5.2. Kredit, uning funksiyalari va turlari
[181]. Pul bor joyda qarz olish va qarz berish yuzaga keladi, bu
ishni banklar bajaradi.
Kredit deganda o„z egalari qo„lida vaqtincha bo„sh turgan pul
mablag„larini boshqalar tomonidan ma‟lum muddatga haq to„lash sharti
bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan
munosabatlar tushuniladi.
Bank o„zgalar pulini jamlab uni o„z nomidan kreditga beradi.
Buyerda kredit munosabati ikki subyekt o„rtasida yuzaga keladi: biri pul
egasi, ya‟ni qarz beruvchi (kreditor) va ikkinchisi, pulga muhtoj, ya‟ni
qarz oluvchi (qarzdor).
Kredit munosabati amalga oshishi uchun uning zarur unsurlari,
ya‟ni kreditning obyekti va subyekti bo„lishi lozim ( 34-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |