Fanning maqsadi: Talabalarni insonning ichki ruhiy dunyosi haqidagi bilimlar bilan qurollantirish va shaxslararo munosabatlarni to`g`ri tashkil etish orqali psixologiya fanini o`rganib boradilar. Hayotning o`zi insonga yashash davomida ruhiy dunyo haqida ma`lumot berib boraveradi. Demak, psixologiya bizning o`zimiz haqidagi, bizning ichki, ruhiy dunyomiz haqidagi fandir .” Psyuxe”- ruh, jon, “logos”- fan,ta`limot degan ma`noni anglatadi.
Bizning turmushimizdagi har bir jaryon, faoliyat- bu psixologiyadir. Hozirgi zamondagi kishilarning psixologiya haqidagi fikri! Uning turmushimizdagi roli, tutgan o`rni: hayotda,oilada, o`quv muassasalarida va h.k. Psixologiya psixik jarayonlarni: sezgilar, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, iroda, xayol, his-tuyg`ularni va shaxsning temperament, xarakter, qobiliyatlari, ehtiyojlari kabi xossalarini o`rganadi. Shuningdek, psixologiya fani inson faoliyatining xususiyatlari, malakalari odatlari, mehnati va ijodiy faoliyati hamda shunga o`xshash xususiyatlarini o`rganadi.Boshqacha qilib aytganda, psixologiya shaxsga xos bo`lgan barcha xilma-xil individual xususiyatlarni hamda barcha odamlarga xos bo`lgan umumiy psixik sifatlarni o`rganadi.
Odamning psixik hayoti murakkab va ko`pqirralidir. U faqat tashqi muhitning ta`sirlarigagina bog`liq bo`lib qolmay, balki yuksak nerv faoliyatidagi miya ishining murakkab nerv-fiziologik qonuniyatlariga ham bo`ysunadi. Psixik jarayonlar va shaxsning xususiyatlari o`zaro chambarchas bog`langan bo`lib, hamisha bir-biri bilan turlicha bog`langan va bir-biriga bog`liq holda namoyon bo`ladi. Muayyan bir vaqtda hech qachon faqat bittagina psixik jarayon ro`y bermaydi yoki shaxsning faqat bittagina xususiyati namoyon bo`lib qolmaydi. Masalan: idrok etish jarayoni sezgi jarayoni bilan ham, xayol jarayoni bilan ham, tafakkur va xotira jarayoni bilan ham chambarchas bog`langan bo`ladi(o`qishi qiyin bo`lgan xat).
Psixologiya fani bundan 2500 yilcha ilgari qadimgi Gretsiyada vujudga kelgan bo`lib XVII asrgacha falsafa fanining tarkibida rivojlangan. Aristotel o`zining “Jon” haqidagi kitobida “Insonning ruhi uning tanasini boshqarib turadi, ya`ni tana bizning ruhimizga bo`ynsunadi” degan g`oyalari bilan psixologiya fanining mavjudligini va fan cifatida falsafadan ajratib o`rganish kerakligini asoslab bergan.
Ibn Sino (IX asrda yashagan sharq mutafakkiri) o`zining “Tib qonunlari” asarida kishilarning mijoziga qarab muomala qilishda, bemorga nisbatan ham uning individual tipologik xususiyatlarini bilgan holda kasalini qaysi ko`rinishda ekanligini aytishda psixologik bilimlarning ahamiyati haqida gapirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |