Kreditning ta‟minlanganligi deganda qarz oluvchi aktivining
qiymati va qarzni uzish bo„yicha aniq ikkilamchi manbalar (garov,
kafolat, sug„urta kabilar)ning kredit shartnomasida o„z aksini topganini
tushunamiz. Agar aktiv qiymati va qarz majburiyatlarining nisbati qarz
oluvchi bankrot bo„lganligi to„g„risida xabar qilgan holda bank ssudasini
uzish uchun ahamiyatli bo„lsa, aniq ikkilamchi manbalarning sifati esa
moliyaviy tanglik holatida mijozning o„z majburiyatlarini bajarish
kafolatini ta‟minlaydi. Garov sifati, kafolatning puxtaligi, sug„urta ham
bank mijozlari va pul oqimi kamayib ketganda, bank balansida likvidlik
muammosi tug„ilganda yoki kapitalning taqchilligi sezilgan hollarda o„ta
muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |