ERKIN VOHIDOV SHE`RIYATIDA “ROST” VA “YOLG`ON”
TUSHUNCHALARI TALQINI
Durdona ALIJONOVA,
1-kurs magistranti (NAMDU)
Yangi o‗zbek adabiyoti lirikasini yuqori pog`onaga olib chiqa olgan benazir
ijodkor Erkin Vohidov ma`rifatli va ziyoli xonadonda tavallud topdi. Onasi
Roziyaxon, otasi Cho‗yanboy Vohidov qishloq o‗qituvchilari va faollaridan edi.
Shoirning ota-onasi juda erta olamdan o‗tdi. Shuning uchun ham unga nisbatan
―ikki qisqa umrning yolg`iz yodgori‖ iborasi qo‗llanadi.
Taniqli adabiyotshunos olim Abdug`afur Rasulov: ―Erkin Vohidov badiiy
adabiyot daholari ruhini shod etgan, yangi o‗zbek darg`alari duosini olgan, o‗z
xalqi qalbiga chuqur kirib borgan san`atkordir‖ deb e`tirof etgan. Shoir
she`rlarining mavzuviy ko‗lami cheksiz, ohangi xalqona, shuningdek, falsafiy-
didaktik ahamiyatga ham ega. Hayotning oq-u qorasi yaxshilik va yomonlikka
ajratilar ekan, bunda rost va yolg`on tsuhunchalarining o‗rni ham beqiyos. Yolg`on
so‗zi arab tilida ―kizb‖ deyiladi va lug`atda rostning teskarisini anglatadi
[1, 5-bet].
Yaxshidir achchiq haqiqat,
Lek shirin yolg`on yomon
Ul shirin yolg`onga mendek
Aldanib qolg`on yomon [2, 16].
Ta`rif-u tavsifsiz ham inson qalbiga jo bo‗luvchi ushbu satrlarda yolg`onga
oddiygina ―yomon‖ sifati berilib, ifodada aniqlik yuzaga kelmoqda.
Qadim saltanatlar sultonlari ham rost so‗zning qadrini baland tutgani
tarixdan ma`lum. Temuriylar sulolasi asoschisi Sohibqiron Amir Temurning uzuk
muhrlariga ―Rosti-rusti‖ so‗zlari bitilgani, ―Temur tuzuklari‖ da esa ―Boshingga
368
qilich kelsa ham rost so‗zla‖ hikmati keltirilgani fikrimizning isbotidir. Shoir
she`rning so‗nggi satrlarida:
Gar qilich kelsa boshingga
Qo‗rqma, Erkin, rost gapir
Yaxshidir achchiq haqiqat
Lek shirin yolg`on yomon [2, 17]
deya tarixiy haqiqatga ishora ham mavjud. ―Yolg`on haqida‖ deb nomlangan
she`rida yolg`onning ikki ko‗rinishi haqida so‗z ketadi:
Gar hakim o‗salga tasallo bergay
So‗zi yolg`on bo‗lsa, Olloh kechirgay
Ayrilgan do‗stlarni qovushtirgan zot
Aldasa, tadbiri gunohdan ozod [2, 154].
Ya`ni yolg`on xayrli ishlarga sababchi bo‗lsa, u savobli amallar qatoriga
kiritilgan. Hadisda keltirilishicha, payg`ambarimiz (s.a.v.): ―Kim bir go‗dak bolaga
―Mana buni ol‖ desa-yu, hech narsa bermasa, u odam yolg`onchi bo‗ladi‖ deydilar
[1, 8]. Biz e`tiborimizga keltirmaydigan holat ham yolg`onning bir turi ekanligi
ko‗rsatib berilgan. Zero, insonlarni yolg`on so‗zlashdan qaytarilgan. Erkin
Vohidovning o‗zbekona sodda, haqiqatga to‗la satrlarida ―rost‘ va ―yolg`on‖
tushunchalari turli talqinlarda namoyon bo‗laveradi:
Rost so‗zni dedim:
Jonni qo‗yib o‗rtaga. Ammo
Jon do‗st deganim
Vah, uni yolg`on tushunibdur[2, 23-b.]
Donishmand xalqimizda ―Do‗st achitib, dushman kuldirib gapirar‖ maqoli
bejiz aytilmagan. Ba`zan chin so‗z yurakni og`ritsa ham inson kamolotida o‗rni
beqiyos. Yana shuni ta`kidlashim lozimki, rost so‗zni faqat do‗stlargina gapiradi.
Achchiq esa ham
Chinni demak sharti sadoqat
Do‗st anglamasa,
Yot buni qay on tushunibdur.
Ushbu satrlarda ijodkor hayotiy haqiqatni so‗zlab, o‗z boshidan o‗tkazgan
voqea-hodisalarga ham ishora qilgan, meningcha.
Erkin Vohidov ijod qozonida qaynab, qalami o‗tkirlashgan davr, bilamizki,
sobiq sho‗ro zamoni edi. ―Bizga so‗z tegdi kecha‖ she`rida so‗z mulkining sultoni
Alisher Navoiyning ―Vale barcha rost ham degulik emas‖ misrasini epigraf qilib
olar ekan, she`rning mohiyati yuzaga chiqadi. Darhaqiqat, so‗zni saralash mahorati
har kimga ham berilmagan. Oz so‗zlamoq koni foyda, aslida. Ba`zan ayrim
haqiqatlarni deyish yo joningga va yoki molingga zarar yetkazadi. Balki, Navoiy
bobomiz ham barcha rostlarni ham aytaverish joiz emasligini ta`kidlab, ushbu
misrani bitgan.
Ijodkor yolg`onni to‗g‘ri deyishdan qayataradi, zero, rost deya yolg`on so‗z
aytmoq kishining boshiga turli kulfatlar keltirishini yozadi:
Rost bilib nobop so‗z aytdik
Ta`na dashnomlar yog`ib
369
Bizga kaltakdan iborat
Rizqi ro‗z tegdi kecha[2, 72].
Shoir ijodining rang-barangligi va kitobxon ko‗ngliga birday yoqishining
asosiy sabablaridab biri, u tizgan satrlarda xalqona hajviyot, iliq yumorning borligi
bilan ham belgilanadi. Yumor orqali dilxiraliklar tarqaladi, yuzga tabassum inadi,
qalb yayraydi, natijada, shuurimizda hayotning haqiqatlarini osongina anglash
ko‗nikmasi hosil bo‗ladi. ―Umrim daryosi‖ turkumidagi she`rlar benihoya
o‗zgacha, turfa. Yumorga boy taniqli yozuvchi G`afur G`ulom boshlab bergan,
negizi xalq og`zaki ijodiga bog`lanuvchi ―Bir yolg`onda qirq yolg`on‖ turkumi
Erkin Vohidov ijodida qofiyali misralarga ko‗chadi:
Kaminai kamtarin
Falonchi Falonchiyev
Men bir o‗zim rostgo‗yman
Qolgan hamma – yolg`onchi[2, 227],
deya‖ yolg`onlar‖ zanjiri boshlanadi.
Yoshimni so‗rasangiz
Yuz oylik chaqaloqman
Qotmadan kelgan daroz
Pakana baqaloqman.
She`rda xalq dostonlarida qo‗llanuvchi mubolag`a san`atiga keng urg`u
berilgan. She`rning qiymati ham mubolag`ali tasvirning boyligi bilan o‗lchanadi.
Quyidagi satrlarda esa mubolag`a g`ulu darajasiga ko‗tarilgan:
Xush ko‗rganim muzqaymoq
Hammomga tushib yeyman
Ustiga murch sepib
Sho‗r bodring qo‗shib yeyman.
She`rni o‗qir ekansiz, yuzingizda tabassum o‗ynaydi. So‗nggi bandlarda esa
asli muddaoga o‗tiladi:
So‗zga bering e`tibor
―Bir bor‖ dedim, ―ming bor‖mas
Meni aqli butunlar
Yolg`onchiga chiqarmas
Hayot oniy lahzalardan iborat. Mana shu lahzalarni xayrli amallar bilan bezash,
rost so‗zlash – insoniyligimizning belgisidir:
Mulki borliq ichra bir mahal
Ko‗rksizgina olam yaralgan
Bermoq uchun dunyoga sayqal
Olam aro odam yaralgan.
Va yoki insonga murojaat etib;
Sening poyingdadir
Bu ulug` zamin, deya insonning mukarram zot ekanligini eslatib o‗tadi.
Hadisi sharifda rivoyat qilinishicha: ―Bir odam kelib: ‖ Ey Allohning rasuli! Jannat
amali nimadir?‖ deb so‗radi. U zot: ―Rostgo‗ylikdir…‖ deb javob berdi[1, 10].
Demak, til-dilimizdan yolg`onni uloqtirib, unga rost so‗zlarni joylaylik. Shunda
370
dunyoda ezgulik hamisha g`alaba qozonaveradi. Daho shoirning avlodlarga
qoldirgan merosi jimjimador so‗zlar emas, balki, yuqorida keltiligan ma`nolarni
tushuntirishga yo‗l ochib bera olgani bilan qadrlidir.
1.
Yolg`on. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. 2001.
2.
E.Vohidov . Saylanma. 3-jild. Umrim daryosi. – T., Sharq. 2001
Do'stlaringiz bilan baham: |