Differensial tokli kesim tez toʻyinuvchi tok transformatorlarsiz oddiy РT- 40 tok relelari yordamida bajarilgan (6.23-rasm). Differensial tokli kesimning eng muhim afzalligi soddali hamda unga bog’liq holda arzonligi va oʻrnatmalarni tanlashda osonligidir. Lekin differensial tokli kesimning eng katta kamchiligi ishlash tokining kattaligidir, ushbu kamchilik koʻpginga hollarda himoyaning sezgirligini yetarli darajada ta’minlab bera olmasligi sababli ushbu himoyani ishlata olmaslikka olib keladi.
- rasm. Differensial tokli himoya sxemasi
- rasm. Transformatorning differensial tokli kesim sxemasi
Tez toʻyinuvchi tok transformatorli differensial himoya kuchlanishning yuklama ostida rostlovchi qurilmasi boʻlmagan transformatorlarda РНT (РНT-565) turidagi rele asosida ishlatiladi. РНT-565 relesining soddalashtirilgan sxemasi 6.24-rasmda koʻrsatilgan.
6.25 - rasm. РНT-565 relesining soddalashtirilgan sxemasi
6.25 – rasmda w2 – ikkilamchi chulg’am; wqt – qisqa tutashtirilgan chulg’am; wish – ishchi chulg’am, oʻramlar soni 8 dan 35 gacha oralig’ida bitta oʻram aniqligigacha oʻrnatilishi mumkin; wt1 va wt1 – tenglashtiruvchi chulg’amlar, ushbu chulg’amlarning har birida 0 dan 34 gacha oralig’ida oʻramlarni oʻrnatish mumkin.
Relening tuzilishida tez toʻyinadigan tok transformatorining va qisqa tutashtirilgan chulg’amning borligi himoyaning ishlash tokini kamaytirishga hamda sezgirligini oshirishiga imkon beradi. РНT-565 rele asosida ikki chulg’amli transformatorning differensial himoyasining bir koʻrinishi 6.26-rasmda koʻrsatilgan.
6.26-rasm. РНT-565 rele asosida tuzilgan ikki chulg’amli transformatorning differensial himoyasining sxemasi
ДЗT relesi (masalan, ДЗT-11) asosidagi tormozli differensial himoya odatda kuchlanishning yuklama ostida rostlovchi qurilmasi boʻlgan transformatorlarda qoʻllaniladi. Soddalashtirilgan ДЗT-11 sxemasida (6.27-rasm) wtor – tormozlanuvchi chulg’am nomlanib, oʻramlar soni quyidagi qatorlardan oʻrnatilish mumkin: 1, 3, 5, 7, 9, 11, 13, 18, 24. Ishchi va tenglashtiruvchi chulg’amlarning tavsiflari РНT-565 relesini bilan bir xildir. Tez tuyinuvchi tok transformatorning magnit oʻtkazgichidagi tormozlovchi chulg’am tufayli himoyaning ishlash toki faqat magnitlovchi tokning sakrashidan sozlab tanlanadi (tokning nobalansi hisobga olinmaydi). Odatda ushbu holat himoya sezgirligining yanada oshishiga olib keladi. Lekin nisbatan kattaroq sezgirlikni ta’minlash boʻyicha РНTrelesi asosidagi himoyada kuzatilgan, shuning uchun umumiy holda yuqorida keltirilgan himoyalarni qoʻllashda tekshirish imkonini beruvchi algoritmni tavsiya qilish mumkin.
- rasm. ДЗT relesining soddalashtirilgan sxemasi (ДЗT-11)
Do'stlaringiz bilan baham: |