Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/207
Sana29.12.2021
Hajmi1,57 Mb.
#76046
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   207
Bog'liq
falsafa

Antropologiya  inson  mohiyatini,  uning  tabiat  va  jamiyatdagi  o‘rnini,  o‘ziga  xos 
xususiyatlarini  o‘rganish  bilan  shug‘ullanadi. Antropologiyada  inson  mohiyatini  to‘laroq 


 
123 
ochish  uchun  «men»,  «ong»,  «shaxs»,  «ruh»  tushunchalari  qo‘llanadi.  «Men»  — 
insonning  o‘zligini  tashqi  olamdan,  real  borliqdan  farqlashidir.  «Men»  ong  tufayligina 
o‘zini  boshqa  borliqdan  farqlaydi.  Boshqa  narsalar  insonga  begona  voqelik  bo‘lib 
tuyuladi. SHaxs insonning mustaqilligini ifoda etadi. 
Inson  o‘z  hayoti  davomida  tana  va  ruh  ehtiyojlarini  qondirishga  intiladi.  Tana 
ehtiyojlarini  qondirish  inson  borlig‘ining  birlamchi  sharti  hisoblanadi.  Biroq  hayotning 
ma’nosi  faqat  moddiy  ne’matlardan  bahramand  bo‘lish,  tanparastlik,  lazzatlanish, 
boylikka  ruju  qo‘yishdan  iborat  emas.  Inson  ruhi  ham  o‘ziga  xos  oziqqa  ehtiyoj  sezadi. 
SHu  bois  unda  ma’rifatparvarlik,  odamiylik,  odillik,  rahm-shafqat,  diyonat,  vijdon, 
olihimmatlik,  vatanparvarlik  kabi  ma’naviy  fazilatlar  shakllanadi.  YUksak  ma’naviyat 
insonni ruhan poklaydi, iymon-e’tiqodini mustahkamlaydi. 
Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  insonni  ma’naviy-ruhiy  jihatdan 
kamol toptirishga qaratilgandir. 
Insonning  ma’naviy  ehtiyojlarini  uning  tabiiy-moddiy  manfaatlaridan  ajratish,  unga 
faqat  ilohiy  mavjudot  sifatida  qarash  ham  biryoqlamalikka  olib  kelishi,  etilgan  ijtimoiy 
muammolar mohiyatini to‘g‘ri tushunishga xalaqit berishi mumkin. 
Mamlakatimizda  shakllanayotgan  milliy  g‘oya  va  milliy  mafkura  insonga 
biryoqlama 
qarashlarga 
zid 
ravishda, 
undagi 
moddiylik 
va 
ma’naviylikni 
uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti kishilarning farovon, boy — badavlat, 
mulkdor,  barcha  qulayliklarga  ega  bo‘lishini  inkor  etmaydi.  Aksincha,  ularni  tadbirkor, 
uddaburon  va  mehnatsevar  bo‘lishga  rag‘batlantiradi.  YUksak  ma’naviyatgina  inson 
ehtiyojlarini  oqilona  qondirishga,  ijtimoiy  adolat  o‘rnatib,  saxiy  va  olihimmat  bo‘lishga 
undaydi. 
Antropologiya  insonning  ma’naviy  olamiga  chuqurroq  kirib  borish  orqali  olam 
mohiyatini  bilish  mumkin,  degan  g‘oyani  ilgari  suradi.  Islom  Karimov  ta’rifiga  ko‘ra, 
ma’naviyat  (ruh)  insonni  axloqan  poklaydigan,  iymon-e’tiqodini  mustahkamlaydigan, 
ezgulikka  undaydigan  botiniy  kuchdir.  YUksak  ma’naviyatda  haqiqiy  insoniy  mohiyat 
mujassamdir.  Insonning  olijanob  fazilatlari  etuk  shaxslar  timsolida  o‘z  aksini  topadi. 
Insonga  xos  bo‘lgan  barcha  xususiyatlar  shaxs  faoliyatida,  uning  jamiyatda  tutgan 
o‘rnida,  uning  o‘z  moddiy  va  ma’naviy  ehtiyojlarini  qondirishida,  muayyan  mafkurani 
amalga oshirishida yaqqol ko‘rinadi. 
SHaxsning  shakllanishi  va  rivojlanishida  tarixiy  shart-sharoit,  ayniqsa,  g‘oya  va 
mafkura  muhim  o‘rin  tutadi.  Bozor  munosabatlariga  o‘tish  davrida  vujudga  kelgan 
muammo  va  vazifalar  yangi  barkamol  insonni  voyaga  etkazishni  taqozo  etdi.  Unga  xos 
fazilat va sifatlar Prezident Islom Karimov asarlarida asoslab berilgan. 
Bozor  iqtisodiyoti  inson  ehtiyojlarini  to‘laroq  qondirish,  uning  qobiliyati,  ijtimoiy 
faolligini yanada kuchaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Bular quyidagilardir: 
- mehnatni tashkil etish usul va shakllarining o‘zgarganligi; 
- mehnatga yangicha munosabatni rag‘batlantirishga yordam beruvchi omillar; 
- o‘z qobiliyati, qiziqishlariga mos bo‘lgan faoliyat turlarini tanlash imkoniyatining 
yaratilganligi; 
- shaxs tadbirkorligi va ishbilarmonligining qo‘llab-quvvatlanishi; 
- turli mulk shakllarining vujudga kelganligi; 
- shaxs erki va huquqlarining kengayganligi; 
- davlat va jamoat ishlarida qatnashish imkoniyatlarining yaratilganligi; 
- demokratik qadriyatlar rivoji; 
- ma’naviy  meros  va  madaniyat  yutuqlaridan  erkin  foydalanish  imkoniyatining 
yaratilganligi kabilardir. 


 
124 
Ular  shaxsning  moddiy  va  ma’naviy  ehtiyojlarini  qondirishda,  uning  komil  inson 
sifatida  rivojlanishida  muhim  ahamiyatga  egadir.  Mustaqillik  yillarida  amalga 
oshirilayotgan  barcha  islohotlar  inson  manfaatlari,  uning  ezgu  maqsadlari  ro‘yobga 
chiqishini  ta’minlashga,  uning  barkamol  sifatlar  kasb  etishiga  qaratilgandir.  SHaxs  islohot 
natijalaridan  bahramand  bo‘luvchigina  emas,  balki  ularni  sobitqadamlik  bilan  amalga 
oshiruvchi  kuch  sifatida  ham  yangilanish  jarayonida  o‘zgaradi,  yuksaladi,  qadr-qimmat 
topadi va e’zozlanadi. 
Insonning  jamiyatidagi  o‘rni,  qadr-qimmati  borasida  milliy  istiqlol  o‘z  oldiga 
quydagilarni maqsad va vazifa qilib qo‘yadi: 
- insonning qadr-qimmatini joyiga qo‘yish; 
- inson uchun baxtli hayot sharoitlarini yaratish; 
- insonning  o‘zligini  anglashi,  ijtimoiy  burch  va  vazifalarini  ado  etishi,  sog‘lom 
avlodlar  uzluksizligini  ta’minlashi,  kelgusi  avlodlarga  yaxshi  xotiralar  qoldirishi  va 
iymon-e’tiqodi butun bo‘lishi uchun qulay sharoitlar yaratish. 
Bunday  imkoniyatlarni  amalga  oshirishga  xalaqit  beradigan  nuqsonlar  ham  inson 
tabiati bilan bog‘liqdir. Hozirga qadar inson to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot va qarashlarda, 
asosan,  uning  ijobiy  xususiyatlariga,  yaratuvchanligiga  ko‘proq  e’tibor  berib  kelindi. 
Keyingi vaqtlarda inson borlig‘ining salbiy jihatlari ham tahlil qilina boshlandi. 
Mustaqillik yillarida inson tabiatini chuqurroq o‘rganish va undagi salbiy mayllarni 
bartaraf  etishga  yordam  beradigan  falsafiy  qarashlarga  ehtiyoj  vujudga  keldi.  SHuni 
ta’kidlash joizki, ayrim kishilar millat, Vatan, xalq manfaatlariga zid ravishda jamiyatdagi 
mavjud  qonun-qoida  va  me’yorlarni  poymol  etib,  ko‘proq  g‘arazli  maqsadlarini  amalga 
oshirishga va turli ixtiloflarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. SHunday niyatlar yo‘lida 
hatto  jinoiy  guruhlarga  birlashadilar,  jamiyat  taraqqiyoti  uchun  muhim  ahamiyatga  ega 
bo‘lgan davlat dasturlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladilar. SHuningdek, ular milliy 
totuvlik,  tinchlik  va  barqarorlikka  raxna  soladi,  ma’naviy-axloqiy  muhitni  buzadi, 
kishilarning  ijtimoiy  adolatga  bo‘lgan  ishonchini  susaytiradi,  barkamol  insonni  voyaga 
etkazishga  qarshilik  ko‘rsatadi.  Ular  turli  ziddiyatlarni  keltirib  chiqaruvchi  firibgarlar, 
hokimiyatga  intiluvchi  ekstremistlar,  korrupsiya  va  jinoyatchilik  olami  vakillari, 
giyohvand, poraxo‘r, terrorchi va shuhratparastlar kabi jamiyat uchun noxush odamlardir. 
Insonni  falsafiy  bilish  va  tahlil  etishda  ana  shunday  kishilar  mavjudligini  e’tiborga 
olish  muhimdir.  Demokratik  jamiyat  inson  huquqlarini  ta’minlashni  o‘z  oldiga  maqsad 
qilib  qo‘yar  ekan,  bunday  kishilarni  tarbiyalashga,  ularni  ijtimoiy  foydali  mehnatga  jalb 
etishga,  kishilar  ongida  milliy  manfaat  va  ijtimoiy  qadriyatlarni  rivojlantirishga  alohida 
e’tibor beradi. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish