Konfutsiychilikning bosh xudosi - osmon Xudosi edi. Keyinchalik
Konfutsiyning o‘zi ham ilohiylashtirilgan. Uning sharafiga, hatto imperatorning
o‘zi ham diniy marosimlarni bajo keltirar edi. Bu bejiz emas edi, albatta.
CHunki, Konfutsiychilik oddiy xalq ustidan «aslzodalar»ning hukmronligini
oqlardi. Bu dinga ko‘ra ayni paytda imperatorning o‘zi oliy Xudoning erdagi
vakili edi. Konfutsiychilikda imperatorga qarata yozilgan quyidagi maslahat ham
bor edi: «Agar imperator biror katta maqsadni amalga oshirmoqchi bo‘lsa, u
albatta ajdodlari ibodatxonasiga borishi lozim. Qilmoqchi bo‘lgan ishidan,
o‘zining maqsadidan avlodlarini xabardor etmog‘i kerak. SHu paytda u
osmonda yulduzlarning holatiga qaramog‘i, ular qulay joylashganligiga ishonch
Do'stlaringiz bilan baham: |