Ўзбекистон республикаси олий ва


Psixikaning muhitga va a’zolarning tuzilishiga bog‘liqligi



Download 2,43 Mb.
bet140/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

Psixikaning muhitga va a’zolarning tuzilishiga bog‘liqligi.

Agar jonli mavjudotlarning hayot kechirish muhiti hamma joyda mutlaqo bir xil bo‘lganida, ehtimol, er yuzi bir xil turdagi hayvonlar bilan to‘lib ketgan bo‘lardi. Haqiqatda esa muhit iqlim jihatidan ham, yashash joyi sharoiti jihatidan ham g‘oyat rang-barang bo‘lib, bu organizmlarning tabaqalanishini taqozo etadi. Er yuzidagi bir milliondan ziyodroq turdagi har xil hayvonlar yashaydi. Er yuzidagi hodisalar juda rang-barang bo‘lsa, ularning sikli almashinuvi-yillik sikllari kun va tunning almashinuvi, harakatning almashinuvi va hakozalar mavjuddir. Barcha jonzot mavjud shart-sharoitlarga moslasha boradi.

Oddiy ta’sirchanlikdan boshlangan o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyati odamning turli ijodiyotda va aql-idrokda yuksak darajadagi taraqqiyotga erishdi.

Aks ettirish usullari qanchalik yuksaklangan sari hayvonlarning mazkur turi muhitning bevosita ta’siridan shunchalik ozod bo‘la boradi. Muhitning o‘zgarishiga tropizlar bilan munosabat bildiradigan bir hujayrali organizm muhit shart-sharoitlariga tamomila bog‘liq bo‘ladi.

Yashash sharoitlarining keskin o‘zgarishi hayvonlarni jonli o‘zgartirishga majbur etishi azaldan ma’lum. Hayvonlarning bu xildagi xatti - harakatlari sharoitida ko‘proq yoki kamroq darajada mos bo‘lishi mumkin.

SHunday qilib hayvonlar muhitga bevosita bog‘liqlikdan sekin-asta qutila boradi. Lekin jonli mavjudotlar rivojlanishning har qanday darajasida ham bunday bog‘liqlikdan hech qachon batamom qutila olmaydi. Muhit jonli organizmning hayot kechirish shart-sharoiti, jonli mavjudotlar hayot kechirishning bosh omili, boshqachasiga aytganda, jonli organizmlarning hayot kechirishi muhitning shart-sharoitlari bilan aniq belgilab qo‘yilgandir.

Xuddi oddiy ko‘p hujayrali kovakichaklilarda bo‘lgani kabi bir hujayralilarda ham yorug‘likka faqat umumiy reaksiyani -fototropizmani kuzatish mumkin. Er chuvalchangida uning epidemiyasida joylashgan yorug‘likni sezuvchi hujayralar mavjuddir. Bu hujayralar yorug‘likning bor yoki yo‘qligini qayd etish qobiliyatiga egadir. Molyuskaning "likopchasida" uning tanasiga bosgan holda bamisoli ko‘pik singari yoyilgan yorug‘likni sezuvchi bir guruh hujayralar uchraydi. Ko‘rish organlarning bunday tarzda joylashuvi hayvonga yorug‘likning faqat bor, yo yo‘qligini emas, balki uning qaysi tomondan tushayotganni ham payqash mumkinligini beradi. Hashoratlarda ko‘zning faset tarzida tuzilishi mayda narsalarning shaklini ajrata olish uchun imkoniyat tug‘diradi. Umurtqali hayvonlarning ko‘pchiligida ko‘z yorug‘likni sindiruvchi maxsus linzaga egadir. SHu tufayli predmetning tasvirini aniq ko‘rish imkonini beradi.

Retseptorlarning rivojlanishi ma’lum darajada muayyan turdagi nerv sistemasining rivojlanishi bilan birga boradi. Sezgi a’zolari va nerv sistemasining rivojlanish darajasi muqarrar ravishda psixik aks ettirishning darajasi va shaklini belgilab beradi. Rivojlanishning quyi bosqichida nerv sistemasi butun organizm bo‘ylab tarqalgan va o‘zaro chatishib ketgan o‘simtalari bo‘lgan nerv sistemasidir. To‘rsimon nerv siste masiga ega bo‘lgan hayvonlar, yuqorida aytib o‘tilganidek,asosan tropizmlar orqali reaksiyalar bildiradi. Ularda muvaqqat bog‘lanishlar qiyinchilik bilan hosil bo‘ladi va yaxshi saqlanmaydi.

Rivojlanishning keyingi bosqichida nerv sistemasida sifat jihatidan bir qator o‘zgarishlarga uchraydi. Nerv xujayralari faqat turlar emas, balki tugunlar ham hosil qiladi. Tugunli yoki gangliali qayta ishlash imkonini beradi. Negaki, sezuvchi nerv hujayralari qo‘zg‘atuvchilarga bevosita yaqin joylashgan bo‘ladi va qo‘zg‘atishni tahlil etishi sifatini o‘zgartirib yuboradi. Ganglioz nerv sistemasiga ega bo‘lgan hayvonlarda etakchi ganglia nerv sistemasining boshqa barcha tugunlariga qaraganda ancha murakkab tuzilishiga ega. Chuvalchanglardagi ganglioz nerv sistemasi ancha soddaroqdir: ularga segment ganglialar o‘zlarining aks ettirish imkoniyatlariga ko‘ra bir xil va shunga binoan yanada sezgirlik bilan aks ettirishga imkon bermaydi. Faqat asosiy ganglia o‘z funksiyalari va bog‘lanishlari jihatidan bir xil bo‘lmagan nerv hujayralari qo‘shiluvidan tarkib topganliki uchun ancha rang-barang qo‘zg‘atuvchilarni qabul qiladi va qayta ishlaydi.

Tugunli nerv sistemasining murakkablashuvi yuksak taraqqiy etgan umurtqasiz hayvonlarda, hashoratlarda kuzatiladi. Tananing bir qismida ganglialar qo‘shilib, bir-biri bilan nerv yo‘llari orqali bog‘langan nerv markazlarini xosil qiladi. Ayniqsa bosh qismida joylashgan markaz murakkab tuzilgandir. Hashorotlarning nerv yo‘llri sistemasi muhit bilan etarli darajada murakkab tuzilishiga ega bo‘lgan retseptorlarning yordamida bog‘lanadi. Ganglioz nerv sistemasiga ega bo‘lgan hayvonlar tashqi muhitning ta’sirini ham tug‘ma, ham individual tajribada orttirilgan reflekslarni ishlatgan holda aks ettiradi. Biroq bu o‘rinda ko‘p sonli tug‘ma reflekslar ustunlik qiladi.

Nerv sistemasining oliy tipi - naychasimon nerv sistemasidir. U naychasimon qilib birlashgan nerv hujayralaridan tashkil topgan bo‘ladi. Umurtqalilarda evolyusiya jarayonida orqa va bosh miya - markaziy nerv sistemasi paydo va rivojlanadi. Hayvonlarda nerv sistemasi rivojlanishi bilan bir paytda sezgi organlari rivojlana va takomillasha boradi. Nerv sistemasi va retseptorlarning rivojlanishiga muvofik ravishda psixik funksiyalar paydo bo‘ladi va evolyusiyaning quyi bosqichida paydo bo‘lganlari takomillashadi. Nerv sistemasi qanchalik murakkab bo‘lsa, psixika ham shunchalik mukammal bo‘ladi. Umurtqalilar evolyusiyasida bosh miyaning rivojlanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Bosh miyada turli xildagi funk siyalarni o‘z zimmasiga oladigan alohida cheklangan markazlar xosil bo‘ladi. Bu markazlar maxsus nerv birikmalari - assotsiativ zonalar orqali o‘zaro bog‘lanadi. Hayvon qanchalik yuksak taraqqiy etgan bo‘lsa, bu zonalar ham shunchalik mukammal bo‘ladi. Markaziy nerv sistemasiga ega bo‘lgan hayvonlar muhitning ta’sirini ancha o‘xshash holda aks ettiradi. Bunda yuksak darajada uyushgan hayvonlar nerv faoliyatning asosiy fondini shartli reflekslar yig‘indisi tashkil etadi.

Shunday qilib, psixikaning evolyusiyasi retseptorlar funksiyalari shakllarining, shuningdek signal faoliyatning, murakkablashuvida ifodalanadi. Hayvonlarda tana tuzilishining, nerv sistemasi va sezgi organlarining progressiv rivojlanishi aks ettirish shakllarining miqdor va sifat jihatidan o‘zgarishi tufayli jonli organizmning muhit bilan tobora murakkab va ko‘p tomonlama bog‘lanishlari xosil bo‘lishini taqozo etadi. Psixik funksiyalar hayvonning hayot kechiradigan muhitga va o‘zining tuzilishi xususiyatlariga bog‘liq holda rivojlanadi. Jumladan, ko‘rish retseptorning tuzilishi hayvonning hayot kechiradigan muhitga ko‘zi yordamida yaxshiroq mo‘ljal olishga imkon beradi. Chuqur suv tagida yashaydigan baliqlarning ko‘zlari oz miqdordagi yorug‘likning qo‘zg‘alishlarini ilg‘aydi. Ular ko‘zining to‘r pardasida yuksak darajada sezuvchi maxsus a’zolar-tayoqchalar bo‘ladi. Ko‘z qorachig‘i va gavhari nisbatan kattadir. Er ustida yashaydigan yuksak taraqqiy etgan hayvonlarning ko‘zi shunday tuzilganki, mo‘guz pardasi va gavhari ultrabinafsha nurlarni to‘r pardaga qadar o‘tkazmaydi. Kunduzgi va tunda hayot kechiradigan hayvonlarning ko‘zi ham yashash sharoitida bog‘liq bo‘lgan maxsus a’zoga egadir. Ko‘zlarning har xil tuzilishda bo‘lishining o‘zi ham muayyan muhit sharoitlarida qo‘zg‘atuvchilarning ancha o‘xshash tarzda aks ettirishini ta’minlaydi.

Biroq bu xildagi muhit sharoitlarida hayvonlarda faqat bir tipdagi retseptorlar rivojlanadi va etakchi bo‘lib qoladi, deb o‘ylash yaramaydi. Hayvonlarda sezuvchanlikning filogenetik rivojlanishi ular uchun qaysi bir qo‘zg‘atuvchi biologik jihatdan ko‘prok ahamiyatga ega ekanligiga bog‘liqdir. O‘rgimchak bir xildagi muhitning o‘zida tebranishga qarab mo‘ljal oladi: qurbaqa-kishi eshitadigan shitirlashga: ko‘rshapalak-ultratovushga: it ko‘proq hidga: qarab mo‘ljal oladi.

Psixikaning evolyusiyasi bir tekisda yuz bermaydi. U bir-biridan farq qiladigan yo‘nalishda bo‘ladi. Bir xildagi muhitning o‘zida aks ettirish darajasiga ko‘ra turlicha hayvonlar yoki aksincha. Hayot kechirishning turli xil sharoitlarda aks ettirish darajasiga ko‘ra bir-biriga yaqin bo‘lgan har xil turga mansub hayvonlar yashaydi. M, delfinlar, fillar va ayiqlar va shu jihatdan bir xilda yuksak darajada rivojlangan hayvonlar deb hisoblanadi.

Muhit allaqanday doimiy narsa emas. Har qanday materiya singari muhit evolyusiyalashadi. Ushbu evolyusiyalashuvchi muhitga unda yashaydigan hayvonlar turi moslashadi. Shunday ham bo‘lishi mumkinki, hayvonlar turidan biri uchun, afsus, muhit tubdan o‘zgarib, bu psixik funksiyalarning rivojlanishiga ta’sir qiladi, ayni chog‘da bu o‘zgarish boshqa hayvonlarning funksiyasi rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Jumaladan yashash sharoitining tubdan o‘zgarganligi ibtidoiy odamsimon maymunlarning xatti-harakatlari sifat jihatidan qayta o‘zgarishga sabab bo‘ladiki, bu oqibat natijasida erda odamning paydo bo‘lishiga olib keladi.

Tabiatshunoslarning kuzatuvlari shuni ko‘rsatadiki, hasharotlarning hayoti davomida ko‘plab shartli bog‘lanishlar xosil bo‘ladi. Bu bog‘lanishlar turli xildagi retseptorlarning amal qilishi negizida paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, bu harakat signallari ostidagi tabiiy ta’sirlar xotirasi narsalarning rangi yoki shakliga nisbatan ko‘rish xotirasi bo‘lishi ham mumkin. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, hashoratlarda shartli bog‘lanishlar xatti-harakatning instinktiv programmalarini harakatga keltirish haqida xabar beruvchi kuzatuvchilar yaxshiroq hosil bo‘ladi.

Harakatning instinktiv shakllarini faqat bo‘g‘imoyoqlilarda emas, balki yuksak taraqqiy etgan barcha umurtqali hayvonlarda kuzatish mumkin. Baliqlarning ayrim turlarida, jumladan, naslini qo‘riqlashdek juda murakkab instinktiv namoyon bo‘ladi.

Umurtqalilarni ko‘pchiligida naslni parvarish qilish shuningdek, jinsiy urchish, oziqlanish himoyalanish bilan bog‘liq juda murakkab instinktlarni uchratish mumkin. Qushlar va sutemizuvchilardagi uya qurish va naslni parvarish qilish benihoyat maqsadga muvofiqday tuyuladi. Lekin bunday maqsadga muvofiqlik faqat tashqi omillar oqibati sifatida kelib chiqqanligi sababli hayvonning xatti-harakati muhit o‘zgarishi natijasidagina bir oz o‘zgaradi. Instinktiv harakatlarni keltirib chiqaradigan shart-sharoitlarning ma’lum bir kompleksi sal o‘zgarish bilanoq bu harakatlarning bir tekis borishi darhol buziladi. Qushlar jo‘jalarini tashlab ketishlari, sut emizuvchilar bolalarini g‘ajib tashlashlari mumkin.

Hayvonlarning muhofaza harakatlari, agar faqat instinktiv tarzda yuz beradigan bo‘lsa, o‘ta to‘mtoqligi bilan ajralib turadi. Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin.

Birinchi holatda xatti -harakatlar instiktiv programmaga asosan bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi holatda harakat bevosita vaziyatni tahlil qilish natijasida ro‘y beradi.

Xatti-harakatning ikkinchi tipi ayniqsa sut emizuvchilarda yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Bunday hayvonlar endi butun bir vaziyatlarni idrok etib, tahlil qila boshlaydi, o‘z xatti-harakatlarini tug‘dirib o‘zgargan shart-sharoitlarga moslasha boshlaydi. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda xatti-harakatning instinktiv shakllari bilan bir katorda o‘zgaruvchan individual shakllari-ko‘nikma, malakalar va intellektual xatti-harakatlar ham mavjud bo‘ladi. Malaka deganda hayvonlarning shartli bog‘lanishlariga asosan bajaradigan va avtomatik tarzda tezda takrorlanadigan xatti-harakati tushuniladi. Malakalar xuddi instinktlarga o‘xshab rivojlanishning nisbatan quyi bosqichlarida ham bo‘ladi, lekin aniq ifoda etgan malakalar faqat bosh miya qobig‘i bo‘lgan hayvonlardagina namoyon bo‘ladi.

Olimlar yuksak taraqqiy etgan hayvonlar orasida primatlarni alohida o‘ringa qo‘yadi. Primatlar ko‘plab boshqa sut emizuvchilardan farqli o‘laroq, faqat ozuqa emas, balki turli xildagi narsalar vositasida qilingan hiylalarga ham befarq karab turishmaydi. Bu xildagi qiziqishni "qat’iy" va "beg‘araz" qiziqish (I.P.Pavlov) deb atashadi.

Maymunlar intellekti ular bajaradigan vazifalarning faqat murakkabligi bilan emas, balki ular faoliyatining yo‘naltirilganligi bilan ham belgilanadi. Maymunlar qo‘liga tushgan narsani soatlab tutib o‘tirishi, odamni qafasga har xil o‘yinlar bilan mahliyo etish, sudralib ketayotgan qurt-qumursqalarni kuzatish mumkin va hakozo. Maymunlar xatti-harakatlari bilan izohlanadi. Tabiiy sharoitlarda maymun ozuqa izlab, uzluksiz ravishda "tekshirish" faoliyati bilan mashg‘ul bo‘ladi. YOvvoyi shimpanzelarda "taomlarning" sakson bitta xili mavjud. Ularning yarmisi mevachalar, to‘rtdan bir qismi barglardan iborat.

Maymunlar ovqatining rang-barangligi ularning analizatorlik qobiliyatini oshiradi. Maymun shu qadar rang-barang ovkatlana boshlagach, endi ozuqaning qat’iy belgilab qo‘yilgan turlariga yoki ovqatlanishning muayyan bir vaziyatga instinktiv ravishda munosabat bildirib qola olmaydi. Har gal u hammasining va atrofdagi hamma narsaning tekshirish va shu tarzda o‘ziga kerakli ozuqani topish lozim.

Nerv taraqqiyoti bilan psixik aks ettirishlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni nazarda tutib sistemasituplari va unga mos aks ettirishni taqqoslang.

Psixik funksiyalar hayvonning hayot kechiradigan muhitga va o‘zining tuzilishi xususiyatlariga bog‘liq holda rivojlanadi. Jumladan ko‘rish retseptorlarining tuzilishi hayvonning hayot kechiradigan muhitga ko‘zi yordamida yaxshiroq mo‘ljal olishga imkon beradi. Siz bu fikrlarga qanday qaraysiz? Misollar bilan tushintiring.




Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish