[157]. Mulkni lizingga olish lizingni sotib oluvchi uchun ham bir
qator afzalliklarni beradi, xususan, lizing lizing oluvchiga tadbirkorlik
faoliyatini investitsiyalashning muqobil usuli rolini o„ynaydi. Shu bilan
birga, u lizing oluvchining tashabbusini safarbar qilishga va ishlab
chiqarish texnik salohiyatini o„stirishga xizmat qiladi. Bularni quyidagi
jihatlarda ko„rishimiz mumkin (39-jadval).
39-jadval.
Sotib oluvchi uchun lizing operatsiyasining
afzallik tomonlari
№
Afzallik tomonlari
Afzallikni ta‟minlovchi omillar
1
Dastlabki o„z
kapitalini
ko„paytirishga bo„lgan
ehtiyoj kamayadi.
Boshlang„ich oldi-sotdi lizing beruvchi tomonidan
to„la moliyalashtiriladi. Zarur uskunalar uchun
to„lovlarni bir yo„la amalga oshirish talab
qilinmaydi. Bu esa o„z navbatida foydalanuvchi-
ning likvid mablag„larini oshiradi va ishlab
chiqarishni kengaytirish uchun potensial aylanma
kapitalning ko„payishiga olib keladi.
2
To„lovlar
qayishqoqligi
ta‟minlanadi.
Birinchi to„lovni kechiktirish mumkin, so„nggi-
larini bosqichma-bosqich ko„paytirish yoki kamay-
tirish, avans bilan va boshqa shakllarda bo„lishi
mumkin.
Lizingga
olingan
uskuna
evaziga
olinayotgan foydadan tovar va xizmatlar shaklida
to„lash mumkin.
254
3
Transaksiyalardan
tejash imkoniyati
bo„ladi.
Mulkni sotib olish, saqlash, tugatish va sotish
bo„yicha ko„p mehnat talab qiluvchi operatsiyalarni
chetlab
o„tish evaziga lizing beruvchining
ma‟muriy xarajatlari kamayadi.
4
Soliq imtiyozlari va
lizingni davlat
tomonidan qo„llab-
quvvatlash.
Ko„pgina davlatlarda lizing oluvchilarga lizing
to„lovlarini bajarish davrida qo„shimcha soliq
imtiyozlari beriladi.
5
Uskunalarning
ma‟naviy eskirishi
munosabati bilan tovar
ishlab
chiqaruvchilardagi
risk kamayadi.
Uskunaning ma‟naviy va jismoniy eskirishi riski
lizing beruvchi zimmasida qoladi. Foydalanuvchi
yangi uskunani ijaraga olishi mumkin (revolver
lizing).
6
Lizing oluvchining
ilmiy ishlab chiqarish
potensiali oshadi.
Kreditga sotib olib so„ngra unga foiz to„lab
borishdan ko„ra bir maromdagi start kapitali
yordamida lizing evaziga ishlab chiqarish quvvatini
ko„proq ishga solishga erishadi.
7
Tadbirkorning
iqtisodiy erkinligi
kengayadi.
Tadbirkor lizing obyektini sotib olishi kerakmi,
shartnomani
uzaytirish
lozimmi
yoki yangi
uskunani sotib olish darkormi – bularning
hammasini tadbirkorning o„zi erkin hal qiladi.
8
Buxgalteriya hisobini
optimallashtirish
sohasida tovar ishlab
chiqaruvchi yutadi.
Lizing obyekti lizing beruvchining mulki
hisoblanadi, uning balansida hisobga olinadi va
amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi.
9
Lizing oluvchining
moliyaviy holati
mustahkamlanadi.
Moliyalashtirishning odatiy manbalariga (bank,
yetkazib beruvchi va boshqalar) bo„lgan bog„liqlik
kamayadi. Lizingdan foydalanayotgan subyekt
lizing mulkiga soliq solinmaydi, ssuda olishdan
ko„ra shartnoma asosida lizingni olish ham oson,
ham foydali.
To„lovlarni bir maromda to„lab borish inflatsiya
ta‟sirini, shuningdek, bankning uzoq muddatli
foizlari o„sishini susaytiradi. Leverajning yuqori
bo„lishini ta‟minlaydi.
10
Yangi turdagi lizing
obyektini o„zlashti-
rish riskini pasay-
tiradi
Yetarli talab bo„lmay qolgan hol bo„lib qolsa,
ijaraga olingan mulkni lizing berganga qaytarib
berish imkoniyati bo„ladi.
11
Raqobatdosh afzal-
likka ega bo„ladi
Ishlab chiqarishni hozirgi zamon uskunalari
bilan jihozlash raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab
chiqarish imkonini beradi.
255
12
Lizing obyektiga
nisbatan
jadallashtirgan
amortizatsiyani
qo„llash imkoni
bo„ladi
Eskirgan uskunalarni tezkor yangilash, ishlab
chiqarishni
texnik
jihatdan
qayta
qurollash
imkoniyati tug„iladi. Foydaga solinadigan soliq
miqdorini kamaytiradi. Ilmiy-texnik taraqqiyotni
tezlashtiradi.
Shunday qilib, ijaraga oluvchi uchun lizing operatsiyasining
afzalliklarini quyidagicha umumlashtirish mumkin:
Lizing,
ishlab
chiqarish
va
bozor
konyunkturalarining
o„zgarishiga tez rioya qilishga yordam beradi. Yirik kapital qo„yilmalar
sarflanmasdan turib asosiy kapitalni tezkor yangilash imkoniyatini
yaratadi.
Agarda lizing xalqaro ahamiyatga ega bo„lsa, ijaraga oluvchi,
ijaraga beruvchi firma (bank) joylashgan mamlakatdagi mavjud soliq
imtiyozlaridan foydalanish mumkin. Bu asosan ijara stavkasini
kamaytirish yo„li bilan amalga oshiriladi.
Mayda ishlab chiqaruvchilarda doimo kerakli mablag„ bo„lmas-
ligi mumkin. Bunday sharoitda lizing vositalarni xarid qilib olmasdan
foydalanish imkoniyatini beradi, natijada esa ishlab chiqaruvchilarni
kredit olishdan xalos etadi.
Agarda ishlab chiqarishda tezkor lizing qo„llansa, ishlab chiqa-
ruvchi yana bir qator imtiyozlardan foydalanishi mumkin, ya‟ni ishlab
chiqarish vositalarining ehtiyot qismlar bilan ta‟minlash va ularning
ta‟mirlanishi, texnikani ishlatish uchun maslahatlar va hokazolar.
Bundan tashqari, tezkor lizing qo„llanilganda, mulk egasi ijaraga
beruvchi bo„lganligi uchun, mulklarni saqlash bilan bog„liq xarajatlar
mulk egasi tomonidan sarflanadi yoki qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |