Bilimlarni o'zlashtirish jarayonining tuzilishi
Talabalar dars mashg`ulotlarini o`rganish jarayonida ko`proq amaliy tajribaga labarotoriya mashg`ulotlariga tayanadi.
Birinchi bosqich o`zlashtirish hisoblanadi. Psixologiyadan ma'lumki, aniq o`zlashtirish maqsadga yo'naltirilgan intelekt jarayoni bo'lib, u majburlash xususiyatiga ega. Shuning uchun birinchi navbatda talabalarga mavzuni, o'rganishlari (masalani qo'yish)ni tushuntirib berish kerak. Shu asosda o'quv materiali bilan dastlabki tanishish amalga oshiriladi. U haqiqiy mavjud yoki hayoliy fan, hodisa, vaziyatlarni kuzatish, mumkin bo'lgan tajribalarni o'tkazishdan iborat bo'ladi. Birinchi bosqichda talaba qaysi fanlarni o'rganish haqida yetarlicha bilimga ega bo'lganida va o'quv masalasini tushunib yetganda yakunlanadi.
Ikkinchi bosqich – o'quv materialini nazariy takomillashgan holatda qabul qiladi. U ma'lumotlarning nazariy jihatlarini ajratib olish va tahlil qilishdan iborat. Bunda asosiy mazmunni topish, tushunchani ajratib olish, ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish materialini xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dilallar to'plamini o'rganib chiqish kerak. bu vaziyatda bilimlar o'rtasidagi tizimlilik muhim ahamiyatga ega. Unda talaba eng asosiy, ikkinchi darajali hamda qo'shimcha manbalarga tayanib ko'rsatsin. Talaba nazariy o'quv masalasini yechish usulini bajarsa, bilimlar o'rtasidagi tizimni anglab mustaqil tavsiyalar ishlab chiqsa ushbu bosqich yakunlangan sanaladi.
Uchinchi bosqich – eslab qolish va mustahkamlash. Bu bosqich o'zlashtirilgan bilimlarini uzoq vaqt davomida xotirada saqlab qolishdan iborat. Unda idrok etish faoliyati ko'proq mashqlar, mustaqil ishlar va ijodiy masalalar xususiyatiga ega bo'ladi. Nazariy material, tushuncha, qoida, isbotlar turli xil mashqlarda takrorlanadi. O'qituvchi talabalar topshiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borish kerak. ular matnlarni mexanik ko'chirib olishlari, topshriqlarni bajarishlari, qoda va tushunchalarni chuqur anglab yetmay bajarishlari mumkin. Bosqich yakunida talabalar nazariy materiallarni biladilar va ulardan mashqlarni bajarish, masalani yechish, teoremani isbotlashda foydalanishni biladilar. Ularda o'quv malakalari va ko'nikmalari faqatgina mustahkamlaydi.
To'rtinchi bosqich bilim, ko'nikma va malakalarni amaliy faoliyatda qo'llashdan iborat bo'ladi. Bilimlarini qo'llash o'rganilayotgan materialning mazmuni xususiyatiga qarab faoliyat turli shakllari va ko'rinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Bu o'quv mashqlari, labaratoriya ishlari, tatqiqot topshiriqlari, bitiruv malakaviy ishlar bo'lishi mumkin. Bilimlarni egallab olish bosqichlari jadval ko'rinishi quyidagichadir:
Do'stlaringiz bilan baham: |