Alohidalik, xususiylik, umumiylik. Ular narsa va hodisalarning rivojlanish
jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik -
olamdagi alohida, individual tarzda namoyon bo‘layotgan narsa - hodisalarning turfa,
xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda
namoyon bo‘lishidir. Alohidalik va umumiylik o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik va
91
munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan, bu kategoriyalarning
mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi konkretlik bo‘lib hisoblanadi.
Ikkinchidan, «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalarning makon-
zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar tarzidagina
namoyon bo‘lishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining
namoyon bo‘lish shaklidir.
Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini alohidalikdan xususiylikka
va shu bosqich orqali umumiylikka o‘tish tarzida yoki aksincha, izohlash keng tarqalgan.
Vaholanki, falsafiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday alohidalikning
individual xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan iboratdir. Masalan, bozor
iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyati bo‘lsa
ham, bu jarayon turli ijtimoiy-tarixiy makon va zamonda har bir davlat uchun o‘ziga xos
bo‘lgan modelni taqozo qiladi. Alohidalikning umumiylikdan farqini aniqlash asosida,
maxsus usul va vositalarini qo‘llash bozor strategiyasi va taktikasining milliy
xususiyatlarini belgilashga yordam beradi.
Alohidalik yoki, ba’zi falsafiy adabiyotlarda ko‘rsatilganidek, yakkalikni muayyan xossa
hamda xususiyatga ega bo‘lgan narsa va hodisalarning makon va zamondagi chegaralangan
konkret holati, boshqacha kilib aytganda, har qanday hodisa va narsaning ichki sifat
muayyanligi, individualligi deyish mumkin.
Antik falsafada alohidalik kategoriyasining mazmuni muayyan turg‘unlikka ega
bo‘lgan birlik sifatida qaralgan (Aflotun, Arastu). Hegel, alohidalikni voqealarning
zaruriy shakli, makon va zamondagi tafovutlarning namoyon bo‘lish momenti sifatida
qaraydi.
Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida alohidalikning umumiylikdan
farqini mutlaqlashtirish natijasida muayyan qarashlar vujudga kelishi mumkin (Bu haqda
«Osiyosentrizm» va «Evropatsentrizm» to‘g‘risida eslash kifoya).
Vaholanki, umuminsoniyat sivilizatsiyasining tadrijiy rivojlanishida muayyan ichki birlik
mavjud bo‘lib, madaniyat tarixida har bir xalq, millat o‘z o‘rni va ahamiyatini namoyon qiladi.
SHuning uchun umuminsoniyat sivilizatsiyasi tarkibidagi milliy madaniyatni mutlaqlashtirish,
muayyan siyosiy manfaatlarga asoslangan bo‘lib, buyuk davlatchilik, shovinistik qarashlardan
boshqa narsa emas. Bu XX asrning 30-yillarida fashizm mafkurasini shakllantirgan asosiy
sababalardan biri edi.
Alohidalikni, umumiy qonuniyatlar tarkibidagi, elementlarning individual
rivojlanish jarayoni sifatida olib qarash kerak. CHunki har qanday umumiylik, dastlab
voqelikning alohidaligi tarzida vujudga keladi. SHunga ko‘ra, har qanday sistema o‘z
tarkibidagi nisbatan yangi, alohida hodisalarning individual rivojlanishisiz sodir bo‘la
olmaydi. SHunday qilib, alohidalik voqelik rivojlanishining xilma-xil shakllarini vujudga
keltiradi.
Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari o‘rtasidagi
bog‘lanishlar, bir tomondan, umumiylikni namoyon qilish bilan bir qatorda, ularning
muayyanligi va mazmunini ham belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning
konkretligi alohidaliklar sistemasi tarzida namoyon bo‘ladi. Bu sistemaga strukturali
yondashish bilishning nisbatan to‘laqonli bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan, muayyan
jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy munosabatlari o‘ziga xos bo‘lgan yo‘nalishlarini
vujudga keltirgan. YA’ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy ekologik va boshqa shu kabi
ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat tarkibida «iqtisodiy madaniyat», «huquqiy
madaniyat», «siyosiy madaniyat», «ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mustaqil
yo‘nalishlarga asos bo‘lgan. Bu madaniyat yo‘nalishlari nisbatan mustaqil bo‘lsa ham,
bir-birini taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va rivojlanish tendensiyasi umuminsoniyat
92
sivilizatsiyasi manfaatlaridan kelib chiqqan bo‘lib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos
keladi.
Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema»,
«element», kategoriyalari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik va muayyan farqlar mavjud. YA’ni
«alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi
bog‘lanish, aloqadorlik munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo‘lsa,
«butun», «qism», «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon
va zamondagi bog‘lanish munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. SHu nuqtai
nazardan, butunni - umumiylik, qismni yoki elementni - alohidalik tarzida olib qarash
holatlari uchraydi. SHuningdek, muayyan o‘xshashlik bo‘lishiga qaramasdan, sistemani
umumiylik tarzida qabul qilish mumkin emas. Bunda sistema turli darajadagi
umumiyliklarning majmui ham bo‘lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni tarkibiy
jihatdan «butun», «qism», element»larga ajratish bilishga xos nisbiy hodisa bo‘lib, uning
samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir. SHunga ko‘ra, yuqorida aytilgan har
ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib
qaralishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |