Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi


Bir tomonim  u tumandur,  Bir tomonim



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

Bir tomonim

 u tumandur, 



Bir tomonim

 bu tuman 

Boshlig‗im ko‗p, ko‗p arosat- 

Ichra qolg‗on ko‗chamen. 

 (―Ko‗chamen‖. Saylanma 1-jild. Ishq savdosi. 103-b.) 

Ushbu misralarda ham bo‗lakli, ham birikmali takrorni uchratamiz.  She`rda 

anaforik  va  epiforik  takrorning  qo‗llanilishi  she`rning  xushohang  jozibasini 

kuchaytirgan. 



 

Predikativ  takror,  ya`nigap  takrori  gap  qurilishidagi  bir  butun  predikativ 

birliklarning takrorlanib qo‗llanilishidir.  

Yoshlik, dildan shavq ketgani yo‗q, 

Yurak seni tark etgani yo‗q, 

Yurak seni tark etgani yo‗q, 

Demak, qadringga yetgani yo‗q, 

Yoshlik seni kuylab bilurman 

Ammo bugun yoshlik qilurman. 

(―Yoshlik‖. Saylanma 1-jild. Ishq savdosi. 23-b.) 

Takrorning vazifasi  faqatgina  ma`lum  narsa-hodisalarni  ta`kidlab  ko‗rsatish 

bilangina  chegaralanmaydi.  Takrorlar  til  birliklariga  emotsional  bo‗yoq,  alohida 

ohang,  joziba  beradi.  Yuqoridagi  parchada  sodda  gap  takrorlanib,  lirik 

qahramonning ayni vaziyatdagi ruhiy kechinmalarini ifodalashga xizmat qilgan. 

Menga qosh iydi bir johil, 

Kechir, yo rab, kechirdim men, 

U quldir, bandai g‗ofil, 

Kechir, yo rab, kechirdim men. 

Jahonda fitnalar bordir, 

Adolat gohi nochordir, 

Adolat qil, o‗zing odil 

Kechir, yo rab, kechirdim men. 

 (―Kechir, yo rab!‖. Saylanma 3-jild. Umrim daryosi. 25-b.) 

 Keltirilgan  misrada  sodda  gap  takrori  iltijo,  yalinish  ma`nosini  ifodalashga 

xizmat qilgan. 

 

Yuqoridagi  nazariy  fikrlar  hamda  amaliy  misollardan  shuni  xulosa  qilib 

aytishimiz  mumkinki,  takrorlar  uslubiy  vosita  sifatida  badiiy  matnda  o‗ziga  xos 

funksiya  bajaradi,  boshqa  sintaktik  figuralar  singari  takrorlar  ham  nazmiy 

asarlarning  ta`sir  kuchini  orttirishga  xizmat  qiladi.  Erkin  Vohidov  ham  o‗z 

she`rlarida  takrornimg  turli  ko‗rinishlaridan  mohirona  foydalangan.  Shoir 

she`rlarida  qo‗llangan  takrorlar,  lirik  qahramonning  ruhiyatini  ifodalashda, 



336 

 

ta`sirchanlikni  oshirishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  She`riy  matnning  yanada 



o‗qishliligini ta‘minlagan. 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.

 

Mamajonov A. Qo‗shma gap stilistikasi.– T.:1990. 



2.

 

Shomaqsudov A. va boshqalar. O‗zbek tili stilistikasi.– T.: 1983. 



3.

 

Sultonsaidova S., O‗.Sharipova. O‗zbek tili stilistikasi. – T.: 2009. 



4.

 

Mamajonov A. , Mahmudov U. Uslubiy vositalar. Farg‗ona.1996. 



5.

 

D.Quronov va b. Adabiyotshunoslik lug‗ati. – T.: 2013. 



 


Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish