Aktivlarning diversifikatsiyalanishi quyidagi ko„rsatkichlarda o„z
ifodasini topadi:
resurs qo„yilmalarining yo„nalishlari bo„yicha aktivlar tarkibi;
obyektlar va subyektlar bo„yicha kredit qo„yilmalarining tarkibi;
valuta operatsiyalarini bajarishda ishlatiladigan valuta tarkibi;
qimmatli qog„ozlar portfeli tarkibi va boshqalar.
Aktivlar qancha diversifikatsiyalangan bo„lsa, bank likvidligi
shuncha yuqori bo„ladi.
Depozitlarning sifati ularning barqarorligi bilan belgilanadi. Depo-
zitlar qanchalik barqaror bo„lsa, bank likvidligi shunchalik yuqori
bo„ladi. Chunki depozitlar, ya‟ni jamlangan resurslar bankni tark et-
maydi. Depozitlarning barqaror qismining oshib borishi bankning likvid
aktivlarga bo„lgan ehtiyojini pasaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |