Issiqlik nurlanishi - atom va molekulalarning issiqlik harakati natijasida uyg‘onishi bilan bog‘liq bo‘lgan, jismning elektromagnit nurlanishidir. Nurlanayotgan jismning harorati ko‘tarilganda, zaryadlangan zarrachalarning harakat energiyasi oshadi, yuqori energetik darajalar paydo bo‘ladi, bunda atom nurlanishi mumkin va buning natijasida nurlanish oqimi oshadi. Yorug‘lik-issiqlik nurlanishning ko‘rinarli qismidir. Issiqlikning nurlanishi qonunlari absolyut qora jismlar, ya'ni yorug‘lik to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘lmagan holda tushayotgan nurni to‘liq yutuvchi jismlarga nisbatan chuqur o‘rganilgan. Absolyut qora jism sirt yuzasining nurlanish oqimi, shu haroratgacha qizdirilgan har qanday boshqa jism yuzasining nurlanish oqimidan kattadir. Har qanday jismning haroratda chastotali yorug‘lik (nur) tarqatish qobiliyatini miqdoriy baholash uchun "nur tarqatish qobiliyati" degan maxsus fizik kattalik kiritiladi.
Jismning nur tarqatish qobiliyati - jism yuzasidan vaqt birligida tarqatilgan ma'lum chastotali elektromagnit nurlanish energiyasining miqdoridir. Jismning nur tarqatish qobiliyatini ifodalovchi tenglamani tajriba natijasiga asosan M.Plank keltirib chiqardi:
(2.12),
bu yerda, - Bolsman doimiysi. M.Plank formulasi, absolyut qora jism uchun ma'lum bo‘lgan quyidagi nurlanish qonunlarini nazariy keltirib chiqaradi.
Vina-Golisnning siljish qonuni - To‘la nur tarqatgich uchun energetik nurlanganligining spektral zichligini maksimal qiymatiga to‘g‘ri keladigan to‘lqin uzunligi, uning absolyut haroratiga teskari proporsional:
(2.13),
bu yerda, -Vin doimiysi.
Stefan - Bolsman qonuni. Absolyut qora jismning to‘liq nur tarqatish qobiliyati absolyut haroratning to‘rtinchi darajasiga proportsional. Bu qonunni M.Plank tenglamasini oralig‘ida integrallab keltirib chiqarish mumkin:
(2.14),
bu yerda -to‘la nur tarqatuvchining nurlanish oqimi, .
1-masala. Oq bo‘yoq bilan oqlangan xona shipining yorug‘likni qaytarish koeffitsiyenti bo‘lsa, yoritilganlikning qanday qiymatida xona shipining porlaganligi bo‘ladi? Yoritilganlikning mazkur qiymatiga mos keluvchi xona shipining ravshanligi topilsin.
Yechish: Umumiy holda porlaganlik va yoritilganlik o‘zaro (1) tenglama bilan ifodalanadi (1-adabiyot, 37 bet), bu yerda yorug‘lik tushayotgan sirt materialining yorug‘likni qaytirish koeffitsiyenti.
Endi (1) tenglamadan xona shipi sirt yuzasining Е-yoritilganligini topamiz:
.
Bu holda yoritilgan xona shipi sirt yuzasining ravshanligini
tenglamaga asosan [1, 46-bet]
shaklda ifodalashimiz mumkin. Tenglamadagi kattaliklarni masalaning shartida berilgan son qiymatlarini qo‘yib, tegishli matematik amallarni bajarib, xona shipining - ravshanligini aniqlaymiz:
.
Do'stlaringiz bilan baham: |