Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Markaziy bankning asosiy vazifalari



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   511
Bog'liq
bank ishi

 

Markaziy bankning asosiy vazifalari 

 



 Monetar  siyosatni  hamda  valutani  tartibga  solish  sohasidagi  siyosatni 

shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish. 

 

O„zbekiston Respublikasida hisob-kitobning samarali tizimini tashkil etish 



va ta‟minlash. 

 Tijorat  banklari  faoliyatini  tartibga  solish  va  nazorat  qilish,  ularga  kredit 



berish. 

 



O„zbekiston  Respublikasining  rasmiy  oltin-valuta  rezervlarini,  shu  jum-

ladan, kelishuv bo„yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish. 

 Davlat  budjetining  kassa  ijrosini  Moliya  vazirligi  bilan  birgalikda  tashkil 



etish. 

 Rasmiy oltin-valuta zaxiralarini saqlash, pul emissiyasini amalga oshirish. 



 Bank  faoliyati  bilan  shug„ullanishga  litsenziya  (ruxsatnoma)  berish. 

Hukumatning moliyaviy agenti vazifasini bajarish. 

 Hisobga  olish,  hisobot  berish,  hisob-kitob,  ssuda  va  valuta  opera-



tsiyalarini amalga oshirishning yagona qoidalari va. me‟yorlarini belgilash 

 Tashqi iqtisodiy faoliyat operatsiyalarini amalga oshirishi va h.k.  




 

33 


qilayotgan  bunday  qonun  1995-yil  21-dekabrda  qabul  qilingan 

«O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki to„g„risida»gi qonundir.

1

 

Markaziy  bank  o„z  faoliyati  jarayonida  boshqa  banklarga  o„xshab 



foyda  olishni  maqsad  qilib  qo„ymagan.  Shuning  uchun  ham,  u  moliya 

bozorlarida  tijorat  banklari  va  boshqa  kredit  muassasalari  bilan  raqobat 

kurashini  olib bormaydi.  Uning bosh  maqsadi  mamlakat pul  birligining 

barqarorligini ta‟minlashdir. Asosiy maqsadi – xo„jaliklarni uzluksiz to„-

lov  vositalari  bilan  ta‟minlash  (ya‟ni  ularning  to„lov  qobiliyatlarini 

yetarli  darajada  bo„lishiga  yordam  berish),  hisob-kitoblar  tizimini  tar-

tibga solish, boshqa banklar faoliyatini nazorat qilishdir. Bu maqsadlarni 

amalga  oshirish  uchun  Markaziy  bank  quyidagi  tadbirlarni  amalga 

oshiradi: 

– tijorat banklari zaxiralarini saqlaydi; 

–  banklarga  mavsumiy  moliyaviy  uzilishlarni  qoplashga  va  boshqa 

qisqa muddatli ehtiyojlariga kredit beradi; 

– mamlakat miqyosida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qiladi; 

– boshqa banklar faoliyatini o„rganadi, tahlil qiladi va nazorat qiladi. 

Hozirgi  kunda  dunyoning  ko„pgina  mamlakatlarida  tijorat  banklari 

o„zlari  jalb  qilayotgan  resurslarning  Markaziy  bank  tomonidan  belgi-

langan  bir  qismini  Markaziy  bankda  saqlaydilar.  Bu  zaxiralar  miqdori-

ning yuqori va past chegaralarini Markaziy bank belgilaydi. 

Markaziy bank tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari uchun 

eng  yuqori pog„onadagi kredit beruvchi organ hisoblanadi. O„zbekiston 

Respublikasi Konstitutsiyasining 124-moddasida: «O„zbekiston Respub-

likasining bank tizimini respublika Markaziy banki boshqaradi», – deyil-

gan. Shu sababli  u banklarning banki deb ataladi. 

[19].  O„zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  to„g„risidagi  qo-

nunning  6-moddasida  Markaziy  bank  va  Davlatning  munosabatlari  ha-

qida shunday yozilgan:  

«Markaziy  bank  o„z  vakolatlari  doirasidagi  qarorlar  qabul  qilish 

borasida mustaqildir. Davlat Markaziy bankining majburiyatlari yuzasi-

dan,  Markaziy  bank  esa  davlatning  majburiyatlari  yuzasidan  javobgar 

bo„lmaydi,  basharti,  bular  o„z  zimmalariga  bunday  majburiyatlarni  ol-

magan  bo„lmasalar  yoki  qonunlarda  boshqa  qoida  nazarda  tutilmagan 

bo„lsa».  

Markaziy bank mustaqil yuridik shaxs sifatida quyidagi vakolatlarga 

                     

1

 “O„zbekiston Respublikasining Markaziy banki to„g„risida”gi Qonuni // «Xalq so„zi», 1996 yil 



13-yanvar. 


 

34 


ega. 

Uning  birinchi  va  eng  asosiy  vakolati  –  bu  davlat  bank  tizimining 

markazi bo„lish huquqiga egaligidir. Bu vakolat doirasida u bank tizimi 

sohasida  Nizom,  qoida,  tartiblarni  ishlab  chiqish,  ya‟ni  banklar  va 

banklarga qarashli bo„lmagan tashkilotlar uchun bajarilishi shart bo„lgan 

bank  operatsiyalarini  amalga  oshirish,  banklarda  hisob-kitob  yuritish, 

buxgalterlik va statistik hisobotlar tuzish va taqdim etish qoidalarini ish-

lab chiqish huquqiga ega. 

Markaziy  bank  vakolatining  asosiy  yo„nalishi  uning  pul-kredit  so-

hasida davlat nazoratini amalga oshirishini tashkil etishdir. U o„z nazo-

ratidagi subyektlarning operativ xo„jalik faoliyatiga aralashmagan holda 

bank faoliyatining qonuniyligini nazorat qiladi. 

Markaziy  bank  davlat  boshqaruvi  organi  sifatida  davlat  pul-kredit 

siyosatini amalga oshirish bo„yicha faoliyat yuritadi. 

Qayd qilingan vakolatlar doirasida Markaziy bank mustaqil qarorlar 

qabul  qiladi  va  u  O„zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  hisobot  be-

radi. 

Markaziy  bank  hukumat  bilan  munosabatlarga  kirishadi  hamda 



jahon amaliyotiga muvofiq uning bankiri, fiskal (xazina) agenti (vakili) 

hamda o„z vakolatlariga kiruvchi hamma muammolar yuzasidan masla-

hatchisi  vazifalarini  bajaradi,  shuningdek,  iqtisodiy  hamda  moliyaviy 

masalalar  yuzasidan  davlat  budjetini  tayyorlashga  doir  tavsiyalarni  o„z 

ichiga  olgan  ma‟lumotni  hukumatga  taqdim  etadi.  Markaziy  bankka 

bunday  vakolatlarni  berilishi  ikki  bosqichli  bank  tizimining  unumli  ish 

yuritishini ta‟minlash imkonini beradi. 

[20].  Markaziy  bank  kredit  tizimida  etakchilik  va  boshqaruvchi, 

ya‟ni bank tizimini tartibga solib turuvchi vazifasini bajaradi. Markaziy 

bank  to„g„risidagi  qonunning  3-moddasida  ta‟kidlanganidek,  Markaziy 

bankning  bosh  maqsadi  milliy  valutaning  barqarorligini  ta‟minlashdan 

iborat. Mazkur maqsad bank oldiga quyidagi vazifalarni qo„yadi: 

Markaziy  bank  mamlakatda  muomalaga  pul  belgilarini  chiqarish 

borasida  monopol  huquqqa  ega  bo„lgan  organdir  va  bu  huquq  banklar 

faoliyati to„g„risidagi qonunda belgilab qo„yilgan. Markaziy bank bosh-

qa barcha banklar va kredit muassasalari uchun turli qoidalar va yo„riq-

nomalar ishlab chiqadi hamda ularning to„laligicha bajarilishini nazorat 

qiladi. 

Markaziy  bank  hukumatning  bosh  bankiri  va  moliyaviy  mas-

lahatchisi  hisoblanib,  davlatlararo  turli  kelishuvlarda  barcha  moliyaviy 



 

35 


hamda umumiqtisodiy masalalarni hal qilishda ishtirok etadi. 

[21].  «O„zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  to„g„risida»gi 

Qonunning  3-moddasida  ta‟kidlanganidek,  quyidagi  faoliyat  turlari 

Markaziy bank uchun taqiqlanadi:  

– moliyaviy yordam ko„rsatish bilan shug„ullanish; 

– tijorat bilan shug„ullanish; 

–  O„zbekiston  Respublikasi  Xalq  bankining,  shuningdek,  Markaziy 

bank  faoliyatini  yuritishni  ta‟minlovchi  korxonalar  va  tashkilotlarning 

kapitallarida  ishtirok  etishini  istisno  etganda,  banklar  va  boshqa  yuridik 

shaxslar kapitalida qatnashishga haqli emas.  

Bulardan tashqari, Markaziy bank tijorat banklari bilan raqobat qilmas-

ligi uchun uning funksiyalari biroz cheklangan bo„ladi, ya‟ni Markaziy bank 

faqat banklarga va davlatga xizmat qiladi.  



[22].  Markaziy  bank  xorijiy  banklar  bilan  hamkorlik  qiladi.  Uning 

boshqa davlatlar banklari va kredit muassasalari bilan o„zaro munosabat-

lari O„zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek, 

banklararo bitimlarga muvofiq amalga oshiriladi. 

Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida Markaziy bank quyidagilarga (9-

modda), ya‟ni: 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Markaziy  bank  mamlakatning  iqtisodiy,  valuta  va  boshqa  turli 

manfaatlarini ta‟minlashga ko„maklashgan holda: 

–davlatlararo  savdo,  to„lov  bitimlarining  shartlarini  ishlab  chiqishda 

qatnashadi; 

– xorijiy valutada aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog„oz-

lar  (devizlar)  sotib  oladi,  xorijiy  valutadagi  foyda  hisobidan  valuta  fond-

larini tashkil qiladi; 

– boshqa turli tijorat banklarining tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiq-

lashtiradi; 

  boshqa  davlatlarning  markaziy  banklari,  xalqaro  banklar  va  o„zga  moliya-



kredit  muassasalarida  O„zbekiston  Respublikasi  manfaatlarini  himoya 

qilishga; 

  moliyaviy  operatsiyalarni  bajarishga,  shu  jumladan  chet  el  hukumatlari, 



chet  el  markaziy  banklari  va  pul-kreditni  tartibga  solish  organlariga,  shu-

ningdek, O„zbekiston Respublikasi a‟zo bo„lgan xalqaro tashkilotlarga bank 

xizmati ko„rsatishga; 

  xorijiy davlatlarda vakolatxonalar ochishga; 



 

O„zbekiston Respublikasida chet el banklarining vakolatxonalarini akkredi-



tatsiya qilishga haqlidir. 

 



 

36 


–  milliy  pul  birligi  «so„m»ning  xorijiy  valutalarga  nisbatan    kursini 

belgilaydi,  tartibga  soladi,  mustahkamlaydi  va  bu  borada  turli  tadbirlar 

ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi. 


Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish