Topshiriq:
Quyida keltirilgan topshiriq variantlari bo’yicha tabiiy ofat sabablarini, oqibatlarini va unga qarshi chora – tadbirlarni Respublikamizning qaysi hududlarida va qachon kuzatilganini keltiring va ularni grafik shakl (baliq skeleti)da ifodalang. Sabab va oqibatlar daraxtini quring.
FV turlari
|
Variantlar
|
1,20
|
2,19
|
3,18
|
4,17
|
5,16,
|
6,15
|
7,14
|
8,13
|
9,12
|
10,11
|
Tabiiy tusdagi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Sel(jala)
|
X
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ko’chki
|
|
X
|
|
|
|
|
|
|
|
X
|
Zilzila
|
|
|
X
|
|
|
|
|
|
X
|
|
Toshqin
|
|
|
|
X
|
|
|
|
X
|
|
|
Surilish
|
|
|
|
|
X
|
|
X
|
|
|
|
Qor ko’chkisi
|
|
|
|
|
|
X
|
|
|
|
|
Topshiriqni bajarish namunasi.
FV turlari
|
FV sababi
|
FV oqibati
|
FV ga qarshi chora-tadbirlari
|
Jala
|
Kunning isib ketishi, haroratning ko’tarilishi, ob-xavoning keskin o’zgarishi.
|
Toshqinlarning paydo bo’lishi, selning yuzaga kelishi, bino va inshootlarning suv ostida qolishi, odamlarning halokati , moddiy zarar.
|
Suv omborlarini qurish, metereologik stantsiyalar bilan doimiy aloqada bo’lish, irrigatsiya tizimlarini tozalash, odamlarni ogohlantirish.
|
Nazorat savollari:
|
|
1.
|
Xavfli geologik hodisalarga nimalar kiradi?
|
2.
|
Zilzila kuchini baholash uchun necha ballik shkala qabul qilingan?
|
3.
|
FVlar da sodir bo’ladigan falokat turlarini tushuntirib bering?
|
4.
|
Surilishlar necha xil turda bo’ladi?
|
5.
|
Zilzila oqibatlarini aytib bering?
|
6.
|
Ko’chki oqibatlarini aytib bering?
|
7.
|
Mavzuga oid bir nechta test savollari tuzing va o’zingizni sinab ko’ring?
|
|
|
5-mashg’ulot. RADIATSIYAVIY VA KIMYOVIY HOLATNI ANIQLASH VA BAHOLASH QOIDALARI
Ishdan maqsad:
- radiatsiyaviy holatni aniqlash va baholash qoidalarini o’rganish.
- kimyoviy holatni aniqlash va baholashni o’rganish.
Ma’lumki, barqarorlikni baholashda quyidagi ma’lumotlar zarur:
-obyektning FV sharoitidagi holati;
-obyektning ishchi kuchi, texnikasi, energiya manbalari, xomashyosi va boshqa-zaxiralar bilan ta’minlanganligi;
-obyektning iqtisodiy ko’rsatkichlari;
-odamlar, hayvon va o’simliklarning hamda boshqalarning ehtimoliy talofati va shu kabilar.
Radiatsiyaviy holatlar va ularning xavfsizligi bo’yicha O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 31 avgustda «Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risida»gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi insonlar xayoti, sog’ligi va mol-mulki, shuningdek, atrof-muhitni ionlashtiruvchi nurlanish, radioaktiv ifloslanishlarning zararli ta’sirlaridan muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog’liq masalalarni tartibga solishdan iborat.
Qonunga radiatsiyaviy xavfsizlikka doir yangi taxrirdagi tushunchalar ham kiritilgan, jumladan:
Ionlashtiruvchi nurlanish radioaktiv parchalanishda, yadroviy yemirilishlarda, moddadagi zaryadlangan zarrachalar xarakatlanishini sekinlashuvida hosil bo’ladigan hamda muhit bilan o’zaro ta’sir etish chog’ida har xil qutbli ionlarni hosil qiladigan nurlanish;
Ionlashtiruvchi nurlash manbai -o’zidan ionlashtiruvchi nurlarni chiqaruvchi qurilma yoki radioaktiv modda;
Kuzatuv zonasi - radiatsiyaviy monitoring o’tkaziladigan sanitariya muhofaza zonasidan tashqaridagi hudud;
Radiatsiyaviy avariya - uskuna nosozligi, xodimlarning xatti -xarakatlari tabiiy va texnologik xususiyatli FV tufayli kelib chiqqan, fuqarolarning belgilangan me’yordan ko’proq nurlanish olishga yoki atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishiga olib keluvchi yoxud olib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai ustidan boshqaruvning izdan chiqishi;
Radiatsiyaviy xavfsizlik - fuqarolar va atrof-muhitning ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofazalanganlik holati;
Yadroviy xavfsizlik - yadroviy materialdan xavfsiz foydalanishni ta’minlovchi chora -tadbirlar majmui.
Radiatsiyaviy holatni baholash. Yer usti va yer osti yadro portlashlari natijasida radioaktiv moddalar havo va tuproq mahsulotlari bilan aralashadi, so’ng xavo oqimi bo’ylab harakatlanib, sekin-asta yerga tushadi. Bunda ko’zga ko’rinmaydigan radioaktiv zararlanish izi hosil bo’ladi, bu iz qanchalik ko’p bo’lsa insonlarning yashashlari va ishlashlari uchun shuncha uzoq xavf tug’diradi. Xuddi shunday holat yadro zaryadi bilan ishlaydigan tarmoqlarda (AES, gamma nuridan foydalaniladigan ilmiy laboratoriyalarda) avariya natijasida ham kuzatilishi mumkin. Jumladan, 1986 yildagi Chernobil AESdagi avariya oqibatida to’rtinchi energoblokdan chiqqan radioaktiv moddalar 30 km.gacha masofaga tarqalib, u yerdagi jamiki Obyektlarni (atrof-muhitni, insonlarning yashash, ishlash joylarini, kiyim kechaklarni, moddiy resurslarni, suvni va boshqalarni) shikastlagan.
Radiatsiyaviy holatni baholash fuqaro muhofazasi boshlig’ining, shtab va obyekt mutaxassislarining majburiy ishidir. Radiatsiyaviy holat deganda, joylarning radioaktiv zararlanish darajasi va o’lchami tushunilib, bu aholining yashashiga hamda iqtisodiyot tarmog’i Obyektlarida ishlashlariga ta’sir etadi. Joylarning radioaktiv zararlanish o’lchovi va darajasi ma’lum hududdagi yadro portlashlarining soniga, quvvatiga, turlariga hamda portlash vaqtidagi shamolning tezligiga bog’liqdir.
Radioaktiv bulut izining katta kichikligiga o’rtacha shamolning tezligi sezilarli ta’sir ko’rsatadi. O’rtacha shamolning tezligi oshishi bilan yadro qurolining portlashidan zararlangan maydonlarning xajmi ham oshadi. Radiatsiya darajasi 0,5 R/s ga teng bo’lgan joylarni radioaktiv moddalar bilan zararlangan xudud deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |