Turli darajadagi teri kuyishiga yorug’lik impul’s miqdorini bog’liqligi, kal/sm
Kuyish darajasi
|
Aslahaning quvvati (ming tonna hisobida)
|
Kiyim ostidagi teriga ta’siri
|
1
|
10
|
100
|
1000
|
Yozgi
|
Qishki
|
Birinchi
|
2,4
|
3,2
|
4
|
4,8
|
6
|
35
|
Ikkinchi
|
4
|
6
|
7
|
9
|
10
|
40
|
Uchinchi
|
6
|
9
|
11
|
12
|
15
|
50
|
To’rtinchi
|
>8
|
>9
|
>1
|
>2
|
>15
|
>50
|
Kuyish darajasiga qarab turli tan jarohatlari kuzatiladi.
I darajali kuyishda terini usti qizarib jarohatlangani kuzatiladi;
II darajali kuyishda esa terini ustida suvga to’lgan puffakchalar paydo bo’ladi;
III darajali kuyishda terining chuqur qismlarida kuyish sodir bo’ladi;
IV darajali kuyishda teri qorayib ketib, teri osti to’qimalar juda qattiq jarohatlanadi.
Odamlar II va III darajali kuyganida ishga yaroqsiz hisoblanadilar.
Yorug’lik nurlanish omillaridan saqlanish uchun: o’z vaqtida ogohlantirish, himoya inshootlarida, tabiiy chuqurliklarda saqlanish, shaxsiy himoya vositalaridan va yong’inga qarshi omillardan foydalanish darkor.
O’tuvchi radiatsiya - gamma nurlar va neytronlar oqimidan tashkil topgan. Radiatsiya nurini manbai yadro aslahasi portlaganda ketadigan yadroviy reaksiya hamda yadrolarni radioaktiv parchalanishidan hosil bo’ladi. Radiatsiya omilining ta’sir vaqti 15-25 sekundni tashkil etadi. Bu omilni asosiy shikastlantiruvchi ta’siri - nurlantirish dozasi (D) hisoblanadi.
Nurlanish dozasi – bir birlik nurlanayotgan muhitni yutgan ionlantiruvchi nurlar enyergiyasi miqdoriga teng bo’lib, Kl/kg, rentgen va greylarda o’lchanadi. Radiatsiya omilining ta’siri ionlantirish xususiyatiga ega bo’lganligidan nurlanish kasalligini keltirib chiqaradi.
I-darajali nurlanish kasalligi 100-200 rad.nur olganda kuzatilib, bunda holsizlanish, og’ir bo’lib ketish, bosh aylanish, harorat ko’tarilish alomatlari kuzatiladi.
II-darajali nurlanish kasalligi 200-400 rad.nur olganda paydo bo’lib, bunda bosh og’rib, aylanadi, asab sistemalari buziladi, tez-tez qusish, ich ketish kuzatiladi va qondagi leykotsitlar miqdori 2 marta kamayib ketadi.
III-darajali nurlanish kasali 400-600 rad.nur olganda kuzatilib, bunda kuchli bosh og’rig’i, qusish, hushidan ketish, terilar qizarib, qondagi leykotsit, yeritrotsitlar miqdori kamayishi kuzatiladi. Bu holda o’z vaqtida tuzatish omillari bajarilganda inson 3-4 oydan keyingina tuzalishi mumkin.
IV-darajali nurlanish >600 rad. olganda sodir bo’lib, bunda kasallik juda og’ir ahvolda bo’lib, o’lim bilan yakunlanadi.
Nurlanish kasalligiga uchragan odamlarda infeksiyaga qarshilik ko’rsatish (immunitet) keskin kamayib, to’qimalarni kislorodga to’yinmaganligi hamda qonni ivimaslik xususiyatilari paydo bo’ladi.
Radiatsiya nurlaridan ishonchli saqlaydigan vosita - bu himoya inshootlari hisoblanadi. Himoya inshootlari - gamma nurlarini turli darajada susaytiradi, chunki ular turli xil materiallardan qurilgan bo’ladi. Eng ishonchli himoya inshooti - bu qo’rg’oshindan, temirdan, temir-betondan va hokazo materiallardan qurilgan boshpanadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |