Mehnat faoliyati jarayonida ongning paydo bo‘lishi va uning ijtimoiy mohiyati.
Shubha yo‘qki, odam psixikasi bilan eng yuksak taraqqiy etgan hayvonlarning psixikasi o‘rtasidagi juda katta tafovut mavjuddir. Masalan, hayvonlarning "tili" bilan odamning tilini bir-biriga taqqoslab bo‘lmaydi. Insoniyat tarixida til tufayli aks ettirish imkoniyatlarini qayta ko‘rilishi yuz berdi: borliq kishi miyasida yanada ravshan aks etadi. Alohida har bir kishi til tufayli jamiyatning ko‘p asrlik tajribasida orttirilgan tajribadan foydalanadi, u o‘zi shaxsan hech qachon uchratmagan hodisa haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, til kishiga ko‘plab hissiy taassurotlarining mazmuni to‘g‘risida o‘ziga hisob berish imkoniyatini yaratadi. Hayvonlarning "tili" bilan odamlarning tili o‘rtasidagi tafovut taffakurdagi tafovutning faqat amaliy tafakkurda xosligini ko‘rsatadi. Maymun faqat tusmollab mo‘ljal olish jarayonidagi u yoki bu vaziyat keltirib chiqargan vazifani hal etishga va hatto "qurol" ham yasashga qodirdir. Hayvonlar pisixikasini o‘rgangan bironta ham tadqiqotchi maymunlarda tafakkurning mavhumlashgan yo‘sinda yuz berganini hali kuzatgan emas. Hayvon faqat ko‘rinib turgan tarzda idrok etiladigan vaziyat chegaralaridagina harakat qilishi mumkin, u bundan tashqariga chiqishi, shu vaziyatni mavhumlashgan holda aks ettirib, mavhum prinsipni o‘zlashtirishi mumkin emas. Hayvon - bevosita idrok qilinadigan vaziyatning qo‘lidir.
Kishining hulq-atvori mazkur konkret vaziyatda abstraksiyalashishga va ushbu vaziyat munosabati bilan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni oldinroq payqash layoqatiga ko‘ra ajralib turadi. Odamlar muayyan vaziyatning sira ham quli emas, ular kelajakni ko‘ra bilishga qodirdirlar.
YAshash shart-sharoitlari keskin o‘zgargarish oqibatida ro‘y berdi. Muhitning xalokatli tarzdagi o‘zgarishi ehtiyojlarni qondirishda katta qiyinchiliklar tug‘dirdi, oziq-ovqatni osongina topish imkoniyati kamayib, iqlim yomonlashib ketdi. Odamning ajdodlari yo yo‘q bo‘lib ketishi, yo o‘z xatti-harakatini sifat jihatidan o‘zgartirishi lozim edi. Odamning maymunsimon ajdodlari zarurat tug‘ilishi bilan birgalikda munosib mehnat harakatlarini bajarishga majbur bo‘ladi. F.Engels ta’kidlaganidek, "daraxtlarga tirmashib yashaydigan maymunlar galasidan kishilik jamiyati paydo bo‘lguncha, ehtimol er tarixida odamlar turmushidagi bir sekunddan ortiq ahamiyatga ega bo‘lmagan yuz ming yillar o‘tgandir".
Ijtimoiy taraqqiyotning ilk bosqichlarida odamlar taffakkurining rivojlanishi odamlar ijtimoiy praktikasining hali past darajadaligi munosabati bilan cheklangan xarakterda bo‘ladi. Qurollar ishlab chiqarish qanchalik yuqori darajada bo‘lsa, aks ettirish darajasi ham shunga muvofiq ravishda yuqori bo‘ladi. Qurollar ishlab chiqarishning yuksak darajasiga erishilgan sharoitda qurol yasashga oid yaxlit faoliyat qator bo‘g‘inlarga ajratiladi, har bir butun jamiyatning turli a’zolari tomonidan bajarilishi mumkin. Mehnatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi kishining ovqatga, boshpanaga va shu kabilarga bo‘lgan ehtiyojlarini beqiyos darajada muvaffaqiyatli tarzda qondirilishiga olib keladi. Lekin odamlarning ijtimoiy munosabatlari biologik ehtiyojlarni sifat jihatidan o‘zgartirib yuboradi va yangi insoniy ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. Mehnat mahsulotlarining rivojlanishi mehnat mahsulotlariga ehtiyojlarni yaratadi.
Odamning evolyusiyasidagi barcha hodisalar odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat shaklining tubdan o‘zgarishiga olib keldi.O‘zining oldingi avlodlar tajribasini keyingi avlodga etkazish o‘z qabiladoshlariga mehnat harakatlarini o‘rgatish, ayrim harakatlarni ular o‘rtasida taqsimlash zarurati odamlarda o‘zaro bir-birlari bilan aloqa bog‘lash ehtiyojini tug‘diradi. Instinktlar tili bu ehtiyojni sira ham qondira olmasdi.
Mehnat jarayonida mehnat bilan birga aloqa bog‘lashning kishi tili yordamida amalga oshiriladigan oliy shakli rivoj topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |