqat estetik
zavq bag‗ishlaydi, hislarini tarbiyalaydi, balki uning ong-u tafakkurini ham yuksak
ma`naviy ilmlar va mushohadalar bilan to‗yintiradi, umuminsoniy tuyg‗ulardan
ogoh etadi. Eng muhimi, kitobxonni fikrlashga, izlanishga, qalb va tafakkurini
uyg‗unlashturgan holda o‗z hayotining mohiyatini kashf etishga undaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati:
1. Yo‗ldosh Q. Roman va bugungi o‗zbek romanchiligi.
Sharq yulduzi,
2013-yil, 3-son.
2. Quronov D. O‗ylashga undovchi asar.– T.: Sharq yulduzi. 2010 yil, 6-son.
3. Sulton I. Boqiy darbadar.
–T.: O‗qituvchi,
2011.
4.
https://saviya.uz
Qo‗chqor R.Sharq yulduzi, 2012 yil, 6-son.
5.
https://www.bbc.com
Isajon Sulton ijodiga chizgilar. 2011 yil.
6.
http://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/
Quronov.S.Isajon Sultonning ikki
romani haqida.
Do'stlaringiz bilan baham: |