Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o‘zlariga munosib hayot
sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Ezgulik va haqiqat uchun kurash
g‘oyalarining ifodasi bo‘lgan afsona va rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati,
kelajakka ishonchi, vatanga muhabbati, insoniy kamolotga intilishi badiiy vositalar,
afsonaviy qahramonlar timsolida ifoda etilgan.
Dunyoqarashning mifologik mohiyati bugungi fan-texnika taraqqiyoti, insonning
aqliy salohiyati bag‘oyat yuksalib ketgan davrda juda jo‘n va ibtidoiy bo‘lib ko‘rinadi.
Ammo afsona va rivoyatlar o‘zining kuchli jozibasi, insonparvarlik g‘oyalari bilan hozirgi
kunda ham kishilarni ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashning ta’sirchan va samarali omili
bo‘lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |