‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

Afina ta’lim tizimi

Umumbashariyatga  boy  ma’naviy  me’ros  qoldirgan  antik 



davr  (lot. 

antiquitas  -   qadimgi  davr:  e.av.  VII—II  asrlar,  bunda 

qadimgi 


yunon-rim 

sivilizatsiyasi 

tushuniladi) 

ko‘plab 


sivilizatsiyalaming  rivojlanishini  belgilab  bergan  hamda  ularda 

ilm,  fan, madaniyat  shakllanishiga turtki  bo‘lgan.  0 ‘sha davming 

boshqa  hududlaridagi  davlatlardan  farqli  ravishda  Qadimgi 

Yunoniston  (Ellada)  madaniyati  -   uning  davlatchilik  asoslarini 

belgilab  bergan  asosiy omillardan  hisoblangan.  Afina davlatming 

Yunoniston polislari bilan bo‘lgan 30 yillik urushda (er.av. 404 y.) 

fojiaviy  magiubiyatidan  so‘ng  Fukidid  Afina  davlatchiligida 

hokimiyat  va  fuqarolaming  yuqori  madaniyati  o‘rtasida  ajoyib



81


muvozanat  o‘matilganligi,  uning  barcha  sohalarida  gurkirab 

rivojlangani  hamda  magiubiyatdan  so‘ng  yana  tiklanish 

miunkinligiga  ishonch  bildirib  quyidagilarni  qoldirgan:  hatto 

metindek  eng  mustahkam  hokimiyat  qulashi  mumkin,  va  faqat 

guldek  nozik  inson  tafakkuri  hech  qachon  so‘nmaydi.  Bundan 

shunday  xulosa  qilish  mumkinki,  har  qanday  davlatning  rivoji 

uning  ma’naviy  madaniyati,  ya’ni  ilm,  fan,  san’at,  ta’limning 

rivojlanishiga  bogiiq.  Umuman  olganda  Afina  madaniyati  polis 

hayotining ajralmas qismi hisoblangan.

Shu  o‘rinda  aytish  joizki,  Afina  ma’naviy  madaniyatining 

asosini  ilm, fan va uni  egallashga, keyingi  avlodga meros  sifatida 

qoldirishga qaratilgan ta’lim va tarbiya tashkil etadi.

Afina o‘z davrining  madaniy,  siyosiy va  iqtisodiy markazga 

aylanganligi yosh  avlod taiim  va tarbiyasiga qo‘yiladigan  o‘ziga 

xos  talablami  ham  belgilab  bergan  edi.  Shu  sababli  Afina taiim  

tizimi Sparta va Rim taiim  tizimlaridan jiddiy farqlanadi.

Afinada taiim  va tarbiya 

Paydeyya deb yuritiladi  (paydeyya

-   qad.yunon.  bola  tarbiyasi;  paydos  -   bola,  o‘smir)  va  o‘sha 

davming  mutafakkirlari  tomonidan  falsafa  kategoriyasi  sifatida 

qaralgan  va hozirgi  tilda  “taiim   tizimi”,  tarbiyaning  ma’lum  bir 

modeli sifatida tushunish mumkin.

Hukmron  qatlamining  taiim   va  tarbiyasi  har  tomonlama 

rivojlangan shaxsni shakllantirish g‘oyasi -  

kallogatiyaga (yunon. 

etuk,  ajoyib inson; boshqalami  lol qoldiruvchi inson) -  qaratilgan 

boiib,  uning  mohiyati  insonning  aqliy,  jismoniy,  ma’naviy  va 

estetik rivojlanishidan iborat boigan.

Har  bir  inson  taiim   va  tarbiyasi  darajasiga  ko‘ra jamiyatda 

ma’lum  bir  mavqega  ega  boigan.  Afinada  ham  taiim   maqsadli 

ravishda tashkil etilgan va amalga oshgan.  Bunga o‘g‘il  bolalar  7 

yoshdan jalb qilingan. Afinada Spartadagi kabi davlat taiim  tizimi 

boimagan, barcha maktablar xususiy va pullik boigan.

Ijtimoiy  hayotda  o‘qituvchi  (



didaskal)  katta  mavqega  ega 

boimagan, ular hunarmand va ustalarga tenglashtirilgan, ulaming 

mehnati yuqori baholanmagan va aholining yuqori qatlam qatorida 

ko‘rilmagan.  Ular  tomonidan  ochilgan  maktablar  hunarmand- 

laming  ustaxonasini  eslatar  va  maktab  ochish  uchun  yuqori

82



darajadagi bilim va tajribaga ega bo‘lish shart bo‘lmagan. Bunday 

maktablarda  turli  yoshdagi  bolalar  ta’lim  olishgan  va  o‘qituvchi 

ulaming har biriga individual topshiriqlar berib bajarilishini nazorat 

qilgan.


0 ‘g‘il 

bolalarga 

boshlang‘ich  bilimlarni 

grammatist 

(didaskal)  yozish,  o‘qish  va  sanash  asoslarini  o‘rgatish  orqali 

bergan.  Boshlang‘ich  yozish  ko‘nikmalari  eritilgan  mum 

tayyoqchalariga  (ser)  o‘tkir  uchli  cho‘plar  (



stilo) yordamida turli 

xil  belgi  va  shakllami  yozish  orqali  shakllantirilgan.  Barcha 

bajariladigan  yozuvlar  o‘qituvchi  tomonidan  namuna  sifatida 

ko‘rsatilgan  va  ushbu  namunalami  talabga  mos  ravishda  bajar- 

ganidan  so‘ng  ser  va  stilo  husnixat  ko‘nikmalarini  shakllantirish 

papims  va  pero  orqali  davom  ettirilgan.  Husnixatga  o‘rganish 

ancha  murakkab  jarayon  bo‘lib,  Aflotun  guvohligicha  uch  yil 

davom etgan. Dionisiy boshlang‘ich savodxonlik mashg‘ulotlarini 

bunday tasvirlagan:  “Husnixatga  o‘rganishda biz awal  harflami, 

keyin  ulaming  shakllarini yod  olamiz;  keyin esa so‘z bo‘g‘inlari, 

so‘zlar  va  ularni  hosil  bo‘lishi,  sonlar,  urg‘ular,  gap  tarkibi 

o‘rganiladi.  Shundan keyingina o‘qish va yozish o‘rganiladi: awal 

bo‘g‘inlab,  shoshmasdan  va  ma’lum  darajada  ko'nikma  hosil 

bo‘lganidan  keyin  to iiq   fikr  bayon  etilishi  o‘rganiladi.  0 ‘qishni 

o‘rganganidan keyin o‘quvchi mazmunli o‘qish, urg‘ulami to‘g‘ri 

qo'yish, ovozning ko‘tarilishi va pasayishi, nutq ritmini va umuman 

“jozibali”  o‘qishni mashq qilgan”.

Afina ta’limiga va umuman Antik davrga xos boigan bir jihat 

shundan  iborat ediki,  insonlar  mashhur shoir  va yozuvchilaming 

asarlarini  yod  bilishi  va  ulami  omma  oldida  san’at  darajasiga 

ko‘tarib  o‘qish  urf  bo‘lgan.  0 ‘quvchilar  ham  o‘sha  davming 

mashhur  shoirlari,  yozuvchilari,  tarixchi  va  faylasuflarining 

she’rlari, poemalari, tragediya va “tarixiy komediyalari”, 

gnomus- 

lar (qisqa didaktik xarakterdagi matnlar),  mif va afsonalar,  gimn 

va boshqa turdagi  adabiy  asarlami  yod olishgan. Ayniqsa Ezopa, 

Gomer, Gesiod va Solon, Esxil va Sofokl asarlari mashhur bo‘lgan.

0 ‘qishga  o‘rgatishning  asosiy  didaktik  usuli  sifatida 

o‘qituvchi tomonidan o‘qilgan har bir matn parchasini o‘quvchilar 

birgalikda  ovoz  chiqarib  takrorlashgan.  Arifmetikaga  o‘rgatish

*3



birmuncha  qiziqarli  olib  borilgan,  chunki  o‘qituvchilar  sanash 

uchun  buyumlardan  ko‘rgazma  sifatida  foydalanishgan.  0 ‘sha 

davrda  sanashga  o‘rgatishda  hisob  taxtasi 

(abak)  asosiy  va  eng 

samarali didaktik vosita hisoblangan.

0 ‘quvchi bolalar boshalng‘ich savodxonlikni 

grammatistdan 

egallaganlaridan  so‘ng  ulaming  keyingi  ta’lim  va  tarbiyasi  bilan 



kifarist  shug‘ullangan.  Bunda  asosiy  e’tibor  estetik  tarbiyaga 

qaratilgan  boiib,  o‘quvchilar  musiqa  taiimini  egallaganlar. 

Musiqa  ta’limi  antik  davming  taiim   va  tarbiyasida  muhim  o‘rin 

tutgan.  0 ‘quvchilar keng tarqalgan musiqa asboblari -  lira, kifar, 

fleyta,  sitrada  chalishni, jo ‘r  b oiib  ashula  aytishni  o‘rganganlar. 

Yunon  mutafakkirlari  fikriga  ko‘ra,  musiqani  o‘rganish  orqali 

milliy  an’analami  saqlab  qolish  va  uni  takomillashtirishga 

erishilgan,  jo ‘r  boiib  ashula  aytish  orqali  esa  o‘quvchilarning 

hamkorlik ko‘nikmalari shakllantirilgan.

Ushbu bosqichdan so‘ng o‘quvchilar taxminan  12 yoshlarida 

umumiy jismoniy va boshlangich harbiy tayyorgarlik olish maqsa- 

dida  gimnastika  maktablarida 



(palestrlarda)  taiim   olishgan. 

Palestrlarda  olib  boriladigan  gimnastika  mashqlari  va  harbiy 

tayyorgarlik  davlat  nazorati  ostida  olib  borilgan  va  bu jarayonga 

alohida tayinlangan 



pedotriblar rahbarlik qilgan1.


Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish