Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


 Markaziy bankni boshqarish



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   511
Bog'liq
bank ishi

 

2.2. Markaziy bankni boshqarish 

 

[23].  O„zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  O„zbekiston  Res-

publikasi Oliy Majlisi oldida hisobot beradi va o„z vakolatlari doirasida 

qarorlarni  mustaqil  qabul  qiladi.  Markaziy  bankning  oliy  organi  uning 

Boshqaruvidir. Boshqaruv Markaziy  bank  siyosati  va  faoliyatining  aso-

siy yo„nalishlarini belgilab beradi, bankni boshqaradi. Boshqaruv tarkibi 

o„n  bir  kishidan  iborat  bo„lib  unga  Markaziy  bank  Raisi,  uning  o„rin-

bosarlari, shuningdek, bankning asosiy bo„limlari rahbarlari kiradi. Mar-

kaziy bank Raisi Boshqaruvning Raisi hisoblanadi. Boshqaruv a‟zolarini 

Markaziy  bank  Raisining  taqdimnomasiga  ko„ra  Oliy  Majlisning  Ken-

gashi tasdiqlaydi. 

Markaziy bank Raisi: 

–  Markaziy  bank  va uning  Boshqaruvi  faoliyatiga  rahbarlik qiladi, 

bankning  fondlarini  tasarruf  etadi  va  Markaziy  bank  zimmasiga  yuk-

latilgan vazifalarning bajarilishi uchun javobgar bo„ladi; 

– Markaziy bank faoliyati masalalarini hal qiladi; 

– boshqaruv qarorlarini imzolaydi, buyruqlar va farmoyishlar chiqa-

radi; 

–  Markaziy  bank  faoliyati  va  joriy  operatsiyalarini  operativ  tarzda 



boshqarish bo„yicha harakatlarni amalga oshiradi; 

– Oliy Majlisda, hukumatda, vazirliklar va idoralarda, sudlarda, xal-

qaro  va  chet  el  tashkilotlarida  bank  faoliyatiga  doir  barcha  masalalar 

bo„yicha Markaziy bank nomidan ish ko„radi; 

– ayrim masalalarni hal qilishni o„zining o„rinbosarlariga, markaziy 

apparat tarkibiy bo„linmalarining rahbarlariga, hududiy muassasalarning 

rahbarlariga topshiradi.  

Markaziy bank Raisining vakolat muddati besh yil. 



[24]. Boshqaruv quyidagi vakolatlarga ega: 

Monetar siyosatning asosiy yo„nalishlarini, shu jumladan, Markaziy 

bankning  ochiq  bozordagi  operatsiyalari  ko„lami,  Markaziy  bankning 

hisob  va  ssuda  berishdagi  foiz  stavkalari  hamda  banklarning  Markaziy 

bankdagi majburiy rezervlari normasini belgilaydi. 

Markaziy bankning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki masalasini hal 

qiladi. 



 

37 


Banknotlar  va  tangalarning  nominal  qiymati  va  namunalarini,  shu-

ningdek, pul belgilarini muomalaga chiqarish shartlarini belgilaydi. 

O„zbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan ssudalar miqdori 

va shartlarini tasdiqlaydi. 

Banklar  uchun  iqtisodiy  normativlarni  tasdiqlaydi  va  ularga  rioya 

etilishini kuzatib boradi. 

Bank  faoliyati  bilan  shug„ullanish  uchun  litsenziyalar  berish  va 

ularni qaytarib olish to„g„risida qarorlar qabul qiladi. 

Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi. 

Markaziy bank xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi. 

Markaziy bankning yillik va moliya hisobotlarini ko„rib chiqadi. 

Markaziy  bankning  tarkibiy  bo„linmalari,  muassasalari  va  korxo-

nalari rahbarlarini tasdiqlaydi. 

Markaziy  bank  tarkibiy  bo„linmalari,  uning  muassasalari  va  tash-

kilotlari rahbarlarining hisobotlari hamda ma‟ruzalarini tinglaydi.  

Markaziy  bank  xodimlarini  yollash,  ishdan  bo„shatish,  ularning 

mehnatiga haq to„lash shartlarini, shuningdek, ularning kreditlar olish va 

aksiyalar sotib olish tartibini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi. 

Bulardan  tashqari,  Boshqaruv  Markaziy  bank  vakolati  doirasidagi 

boshqa masalalarni ko„rib chiqadi va hal qiladi. 

Boshqaruv  o„z  majlislarini  oyiga  kamida  bir  marta  o„tkazib  turadi. 

Majlisni Markaziy bank Raisi chaqiradi. Majlislar, shuningdek, Boshqa-

ruvning  kamida  uchta  a‟zosining  talabnomasi  bo„yicha  chaqirilishi 

mumkin. Boshqaruv majlislariga Markaziy bank raisi, u bo„lmagan pay-

tlarda esa o„rinbosarlardan biri raislik qiladi. 

Boshqaruv  a‟zolarining  kamida  uchdan  ikki  qismi  qatnashgan 

Boshqaruv  majlisi  haqiqiy  hisoblanadi.  Boshqaruv  qarorlari  qatnasha-

yotgan a‟zolarining oddiy ko„pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar 

teng  kelgan  taqdirda  Markaziy  bank  raisining  ovozi  hal  qiluvchi 

hisoblanadi. 

Boshqaruv  majlislari,  odatda,  yopiq  tarzda  o„tadi.  Boshqaruvning 

to„xtami esa qaror shaklida qabul qilinadi. 



[25]. Markaziy bank Raisining egallab turgan lavozimidan ozod etish 

uchun quyidagilar asos bo„ladi: 

– vakolat muddati tugaganida; 

–  iste‟foga  chiqishni  so„rab,  sabablarini  ko„rsatgan  holda  yozgan 

shaxsiy arizasiga ko„ra; 

–  jinoyat  sodir  qilishda  qonunda  belgilangan  tartibda  aybdor  deb 




 

38 


topilganda; 

–  o„zining  xizmat  vazifalarini  salomatligiga  ko„ra  bajara  olmaganda, 

davlat tibbiy komissiyasining xulosasi asosida; 

–  egallab  turgan  lavozimiga  munosib  bo„lmagan  xatti-harakatlar  qil-

ganida,  shu  jumladan,  «O„zbekiston  Respublikasining  Markaziy  banki 

to„g„risida»gi  qonunni  qo„pol  ravishda  buzganida  va Markaziy  bank  man-

faatlariga katta zarar yetkazganida.  

Bulardan  tashqari, Markaziy  bank Raisi qonun  hujjatlarida nazarda 

tutilgan  boshqa  asoslarga  ko„ra  ham  egallab  turgan  lavozimidan  ozod 

qilinishi  mumkin.  Raisning  birinchi  o„rinbosari  va  o„rinbosarlari  esa 

Markaziy  bank  Raisining  taqdimiga  ko„ra  Oliy  Majlis  Kengashi  tomo-

nidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. 

O„zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyati O„zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisining  tegishli  qo„mita  yoki  uning  topshirig„iga 

asosan auditor tashkilotlar tomonidan tekshirilishi mumkin. 

[26].  Markaziy  bank  bank  tizimi  barqarorligini  saqlab  turish,  omo-

natchilar  va  kreditorlarning  manfaatlarini  himoya  qilinishini  ta‟minlash 

maqsadida  banklar  faoliyatini  nazorat  qiladi,  tartibga  soladi  va  banklar 

o„rtasida haqiqiy raqobat tamoyillariga amal qilinishiga xizmat qiladi. 

Tijorat  banklarning haqiqiy  moliyaviy  mustahkamligini ta‟minlash, 

ularning  mijozlari  manfaatlarini  himoya  qilish  maqsadida  Markaziy 

bank: 

– kapitalning monandlik koeffitsiyentini; 



– bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga 

riskning eng ko„p miqdorini; 

– yirik kredit riski va investitsiyalarning eng ko„p miqdorini; 

– likvidlik koeffitsiyentlarini; 

–  aktivlarni  tasniflash  va  baholashga  doir  talablarni,  shuningdek, 

bunday  tasniflar  asosida  bankning  operatsiya  xarajatlari  jumlasiga 

kiritiladigan  chegirmalardan  shubhali  va  harakatsiz  qarzlarga  qarshi 

tashkil etiladigan zaxiralarni shakllantirishni; 

–  qarzlarga  doir  foizlarni  hisoblab  chiqish  va  ularni  bank 

daromadlari hisobvarag„iga kiritishga doir talablarni; 

– ochiq valuta mavqeyi limitlari kabi me‟yoriy-iqtisodiy normativlarni 

belgilaydi va ularga asoslanib, banklar faoliyatini tartibga soladi. 

Markaziy  bank  iqtisodiy  normativlarning  o„zgarishi  to„g„risida 

kamida bir oy oldin e‟lon qiladi. 



[27].  Markaziy  bank  bank  operatsiyalarini  amalga  oshirish,  bux-


 

39 


galteriya  hisobi  va  bank  statistik  hisobotini  yuritish,  yillik  hisobotlar 

tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy bo„lgan qoidalarni belgilaydi. 

Markaziy  bank  banklar  faoliyatini  nazorat  qilish  bo„yicha  quyidagi 

vakolatlarga ega: 

– banklarning hisoboti va boshqa hujjatlarini olish hamda tekshirish, 

ularning  faoliyati,  shu  jumladan,  operatsiyalari  to„g„risida  axborot 

so„rash va olish; 

– olingan axborot yuzasidan izoh talab qilish; 

–  banklar,  ularning  filiallari  va  bank bilan  uzviy  bog„langan  yuridik 

shaxslarning faoliyatini tekshirish va tartibbuzarlarga nisbatan sanksiyalar 

qo„llash; 

–  banklarning  ichki  auditi  bo„yicha  qo„yiladigan  talablarni  belgi-

lash; 

–  bank  aktivlarini  ularning  sifatiga  qarab  tasnif  qilish  va  aktivlar 



bo„yicha kutilishi mumkin bo„lgan zararlar o„rnini qoplash uchun shun-

ga monand rezervlar yaratishni talab qilish; 

–  ishonchsiz  aktivlarni  hisobdan  chiqarish  shartlari  va  tartibini 

aniqlash; 

– banklarga ularning faoliyatida aniqlangan tartib buzilishlarni barta-

raf qilish to„g„risida ijro etilishi majburiy bo„lgan ko„rsatmalar yuborish; 

– bank aksiyadorlari bank aksiyalarining 20 foizidan ortig„ini sotib 

olgan taqdirda ularning moliyaviy ahvoli va mavqeyi to„g„risida axborot 

so„rash va olish; 

–  banklar  va  ularning  filiallari  rahbarlari  hamda  bosh  buxgalter-

lariga nisbatan malaka talablarini qo„yish. 

Tekshirishlar  Markaziy  bankning  vakolatli  vakillari  va  Markaziy 

bank belgilaydigan auditorlar tomonidan amalga oshiriladi. 

Bir  yoki  o„zaro  shartnomalar  bilan  bog„langan  bir  necha  shaxslar, 

shuningdek,  sho„ba  yoki  bir-biriga  qaram  bo„lgan  yuridik  shaxslar  gu-

ruhi bank aksiyalarining 20 foizidan ortig„ini sotib olishi uchun oldindan 

Markaziy bankning roziligini olishi talab qilinadi. 

Aksiya sotib oluvchilarning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi aniqlan-

gan taqdirda Markaziy bank bank aksiyalarining 20 foizidan ortig„i xarid 

qilinishi  va  sotilishiga  rozilik  bermaslik  huquqiga  ega.  Markaziy  bank 

iltimosnoma  olingan  kundan  boshlab  30  kundan  kechiktirmay,  ariza 

beruvchiga o„z qarori to„g„risida yozma ravishda xabar beradi. 

Markaziy  bank  auditorlardan  Markaziy  bankning  normativ  huj-

jatlariga,  shu  jumladan,  tartib  va  uslubiyatlariga  rioya  etishlarini  talab 




 

40 


qilishga, shuningdek, ulardan bank auditi bilan bog„liq har qanday ma‟-

lumotlarni bevosita olishga haqli. 



[28]. Banklar va ularning filiallari iqtisodiy normativlarni belgilov-

chi  banklarga  oid  qonun  hujjatlarini  buzgan  taqdirda  Markaziy  bank 

ustav  kapitalining  eng  kam  miqdoridan  0,1  foizgacha  jarima  undirish 

yoxud  ayrim  operatsiyalarni  o„tkazishni  6  oygacha  bo„lgan  muddatga 

cheklab qo„yish huquqiga ega. 

Agar  yo„l  qo„yilgan  tartibbuzarliklar yoki  bank  o„tkazayotgan  ope-

ratsiyalar omonatchilar va kreditorlarning manfaatlariga aniq xavf tug„-

dirsa, u holda Markaziy bank quyidagilarga haqlidir: 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Bank  filiallari  to„lovlarni  o„z  vaqtida  o„tkazmagan  va  ularning 

vakillik  hisobvaraqlari  qoniqarsiz  ahvolda  bo„lgan  hollarda,  Markaziy 

bank  bank  filialidan  ushbu  harakat  natijasida  olingan  daromadni  qat‟iy 

tartibda undirib oladi, shuningdek, shunday miqdorda jarima soladi. 

 


Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish