Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Foya va mafkuralarni mutlaqlashtirishning salbiy oqibatlari



Download 0,71 Mb.
bet39/188
Sana29.07.2021
Hajmi0,71 Mb.
#131695
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   188
Bog'liq
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari

Foya va mafkuralarni mutlaqlashtirishning salbiy oqibatlari. Tarixdan ma'lum bo‘lgan real mustabid tuzumlarni qiyosiy tahlil etish ular amal qilgan mafkuralarning quyidagi umumiy xususiyatlarini hamda bu g‘oyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq qator salbiy oqibatlarni aniqlash imkonini beradi.

Avvalo, mustabidchilik mafkuralari o‘z davlatlarida ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha sohalarini to‘liq qamrab olishga, yagona dunyoqarash tizimi hukmronligini o‘rnatishga intiladilar. Bu mafkuralar buyuk va yorqin o‘tmishni inkor etadilar. Ular jamiyatni inqilobiy yo‘l bilan yoppasiga qayta tuzish zarur va uni amalga oshirish mumkin, deb hisoblaydilar, o‘zlarigacha bo‘lgan qadriyatlarning barchasini yohud ko‘pchiligini bekor qilib, ularni faqat o‘z tamoyillari bilan almashtirmoqchi bo‘ladilar. Masalan, birinchi qarashda, uzoq o‘tmishga qaytishga chaqiruvchi islom fundamentalizmi go‘yoki bundan mustasnodek tuyuladi. Biroq, aslida bunda ham o‘sha andoza saqlanib qoladi. Ya'ni Islom fundamentalizmi tarix g‘ildiragini o‘rta asr jaholati davriga qaytarish niqobi ostida, «ijtimoiy kazarma» tipidagi bir xillashtirilgan mustabid «kelajak»ning o‘ziga xos andozasini taklif etadiki, unda inson fuqarolik huquqlaridan to‘liq mahrum qilinadi, haqiqatda diniy terrorga duchor etiladi. Biz yuqorida bunday g‘oyaning qanday ayanchli oqibatga olib kelishini O‘rta asr yevropasidagi inkvizitsiya misolida ko‘rib o‘tdik.

Axborot monopoliyasi ham siyosiy va iqtisodiy hokimiyatni mutlaqlashtirish bilan chambarchas bog‘liqdir: «mustabid tuzum»da barcha axborot vositalari, jamiyatda muomalada bo‘lib turgan axborotning mazmuni ham apparatning qattiq nazoratiga olinadi. Zo‘ravonlik ishlatmasdan turib butun monopoliyalar tizimini saqlash va mustahkamlash mumkin bo‘lmaydi. Shuning uchun ham davlat terrorizmi, terrorni ichki siyosatni amalga oshirish vositasi sifatida qo‘llash «mustabidchilik tuzumlari» uchun xosdir. Turkistonda ham inqilobdan keyingi dastlabki yillarda hukumatning siyosiy terror natijasida butun-butun ijtimoiy guruhlar va qatlamlar yo‘q qilindi. Shu jumladan, mustabid tuzumning g‘ayriinsoniy xatti-harakatlari tufayli qariyb 2,5 million kishi yoki aholining deyarli yarmi mahv etilgan edi. O‘zbekistonda faqat 1937-1953 yillar mobaynida (bundan urush yillari mustasno) ittifoq mustabid mashinasi qariyb 100 ming kishini qatag‘on qildi, ulardan 13 ming kishi otib tashlandi.

Mustabid davlatlarning o‘ziga xos boshqa xarakterli xususiyati jamiyatning harbiylashtirilishi, «harbiy lager» yoki «qamal qilingan qal'a»dan iborat g‘oyaviy-psixologik vaziyatni vujudga keltirishdan iboratdir. Bunda mamlakat ichida harbiy fanatizm vaziyati avj oldirilibgina qolmasdan, shu bilan birga, agressiv tashqi siyosat ham amalga oshiriladi. Bu siyosat harbiy-hududiy va mafkuraviy bosqinchilik qilishga, o‘zining mustabidchilik tartiblarini keng miqyosda qaror toptirishga qaratiladi.

Lekin tarixiy haqiqat shundan iboratki, mustabidchilik mafkuralarining turli andozlari va ularning loyihalari asosida yaratilgan demokratiyaga qarshi tuzumlarning pirovard natijada halokatga uchrashi muqarrardir. Buni sobiq sotsialistik mamlakatlar, sovet davlati, gitlerchilar Germaniyasi va fashistlar Italiyasi, Kampuchiyadagi Pol Pot rejimi kabi mutlaq haqiqatni da'vo qiluvchi mafkuralarning tarixan istiqbolsiz bo‘lgani ham yaqqol namoyish etdi.


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish