Odatda releli himoyaning qurilmalari bir necha ma’lum bir sxema boʻyicha ulangan relelardan iborat boʻladi.
Rele bu avtomatik qurilma boʻlib, ma’lum bir ta’sir etuvchi kattalikning qiymatida harakatga keladi yoki ishlaydi.
Rele texnikasida kontaktli (elektromexanik) va kontaktsiz (yarim oʻtkazgichli yoki ferromagnit elementli) relelar qoʻllaniladi.
tur relelar ishlagan paytda kontaktlar ulanadi yoki uziladi.
tur relelar ishlagan paytda kiruvchi kattalikning ma’lum qiymatida chiqish kattaligi (masalan kuchlanish) sakrab oʻzgaradi.
Har bir himoya qurilmasi va uning sxemasi ikki qismga boʻlinadi:
ta’sir javob beruvchi (reaksiya koʻrsatuvchi) qismi;
mantiqli (logik) qismi.
Ta’sir javob beruvchi (yoki oʻlchovchi) qism bosh qism boʻlib, u asosiy relelardan iborat boʻladi. Bu relelar himoya qilinuvchi element toʻg’risidagi axborot va xabarlarni doimo qabul qilib turadilar va shikastlanish, nonormal rejimda himoyaning mantiq qismiga mos keluvchi axborot uzatib beradilar.
Mantiq qism (amalga oshiradigan qism) yordamchi qism boʻlib, u ta’sir javob beradigan qismdan olgan axborotni qabul qiladi, agar bu axborotlar ketma- ketligi berilgan dasturga mos boʻlsa, oldindan koʻzlangan amallarni bajaradi va oʻchirgich boshqaruviga impuls beradi.
Mantiq qism elektromexanik rele yoki elektron lampali (yarim oʻtkazgichli) sxema yordamida tayyorlanadi. Yuqoridagilar asosida aytish mumkinki, relelar asosiy (shikastlanishga ta’sir javob beruvchi) va yordamchi (asosiy relening axboroti ostida va sxemalarning mantiq qismida ishlovchi) guruhlariga boʻlinadi.
Qisqa tutashuv va shikastlanishlarning belgilari boʻlib, I tokning oshib ketishi, U kuchlanishning kamayib ketishi va himoya qilinayotgan qism Z qarshiligining kamayib ketishi hisoblanadi, chunki liniya uchun
Shunga asosan himoyalarda ta’sir javob beruvchi rele sifatida tok relelari (tokning kattaligiga qarab ta’sir javob beruvchi), kuchlanish relelari (kuchlanishnaing kattaligiga qarab ta’sir javob beruvchi) va qarshilik relelari (qarshilikning oʻzgarishiga qarab ta’sir qiluvchi) qoʻllaniladi.
Agar rele biror kattalikning oshishiga ta’sir javob bersa, bu rele maksimal rele deyiladi. Agar rele kattalikni kamayishiga ta’sir javob bersa, bu rele minimal rele deyiladi.
Nonormal rejimlardan himoya qilish uchun ham tok va kuchlanish relelari
ishlatiladi. Tok relelari oʻta yuklanish sodir boʻlgan hollarda, kuchlanish relelari esa elektr tizimlarida kuchlanish xavfli darajada oshib yoki kamayib ketganda ishlab ketadi. Bulardan tashqari, maxsus relelardan boʻlgan chastota relelari va issiqlik relelari nonormal rejimlarda ta’sir javob berish uchun ishlatiladilar.
Yordamchi relelar qatoriga vaqt relelari, koʻrsatkich relelar, oraliq relelari kiradi. Vaqt relelari himoyaning harakatni sekinlashtiradi, koʻrsatkich relelari esa himoya elementlari harakatidan xabar beradi va qayd qiladi, oraliq relelar himoya elementlarini oʻzaro bog’laydi va asosiy relening uzatayotgan xabarini oʻchirgichga yetkazadi.
Har bir releni ikki qismga ajratish mumkin: qabul qiluvchi va bajaruvchi organlar. Qabul qiluvchi organning vazifasi relega kelayotgan elektr kattalikning oʻzgarishini qayd qilish va shunga mos boʻlgan oʻzgarishlarni boshqa relelarda amalga oshirishdan iborat. Bajaruvchi organning vazifasi tashqi zanjirlarga ta’sir qilishdan, oʻchirgichni oʻchirishdan, boshqa relelarni ishga tushirish yoki ularga xabar berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |