Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Passivlarni  boshqarish  orqali



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   511
Bog'liq
bank ishi

Passivlarni  boshqarish  orqali  bank  likvidliligini  boshqarish  de-

ganda  likvid mablag„larga bo„lgan talablarni to„liq va o„z vaqtida qon-

dirish maqsadida tezda sotiladigan mablag„larni qarzga olish tushuniladi. 

Yirik  hajmdagi  aylanma  depozit  sertifikatlari  qarzga  olinuvchi  likvid 

mablag„lar  manbayi  hisoblanadi.  Likvid  mablag„larni  qarzga  olish  pul 

bozoridagi  foiz  stavkalarining  o„zgarishiga  bog„liq  bo„lganligi  tufayli 

bank  uchun  xatarli  bo„ladi.  Qarzga  olingan  likvid  mablag„lar  yuqori 

riskka ega bo„lganligi tufayli banklar bir vaqtning o„zida aktivlar va pas-

sivlarni  boshqarish  orqali  bank  likvidliligini  boshqarishga  harakat  qila-

dilar.  Bu  uslublarga  ko„ra  banklar  talab  qilinishi  ko„zda  tutilgan  likvid 

mablag„larning bir qismini qimmatli qog„ozlar, depozitlar sifatida bosh-

qa banklarda saqlaydi. Ba‟zi bir talablar esa vakil banklarda kredit lini-

yalarini  ochish  yo„li  bilan  ta‟minlanadi.  Favqulodda  talab  qilingan 

(to„satdan vujudga kelgan) likvid mablag„lar esa qisqa muddatli qarzlar 

hisobiga qoplanadi.  

Bank  likvidligini  boshqarish  jarayonida  bank  boshqaruvchilari 

quyidagilarga rioya qilishlari lozim: 

 



mablag„larni jalb qiluvchi va ulardan foydalanuvchi barcha bank 

bo„limlarini qattiq nazorat qilishlari; 

 

bankning eng yirik kreditorlari va omonatchilari qaysi vaqtda va 



qancha  miqdorda  kreditlar  olishi  va  omonatlar  qo„yishini  (iloji  bo„lsa) 

oldindan bilishga harakat qilishlari; 

 

bank  likvidligini  va  likvid  mablag„larni  boshqarish  bankning 



ustuvor vazifasi ekanligini doimo esda saqlashlari; 

 



likvid  mablag„lar  taqchilligi  yoki  ortiqchaligining  oldini  olish 

maqsadida  bankning  likvid  mablag„larga  ehtiyojlarini  va  bu  mablag„-

larning joylashtirilishini doimo tahlil qilib borishlari lozim. 

[106].  Jahon  amaliyotida  likvid  mablag„larga  bo„lgan  ehtiyojlarga 

baho berishning quyidagi usullari mavjud: 

 

mablag„lar manbayi va undan foydalanish usuli; 



 

mablag„lar tuzilmasini tahlil qilish usuli; 



 

likvidlik ko„rsatkichini hisoblash usuli. 




 

165 


Mablag„lar  manbayi  va  undan  foydalanish  usuli  ikki  holatga  asos-

langan: 


 

depozitlar  hajmi  o„sib,  qarzlar  hajmi  kamayganda,  bankning 



likvid mablag„lari oshadi; 

 



depozitlar  hajmi  kamayib,  qarzlar  hajmi  oshsa,  bankning  likvid 

mablag„lari kamayadi. 

Agar  likvid  mablag„lar  manbayi  hajmi  bilan  ulardan  foydalanish 

hajmi  tenglashmasa,  bank  likvidligida  buzilish  holati  yuzaga  keladi. 

Bunda  jalb  qilingan  va  ishlatilgan  mablag„lar  hajmi  orasida  farq  hosil 

bo„ladi. Bankning likvid mablag„lari manbayi hajmi saqlangan mablag„-

lar hajmidan ko„p bo„lsa, bank likvidligida bank foydasiga buzilish sodir 

bo„lib,  bunday  holni  ijobiy  buzilish  deyiladi  va  bank  bu  farqdan 

daromad  keltiruvchi  aktiv  sifatida  foydalanishi  lozim.  Aksincha,  agar 

likvid mablag„lar manbayi hajmi sarf qilingan mablag„lar hajmidan kam 

bo„lsa,  bank  likvidligida  bank  uchun  salbiy  buzilish  yuzaga  keladi  va 

bankning likvid mablag„larga ehtiyoji ortadi. Bunday holda bank ancha 

arzon va muddati yuzasidan qulay manbalardan foydalanishi lozim.  

Mablag„lar  manbayi  va  undan  foydalanish  usulida  quyidagilarni 

amalga oshirish lozim: 

 



rejalashtirilgan  davrdagi  likvidlikka  baho  berish  uchun  mazkur 

davrdagi kredit va depozitlar hajmini oldindan belgilash; 

 

shu davr mobaynida kreditlar va depozitlar hajmining  o„sishi da-



rajasini hisoblash. 

Boshqaruvchi  shu  davr  ichida  bankning  netto-likvid  holatini  baho-

lashi lozim.  

Likvid  mablag„larga  bo„lgan  ehtiyojlarga  mablag„lar  tuzilmasi 




Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish