ERKIN VOHIDOV – SO„ZSHUNOS
Ixtiyor ERMATOV,
filologiya fanlari bo„yicha falsafa doktori (PHD) (GulDU)
O‗zbek adabiyotida so‗z haqida, til haqida fikr bildirgan, o‗z munosabatini
aytib o‗tgan adiblar ko‗p. Lekin so‗zga, tilga oid maxsus ilmiy asar yozib
qoldirgan shoir va yozuvchilar kam.
Alisher Navoiy yirik asarlari bilan o‗zbek adabiy tilini asoslab berdi. Badiiy
yetuk asarlar yaratdi. O‗zbek tilining nufuzini yuqori cho‗qqilarga olib chiqdi,
o‗zbek tilining tarovatini ko‗z-ko‗z qildi. Buyuk shoir shu bilan cheklanmadi.
O‗zbek tilshunosligiga oid ―Muhokamat ul-lug‗atayin‖ asarida tilimizning cheksiz
imkoniyatlarini ilmiy asosda yoritib berdi.
Sobiq sho‗rolar davrida yirik yozuvchi Muso Toshmuhammad o‗g‗li Oybek
til rivoji uchun kurashib ―O‗zbek tili va adabiyoti‖ ilmiy jurnaliga asos soldi.
Atoqli adib va yozuvchi Pirimqul Qodirov mumtoz adabiy tilimiz muammolariga
bag‗ishlangan ―Til va el‖ ilmiy asarini yozdi [9, 248]. Shu adiblar qatorida shoir
Erkin Vohidov ham o‗zining ―So‗z latofati‖ asari bilan o‗rin oldi [2, 152]. Asar 36
ta maqoladan tashkil topgan bo‗lib, 1300 dan ortiq so‗zlarning tahlili va tadqiqi
berilgan. Agar A.Navoiy, Fuzuliy va shoirning o‗z qalamiga mansub g‗azallardagi
so‗zlarning ―tovlanish‖larini ham tahlilga tortsak tadqiq etilgan so‗zlar salmog‗i
yanada oshadi.
Asarni shoir shunday kirish so‗zlari bilan boshlaydi: ―Adabiy ijod hamisha
So‗z olamiga sayohatdir. Ijodkor So‗zni tirik jon deb biladi va So‗z bilan
so‗zlashadi. Mening bu yozganlarim ana shunday jonli til bilan jonli suhbat
bo‗lishini istayman. Umrini yashab bo‗lgan va barhayot, men anglagan va anglab
yetmagan, sohir xilqat bilan ko‗ngil bog‗larida kezib, xayolan So‗z bilan
so‗zlashsam, Til bilan tillashsam, deyman. Siz azizlarimni ham bu sayrda hamroh
bo‗lishga taklif etmoqchiman. So‗z mo‗'jizasi qoshidagi hayratlarimga oshno
qilmoqchiman‖.
Shoir dastlabki ―Ibtido‖ deb nomlangan maqolasida so‗zning paydo bo‗lishi
xususida fikr yuritib, ong va tafakkur, til va tafakkur, ularning o‗zaro bog‗liqligi
haqida dalillar keltiradi. Yaratgan insonga idrok va so‗z aytish ne‗matini bergan,
uni barcha xilqatlardan ustun qo‗yishini Navoiy baytlari bilan asoslaydi. Garchi
hozirgi jahon tilshunosligida tilning paydo bo‗lishi masalasi munozarali bo‗lsada,
shoir o‗z fikrlarini dadil aytadi.
309
Olamni oxirigacha anglab bo‗lmaganidek, So‗zning ham tubiga yetish
imkonsiz ekanligini ta`kidlaydi. Haqiqatdan falsafada olam cheksiz deb berilgan.
Bilish ham cheksiz. Olamda chegara bo‗lmagani kabi, So‗zda ham chegara
bo‗lmaydi. Biz qancha ko‗p bilsak, olamda shuncha so‗z mavjud. Anglaymiz ya`ni
idrok etamiz, tushuncha hosil qilamiz va so‗zlaymiz. So‗zlar topilmaguncha
tushunchalar ro‗yobga chiqmaydi.
So‗zni eshitamiz, so‗zlaymiz, lekin So‗z mag‗zini chaqish xayolimizga
kelmaydi. Masalan, ―
Uzum
yedim, ―
uzum
‖ dedim, bilsam, tokdan
uz
ib yedim,
degandek, o‗z qo‗lim bilan ishkomdan
uzum
uzaturib, bu so‗zning
uzmoq
dan
olingani xayolimga kelgan edi. Axir ungan narsani
unum
,
g„uj
o‗sgan mevani
g„ujum
,
jamiyat
tuzilishini
tuzum
, cho‗g‗ning qo‗ridan qolgan kulni
qurum
,
deymiz. Og‗izga solib yutganimiz
yutum
, tomoqdan
qult
etib o‗tgan suv
qultum
bo‗lganidek ishkomdan
uzib
yeganimiz
uzum
bo‗ladi‖,- deb misol keltiradi.
Haqiqatdan bu so‗zlarning etimologiyasiga, kelib chiqishiga e`tibor qaratsak, shoir
to‗g‗ri asoslab aytgan. To‗g‗ri bu so‗zlarning ayrimlari sinxron (hozirgi)
tilshunoslik nuqtai nazaridan bir morfema sanaladi. Hozirda morfemalarga
ajralmas holiga kelib qolgan. Lekin diaxron (tarixiy) tilshunoslik nuqtai nazaridan
shoir to‗g‗ri baholagan.
Uz
(fe‗l) Q um q
uzum
(ot);
tuz
(fe‗l) Q um q
tuzum
(ot);
un
(fe‗l) Q um q
unum
(ot);
g„uj
(ot) Q um q
g„ujum
(ot);
qult
(fe‗l) Q um q
qultum
(ot);
tuz
(fe‗l) Q um q
tuzum
(ot) [6, 183]. Bu yerda
- um
tarixiy yasovchi affiks
morfema bilan 7 ta so‗z yasalgan.
-um
affiksi fe‗l asoslarga qo‗shilib, harakat-holat
hosilasi ma`nosidagi otlar yasaydi. Bu affiksning
– m, – im
singari variantdoshlari
ham mavjud bo‗lib,
kiyim, terim, bog„lam, to„plam
kabi otlar yasaydi [1, 86].
Shoir sof o‗zbekcha bo‗lgan
elchi
degan so‗zni shunday izohlaydi:
el
deb,
elat
deb xalqni aytamiz. Yana yov hech qachon
el
bo‗lmaydi, deymiz, yomonga
elakishma
degan o‗gitimiz bor. Bu o‗rinda
el
do‗stlik, yaqinlik ma`nolarini
bildiradi.
El
qadimda davlat tushunchasini ham ifoda qilgan.
Elchi
bir xalqdan, bir
davlatdan boshqa yurtga yuborilgan vakilgina emas, balki elni elga
el
qiladigan
odam, xalqlar o‗rtasida mehr rishtasini bog‗lovchi, do‗stlik ko‗prigini quruvchi
hamdir. Mana bir
el
so‗zida shuncha ma`no bor.
El, elchi, elat, elakishma
–
so‗zlarining lug‗atlarda berilgan ma`nolarini ko‗rib chiqamiz.
El
so‗zining izohi lug‗atda shunday berilgan: 1) muayyan joyning odamlari,
aholisi, xalqi; 2) bir qabilaga mansub odamlar, qabila; 3) yurt, diyor, mamlakat [8,
29].
Elchi
1) bir davlatning boshqa bir davlatdagi elchixonasiga rahbarlik qiluvchi
diplomatik vakil. Tarixiy manbalarda bir davlat hukumati tomonidan ikkinchi
davlat hukumatiga diplomatik vazifa bilan yuboriladigan doimiy yoki muvaqqat
vakil [8, 34].
Elat
– 1) kishilarning millat shakliga kelmasdan oldingi tarixiy
birligi. 2)
el
, el-xalq, qabila [8, 30].
Do'stlaringiz bilan baham: |