Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/207
Sana29.12.2021
Hajmi1,57 Mb.
#76046
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   207
Bog'liq
falsafa

Kategoriya o‘zi nimag‘ Bu so‘z qadimgi yunon tilidan olingan bo‘lib: «izohlash», 
«tushuntirish»,  «ko‘rsatish»,  degan  ma’nolarni  anglatadi.  Uning  mazmunidagi  bunday 
xilma-xillik qadimgi davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo‘nalishiga aylangan. 
Falsafa  tarixida  ularni  birinchi  bo‘lib,  Arastu  ta’riflab  bergan.  U  o‘zining 
«Kategoriyalar»  degan  asarida  ularni  ob’ektiv  voqelikning  umumlashgan  in’kosi  sifatida 
qarab,  turkumlashtirishga  harakat  qilgan.  Xususan,  uningcha  quyidagi  kategoriyalar 


 
90 
mavjud:  «mohiyat»  (substansiya),  «miqdor»,  «sifat»,  «munosabat»,  «o‘rin»,  «vaqt», 
«holat»,  «mavqe»,  «harakat»,  «azob-uqubat».  Bu  turkumlashtirish,  o‘z  vaqtida  ilmiy 
bilishda  juda  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lgan.  Keyinchalik  Arastu  «Metafizika»  asarida 
«mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan. 
Umuman,  kategoriyalarni  falsafa  tarixida  ilmiy  mavzu  sifatida  o‘rganishni  aynan 
Arastu  boshlab  berganligi  e’tirof  qilinadi.  Ma’lumki,  ungacha  YUnonistonda  ko‘proq 
politika  va  ritorika  (notiqlik  san’ati)  fanlari  sistemalashgan,  ya’ni  fan  sifatida  tizimga 
tushirilgan  edi.  CHunki  o‘sha  davrda  qo‘shinni,  mamlakatni  va  odamlarni  boshqarish 
uchun  siyosat  va  nutq  madaniyati  sirlarini  bilish  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lgan.  Ammo 
o‘sha  davrlarda  falsafaning  qonunlari,  kategoriyalari  va  asosiy  tayanch  tushunchalari 
muayyan  tizimga  tushirilmagan,  izchil  bayon  qilingan  bilimlar  sistemasi  sifatida 
shakllantirilmagan  edi.  Hatto  YUnonistonning  mashhur  olimi  va  mutafakkiri  Suqrotni 
ham  ana  shunday,  hali  go‘yoki  shakllanmagan  fan  bilan  shug‘ullangani  va  yoshlarni  bu 
ilm  yo‘liga  boshlab,  ularning  noto‘g‘ri  tarbiyasiga  sabab  bo‘lganlikda  ayblagan  ham 
edilar.  Bu  hol  Suqrotning  buyuk  shogirdi Arastuning  mazkur  fanni  aniq  sistema  tarzida 
ifodalashga  kirishishi  uchun  turtki  bo‘lgan.  Olim  falsafaning  qonun  va  kategoriyalarini 
birinchi  marta  sistemalashtirgan,  ta’riflagan  va  falsafani  fan  darajasiga  ko‘targan.  O‘sha 
davrdan boshlab falsafa o‘z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bo‘lgan 
fanga  aylangan.  SHarqda  bu  masalaga  Forobiy,  Beruniy  va  ibn  Sinolar  ham  katta 
ahamiyat berganlar. 
XVII-XIX  asrlarga  kelib,  falsafiy  kategoriyalar  tahlilida  yangi  davr  vujudga  keldi. 
Xususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash), «miqdor» 
(birlik,  ko‘plik,  yaxlitlik),  «munosabat»  (substansiya  va  xususiyat,  sabab  va  harakat, 
o‘zaro ta’sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, voqelik va novoqelik, zaruriyat 
va tasodif) tarzida izohlangan. Kantdan farqli o‘laroq, Hegel esa mantiqiy kategoriyalarni: 
«borliq»  (sifat,  miqdor,  me’yor),  «mohiyat»  (asos,  hodisa,  mavjudlik),  «tushuncha» 
(ob’ektiv, sub’ektiv, absolyut g‘oya) tarzida izohlagan. 
Falsafa  fanining  kategoriyalari  haqidagi  turli  qarashlarni  umumlashtirib  aytganda, 
ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: 1) ob’ektiv voqelikning 
in’ikosi;  2)  narsa  va  hodisalarning  o‘zaro  bog‘lanish  va  aloqadorligini  mantiqiy 
umumlashtiruvchi  bilish  usuli;  3)  narsa  va  hodisalarning  rivojlanishi  bilan  o‘zgarib 
turuvchi  mantiqiy  tushuncha;  4)  borliqning  mavjudligidan  kelib  chiqadigan  tarixiy  — 
mantiqiy  bilish  darajalaridan  biri.  Ko‘pchilik  mutaxassislar  kategoriyalar  olam,  undagi 
narsa  va  voqealar,  ularning  asosiy  va  takrorlanib  turuvchi  aloqadorligini  ifodalaydigan 
keng  mazmundagi  tushunchalardir,  degan  fikrga  qo‘shiladilar.  Bu  ma’noda  borliq, 
voqelik,  harakat,  makon,  zamon,  miqdor,  sifat  va  boshqalar  falsafaning  ana  shunday 
kategoriyalaridir. 
Falsafada  o‘z  xususiyatlariga  ko‘ra,  «juft  kategoriyalar»  deb  ataladigan;  umumiy 
bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular narsa 
va  hodisalarning  muayyan  yo‘nalishdagi  eng  muhim,  zaruriy,  nisbatan  barqaror,  davriy 
takrorlanib  turuvchi  bog‘lanish  va  aloqadorlik  munosabatlarini  ifodalaydi.  Falsafa 
kategoriyalari  mazmunidagi  ichki  birlik,  bog‘lanish,  aloqadorlik  va  munosabatlarning 
yaxlitligi  bilish  jarayonining  uzluksizligini  ta’minlaydigan  umumiy  qonuniyat  tarzida 
vujudga kelgan. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish