Zbekiston respublikasi oliy


Gidroenergetik qurilmalarning asosiy elektr jihozlari. Sinxron



Download 4,4 Mb.
bet3/84
Sana01.03.2022
Hajmi4,4 Mb.
#476709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
elektr qurilmalar

1. Gidroenergetik qurilmalarning asosiy elektr jihozlari. Sinxron


generatorlar

    1. Oʻzbekistonda elektr energetikasining rivojlanish tarixi. Elektr tizimi elementlarining nominal kuchlanishi va neytrallarning ish rejimlari



Jamiyatning taraqqiyoti undagi ishlab chiqarish darajasi va kishilar hayoti uchun zarur moddiy sharoitlarni yaratish bilan belgilanadi. Shu sababli energiyani iste’mol qilish bundan keyin ham ishlab chiqarish darajasining oʻsishini ta’minlagani holda oshib boradi.
Energiyaga boʻlgan talabning uzluksiz ravishda ortib borishi yangi energiya resurslarini qidirib topish, energiyani bir turdan boshqa turga oʻzgartirishning yangi usullarini ishlab chiqish zaruratini yaratdi. Hozirgi davrda turli xil energiyalardan – Quyosh energiyasi, organik yoqilg’ining kimiyoviy energiyasi, daryolar, dengizlar va okeanlar suvlarining mexanik energiyasi, shamol energiyasi, og’ir yadrolarning parchalanishida hosil boʻluvchi yadro energiyasidan foydalanish an’anaviy hisoblanadi.
Bugungi kunda erishilgan yutuqlarni sifat jihatidan yangi turdagi energiyadan, xususan elektr energiyasidan foydalanmasdan turib ta’minlab boʻlmas edi. Elektr energiyasi hozirgi davrda insoniyat taraqqiyotida keng foydalanilmoqda. U sanoatda va qishloq xoʻjaligida turli mexanizmlarni harakatga keltirishda, bevosita texnologik jarayonlarda, transportda va madaniy-maishiy hayotda keng qoʻllaniladi. Zamonaviy aloqa vositalari – telefon, telegraf, radio, televediniya kabilarning ishlashi ham elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan. Elektr energiyasisiz kibernetika, hisoblash texnikasi, kosmik texnikasi kabilarni rivojlantirish mumkin boʻlmas edi. Elektr energiyaning asosiy samarali xususiyati shundan iboratki, u uzoq masofaga oson uzatilishi bilan bir qatorda u kam isrof bilan boshqa turdagi energiyalarga oʻzgartirilishi mumkin. Elektr energiyasi hozirgi davrda insonlar tomonidan eng koʻp foydalaniladigan energiya turidir.
Yuqoridagi sabablarga koʻra elektr energetikasining taraqqiyotiga butun
jahonda, shu jumladan bizning mamlakatimizda juda katta e’tibor qaratilgan.
Oʻzbekiston energetikasining taraqqiyoti uzoq va mashaqqatli yoʻlni bosib oʻtgan. 1917 yilga kelib Respublika hududidagi elektr stansiyalarning umumiy quvvati 3 ming kVt ni tashkil qilib, ularda bir yilda 3,3 mln. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan boʻlsa, hozirgi davrda oʻrnatilgan uskunalar quvvatlarining yig’indisi 11,0 mln. kVt boʻlgani holda 37 issiqlik va gidroelektr stansiyalarini oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston energetika tizimida har yili 50 mlrd. KVt.soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarilib, iste’molchilarga uzatiladi. Elektr energetika tizimining asosini Sirdaryo (3.0 mln. kVt), Toshkent (1.86 mln. kVt), Yangi-Angren (1,8 mln. kVt) va Navoiy (1,25 mln. kVt) singari yirik issiqlik elektr stansiyalari tashkil etadi. Ushbu elektr stansiyalarda birlik quvvati 150 – 300 ming kVt boʻlgan 30 dan ortiq energetika agregatlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Hozirgi davrda Navoiy issiqlik elektr stansiyasi (IES)da 2 ta yuqori darajadagi energetik samaradorlikka ega boʻlgan bug’-gaz qurilmasi ishga tushilib, foydalanib kelinmoqda. Yaqin kelajakda Tollimarjon IES va Toshkent IES kabi bir qator stansiyalarda ham bunday qurilmalarni oʻrnatish rejalashtirilgan.
Gidroelektr energetikasi hozirgi davrda bir nechta unchalik katta boʻlmagan quvvatli GES kaskadlari bilan belgilanadi. Bulardan Oʻrta-Chirchiq GESlar kaskadi tarkibiga kirib, suv omborlariga ega boʻlgan 600 ming kVt quvvatli Chorvoq va 165 ming kVt quvvatli Hojikent GESlari asosan quvvat balansini rostlovchi stansiyalar sifatida faoliyat koʻrsatadi. Qolgan GESlarning ish holatlari esa havzadan oqib oʻtuvchi suv miqdori bilan belgilanadi.
Koʻp miqdorda ishlab chiqariluvchi elektr energiyani masofaga samarali uzatish va iste’molchilarga taqsimlash turli kuchlanishdagi elektr uzatish liniyalaridan foydalanishni taqozo etadi. Hozirgi davrda Oʻzbekiston Respublikasidagi barcha nominal kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining umumiy uzunligi taxminan 220 ming km boʻlib, 500 kV kuchlanishli liniyalar 1,8 ming km, 220 kV kuchlanishli liniyalar 4,6 ming km va 0,4-10 kV kuchlanishli liniyalar 170 ming km ni tashkil etadi.
Elektr va issiqlik energiyani ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va ularni
iste’mol qilishni samarali tashkil etish uchun barcha elektr stansiyalari, podstansiyalari va elektr uzatish liniyalarini oʻz ichiga olgan yagona elektr energetika tizimi tashkil etilgan. Bunday ulkan tizimning zamonaviy talablarga javob beruvchi samarali taraqqiyoti va faoliyatini ta’minlash mos loyihalash, montaj qilish, ishga tushirish, sozlash va ishlatish faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab borishni taqozo etadi.
Ma’lumki, texnikada seriyali ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻlmoqlik uchun uskunalarni standartlash, ya’ni ularni katta-kichiklik, massa, tok, kuchlanish yoki boshqa parametrlari boʻyicha bir necha turga boʻlib, ishlab chiqarish kerak.
Elektr tizimda past (220-660 V), oʻrta (3-35kV), yuqori (110-220kV) va oʻta yuqori (330-1150 kV) kuchlanishli tarmoqlari mavjud.
Nominal kuchlanish. Elektr tizimining uskunalari (generatorlar, transformatorlar, liniyalar va boshqalar) moʻljallangan nominal kuchlanish bilan harakterlanadi.
Elektr energiya iste’molchilari va generatorlarning nominal kuchlanshi deb, ularni normal sharoitda ishlashi uchun moʻljallangan kuchlanshiga aytiladi.
Iste’molchilarning yuklamalari har doim oʻzgarib turganligi tufayli tarmoqning kuchlanishi har bir nuqtada nominal qiymatdan og’ib turadi.
Ammo, 50 Gs li uch fazali tok tizimida kuchlanish nominal qiymatidan og’ishi standart boʻyicha ± 5% dan katta boʻlmasligi kerak.

Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish