‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

Nazorat uchun savol va topshiriqlar

1.  Sharq Uyg‘onish davrida ilm-fan, madaniyat, ta’lim-tarbiya 

taraqqiyoti nimalarda namoyon bo‘idi?

2.  Al-Xorazmiyning ilmiy merosi va didaktik qarashlarining 

ahamiyati nimalarda ko‘rinadi?

3.  Abu Nasr Forobiy yashagan davrda ijtimoiy tuzum qanday

edi?

4.  Beruniyning  fozil  insonni  shakllantirishga  oid  qarashlari­



ning hozirgi davrdagi ahamiyatini izohlang.

5.  Ibn Sino oilada bola tarbiyasi haqida qanday fikrlami ilgari 

surgan?

383



XV BOB. SHARQ PEDAGOGIK TA’LIMOTIDA 

ТА’ LIMIY-AXLOQI Y QARASHLAR

Yusuf Xos Hojib

Ma’lumki,  Sharq Uyg‘onish davrida ma’naviy-ma’rifiy  sohada 

asosiy masala inson muammosi bo‘lgan. Shuning uchun ham ta’lim- 

tarbiya masalalariga katta e’tibor berilgan. Didaktik asarlarda Sharq- 

qa  xos  boigan  insonning  axloqiy,  ruhiy  kamoloti,  oliy  darajadagi 

yuksalish  muammosi  yetakchi  g‘oya  bo‘lgan.  Insoniylik,  insonni 

ulug‘lash g'oyasi  ta’lim-tarbiyaga oid yaratilgan asarlaming  asosiy 

o‘zagi  sanalgan. Bu g‘oyani, ya’ni insonparvarlik g‘oyasini amalga 

oshirishning asosiy vositalari sifatida yuksak axloqiy odatlar, insoniy 

munosabatlar  va xislatlami  tarkib  toptirishga  olib  keluvchi  ta’lim- 

tarbiyani  amalga  oshirish  muhim  masala  qilib  qo‘yilgan.  Zero, 

insoniylik g‘oyasida yuksak axloqiy xislatlar ifodalangani uchun ham 

Sharq Uyg‘onish davri falsafasi va pedagogikasida ta’limiy-axloqiy 

yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etdi. Axloq masalasi faylasuflaming 

ham, buyuk mutafakkirlaming ham, tarixchi-yu shoir hamda adiblar- 

ning ham birdek diqqat markazida bo‘ldi. Ta’limiy-axloqiy risolalar 

paydo  bo‘lib,  axloqning ham nazariy, ham amaliy  masalalari tahlil 

etildi.  “Qutadg‘u bilig”,  “Axloqi Nosiriy”,  “Qobusnoma”,  “Hibbat 

ul-haqoyiq”, “Guliston”, “Bo'ston”, “Axloqi Jaloliy”, “Axloqi Muh- 

siniy”, “Mahbub ul4julub” kabi Yusuf Xos Hojib, Nasiriddin Tusiy, 

Kaykovus,  Ahmad  Yugnakiy,  Muslihiddin  Sa’diy,  Abdurahmon 

Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy- 

laming  ta’limiy-axloqiy  asarlari  yuqorida  ta’kidlaganimiz  inson 

shaxsini  ma’naviy-axloqiy  shakllantirish  muammosini  hal  etish 

sohasida yaratilgan sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga 

ega. Mazkur ta’limiy-axloqiy asarlarda insonning ma’naviy kamolga 

yetishida yuksak axloqqa egabo‘lishi ilm-fanni egallashi asosidagina 

amalga  oshishi  mumkin,  degan  g‘oya  ilgari  surildi.  Chunki  biz 

nazarda  tutayotgan  davrdan  boshlab  savod  o‘rgatish  “Qur’on”  va 

“Hadis”lami  o‘rganish va  ulardagi  ko‘rsatmalami  o‘zlashtirib  olib



384


bilan birga olib borilgan. Shunga ko‘ra, “Qur’on” va “Hadis”lardagi 

pand-nasihatlar ham olimlar, ham adiblar ijodiga ta’sir etgan. Hadis- 

laming ta’siriga sabab umuminsoniy fazilatlarga alohida urg‘u beril- 

gan. Ularda ilgari surilgan musulmonlikning muhim xislatlari: halol- 

lik,  saxovat,  himmat, mehru-oqibat, ehson,  shaim-hayo,  ilm izlash, 

muomala  qoidalari,  axloq  mezonlari  va  boshqalar  o‘z  ifodasini 

topgan  va  Sharq  adabiyotiga,  jumladan,  ta’limiy-axloqiy  asarlarga 

ta’sir etgan. Ta’limiy-axloqiy asarlar bevosita Hadislarda ilgari suril­

gan g‘oyalar asosida yaratiidi. Hadislar ta’siri Yusuf Xos Hojibning 

“Qutadg‘u bilig” asaridan boshlanib, Kaykovusning “Qobusnoma”, 

Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq”,  Sa’diyning “Guliston”, 

Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” va boshqa asarlar negizida 

ko‘rinadi. Ham g‘oya, ham mazmun, ham shakl buning dalilidir. Ma- 

salan “Qur’on”da ham,  “Hadis”larda ham,  ta’limiy-axloqiy doston- 

larda ham ilm ta’rifi bilan birga, xulq-odob qoidalari, turmush odobi 

yoritiladi. Xullas, Sharq ta’lim-tarbiyasida ilmni targ‘ib etish, xulq- 

odob  qoidalari  islomiy  tamoyillarga  asoslangan,  ta’limiy-axloqiy 

asarlardagi  mundarijalaming  o‘xshashligi  ular  tayangan  ma’naviy 

zaminga bog‘liqdir.

Tadqiqotchilaming fikrlariga ko‘ra Yusuf Xos Hojibning taiji- 

mai holini faqat uning o‘z asarida yozib qoldirgan ma’lumotlardan 

bilamiz, xolos:

Mo‘nuqi tarug‘laq Qo‘z o‘rdu eli,

Tub-asli nasabdin yurishish tili 

Bu tug‘mish elindin chiqib borgoni,

Kitobni qo‘shubon tugal qilg‘oni.

Barusin bitimish, yeturmish nizom,

Bu Qoshg‘ar elinda qo‘shulmish tamom.

Qo‘z o‘rdu oclkasi aslida eli,

Tub asli nasabdan so‘z ochdi tili,

Tug‘ilgan ehdan chiqib borgani 

Kitobni jam etib tugal qilgani.

Borini bitibdir ne esa kalom,

Bu Qashqar elida tugadi tamom1.



1

 Юсуф Хос Хржиб. Кутидгу билиг (Саодахга йулловчи билим). Транскрипция ва х;оз^?гн узбек тилнгв тавсиф. 

Нашрга тайёрловчи Каюм Каримов. Тошкент, «Фан» нашристи, Т.,  1971, 57-бет.

385



Yuqoridagi  misralardan  Yusuf Xos  Hojibning  tugcilgan joyi 

Qo‘z  o‘rdu  (ya’ni  Bolasog‘un)  ekanini,  ammo  uni  yozishda  turli 

o‘lkalarga safar qilgani, va nihoyat uni vatani Qashqarda tugatgani 

taxmin qilinadi.Demak, Yusuf Xos Hojib Bolasog‘unda tug‘ilgan, 

o‘z  asarini  yoshi  ellikdan  o‘tganda  yozgan.  Asaming  hijriy  462- 

(1069-1070) yozib tugallanganligi, uni o‘n sakkiz oyda, ya’ni 461 

yilning  birinchi  yarmida  boshlab,  462-yilning  o‘rtalarida 

tugatganligi,  agar bu davrda Yusuf Xos  Hojib  50 yoshlar atrofida 

bo‘lsa, 410 (1019 milodiy)-yillarda tug‘ilganligi taxmin etiladi.

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari 6500 baytdan yoki 

13000 misradan iborat. Buyuk mutafakkir as ami yozib tugatgach, 

qoraxoniylar  hukmdori  Tavg‘achxon  (kitobda  Tavg£och  Ulug‘ 

Bug‘ra  Qoraxon (xoqon),  Abo  Ali  Hasan binni  Sulaymon Arslon 

Qoraxon (xoqon) nomlari bilan  zikr  etilgan)  huzuriga kelib, unga 

taqdim  etadi.  Kitob  xonga  manzur  bo‘lib,  uning  muallifiga  Xos 

Hojiblik  unvonini  beradi.  “Qutadg‘u  bilig”  asari  katta  shuhrat 

qozonadi.  Shuning  uchun  ham  “Qutadg‘u  bilig”ni  chinliklar 

(Xitoy)  “Adab  ul-muluk”  (‘Hukmdorlar  odobi”),  mochinliklar 

(Sharqiy  Turkiston)  “Anis  ul-mamolik”  (“Mamlakatning  tartib 

usuli”),  eronliklar  “Shohnomai  turkiy”,  Sharq  elida  “Ziynal  ul- 

umaro” (“Amirlar ziynati”), turonliklar “Qutadg'u bilig”,  ba’zilar 

esa  “Pandnomai  muluk”  (“Hukmdorlar  nasihatnomasi”)  deb 

atagani  kitob muqaddimasida keltiriladi.  Qutadg‘u bilig -  baxt va 

saodatga eltiluvchi bilim, ta’lim degan ma’noni bildiradi.  Demak, 

asar nomidan ham uning pand-nasihatlar, ta’lim-tarbiyaga oid, har 

tomonlama  komil  insonni  tarbiyalaydigan  yetuk  didaktik  asar 

ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi.


Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish