His-tuyg‘ular va shaxs.
His-tuyg‘ular kishi shaxsining ancha erkin ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, u bilish jarayonlari va xulq-atvor hamda faoliyatni irodaviy boshqarish bilan birgalikda namoyon bo‘ladi. Shaxs o‘zi bilan birga olayotgan va bajarayotgan narsaga uning barqaror munosabati his-tuyg‘ularning mazmunini tashkil etadi. Tor ma’noda his-tuyg‘ular kishi shaxsining yo‘naltirilganligida mujassamlashgan barqaror ehtiyojlari ob’ektiga nisbatan uning munosabatini aks ettiradi. Shu sababli o‘zining barqarorligi bilan, sub’ektning hayoti soatlar, kunlar emas, balki oylar, yillar vositasida o‘lchanadigan darajada davomiyligi bilan belgilanadi. His-tuyg‘ular konkret harakterga ega bo‘ladi. Ular sub’ektning barqaror ijobiy yoki salbiy munosabat bildirishiga sabab bo‘lgan faktlar, voqealar, odamlar va holatlar tufayli ro‘y beradi. S.L.Rubinshteyn ta’kidlaganidek, his-tuyg‘ular kishining o‘zi uchun ehtiyojlarning sub’ektiv ravishda mavjud bo‘lishi sifatida gavdalanadi. Qizining qilmishidan jahli chiqqan ona gazablanish hissiga berilishi mumkin. Lekin oradan bir muncha vaqt o‘tganidan keyin qiziga bo‘lgan muxabbati ustun kelib, uning haligi qilmishi unutilib, qizini avf etishi mumkin va hokazolar.
Ehtiroslar kishidagi barqaror his-tuyg‘ularning alohida turini tashkil etadi, kishining fikrlari va xatti-harakatlari yo‘nalishini belgilaydigan barqaror,chuqur va kuchli tuyg‘u ehtiros deb ataladi. Jumladan, milliy-ozodlik uchun ko‘rashchida vatanga muxabbat tuyg‘usi bir qancha ezgu ziddiyatlar bilan bog‘langan bo‘lib, uni o‘z hayotini xavf ostida qoldirib, pirovardida g‘alabaga olib borishi mumkin bo‘lgan yo‘lni qat’iyat bilan izlashga majbur etadigan engilmas kuchga aylanadi. Ehtiroslar insoniy va hayvoniy bo‘lishi mumkin. Vatanga muxabbat, texnika ijodkorligi, halqqa xizmat qilish, fanga mehr-muxabbat umuminsoniy ehtiroslarga, ijobiy ehtiroslarga aylanishi mumkin. Shaxvat hislarini qondirishlar, ma’naviy bo‘zuqliklar, ahloqiy jihatdan o‘zgarishlarni hayvoniy ehtiroslar deb aytishimiz mumkin.
Muxabbat insonga xos eng muhim barqaror his-tuyg‘udir. "Muxabbat" tushunchasi psixologiyada ikki xil ma’noda ishlatiladi. Keng ma’nodagi muxabbat hissiy-ijobiy munosabatning ob’ektini boshqalarga qaraganda ajratib ko‘rsatadigan, hamda uni sub’ektning barqaror hayotiy ehtiyojlari va qiziqishlari markaziga qo‘yadigan yuksak darajasi demakdir. Vatanga bo‘lgan muxabbat, onaga, bolalarga, otaga, musiqaga, adabiyotga, san’atga va hokazolarga bo‘lgan muxabbat ana shunday his-tuyg‘ulardir.
Tom ma’noda muxabbat sub’ektning shaxvoniy ehtiyojlari bilan fiziologik jihatdan bog‘liq bo‘lgan barqarorlikka da’vat etadigan javob his-tuyg‘usidir. Individning naslning davom etishini ta’minlaydigan shaxvoniy ehtiyojini ta’minlaydigan, ya’ni shaxsga boshqa ahamiyatliroq birovda (sevgili yorim, erkak yoki ayol kishida) davom ettirilish, ko‘ngildagidek mujassamlashish uchun eng ma’qul imkoniyat tug‘diradigan eng oliy his-tuyg‘udir. "Muxabbat" tushunchasini biz yig‘indi holida qabul qilishimiz shart, ya’ni jinsiy instinktdan va sof ma’nodagi ma’naviy his-tuyg‘u sifatida talqin qilishimiz shart.
Xristian dinida "ruhiy" ishq-muxabbatning madx etilishi, bu his-tuyg‘uning fiziologik jihatlari namoyon bo‘lishini qandaydir tubanlik, ifloslik, gunoh sifatida tasavvur qilinishi noto‘g‘ridir. O‘z-o‘zidan ravshanki, maktabning yuqori sinflarida sevgi-muxabbatni "ta’qiqlash" noroziliklar tug‘diradi, o‘quvchi shaxsini yuksak ahloqiy ruhda tarbiyalashimiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |