Bankning kredit siyosati – bu kreditlash jarayonida yuzaga
keluvchi tavakkalchilikni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan
qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank
rahbariyati va xodimlarini kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir
ko„rsatmalar bilan ta‟minlovchi hujjatdir. Boshqacha qilib aytganda,
kredit siyosati – bank kredit resurslarini joylashtirish sohasidagi qarorlar
qabul qilish imkonini beruvchi qoida va cheklanishlar majmuyi
hisoblanadi.
Bank kredit portfelining tarkibi bankning kredit siyosatini yaqqol
namoyon qiladi. Agar bankning kredit portfelida noaniqliklar mavjud
bo„lsa, bank rahbari bu kredit portfelini qayta ko„rib chiqishi yoki
umuman man etishi mumkin. Tijorat banklarining kredit siyosati alohida
hujjat sifatida ishlab chiqiladi va bank kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Har bir bank o„z kredit siyosatini ishlab chiqadi va amalda joriy
etadi. Bu siyosatni ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik
bank kengashi va boshqaruvi a‟zolari, bankning boshqa mansabdor
shaxslariga yuklatiladi.
Kredit siyosatining xarakteri bank kredit portfelining tarkibiga, bank
o„z faoliyatini amalga oshirayotgan hududning iqtisodiyotiga qarab
aniqlanadi. Bankning kredit siyosati uning joriy bank strategiyasi va
iqtisodiy holatiga muvofiqligini ta‟minlash uchun bank kengashi
tomonidan yiliga kamida bir marta tegishli yilning 1 – fevraligacha
bo„lgan muddatda qayta ko„rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Shunday qilib, bankning kredit siyosatini ishlab chiqish bank
faoliyatini tartibga solib turuvchi organlar tomonidan belgilangan
295
andozalar (standart)ga amal qilish va foyda keltiruvchi kreditlar berishni
ta‟minlovchi mexanizmlardan biridir. Bu siyosat quyidagi masalalarni
qamrab oladi:
kredit portfelini tuzishdan maqsad, kredit turlari va sifati, ularni
qaytarib olish (to„lash);
kredit berishga, uning eng yuqori bahosi va turini aniqlab,
tasdiqlovchi vakolatli bank xodimi haqida axborot;
kredit boshqarmasi doirasida qaror qabul qilish va ma‟lumotlar
berish majburiyati;
mijozlar tomonidan kredit olish uchun berilgan arizalarni qabul
qilish tajribasi;
har bir kredit arizasiga ilova qilinishi, shuningdek, kredit ishida
saqlanishi lozim bo„lgan zarur hujjatlar (moliyaviy hisobot, garov va
kafillik shartnomalari va boshq.)
kredit bo„yicha hujjatlar to„plamining saqlanishi va tekshirilishi
uchun mas‟ul shaxslarning huquqlari;
kredit ta‟minotini (garovni) qabul qilish, baholash va sotishning
asosiy qoidalari;
kredit siyosati kreditlarga o„rnatadigan foiz stavkalari va haqlari,
ularni to„lash shartlarining (bayoni);
barcha kreditlarga qo„llaniladigan sifat andozalarining ta‟rifi;
kredit qo„yilmalarining eng yuqori miqdori;
bank kredit qo„yilmalarining asosiy qismi yo„naltirilgan hudud
yoki tarmoq ta‟rifi;
muammoli kreditlar bilan bog„liq bo„lgan holatlarni aniqlash,
tahlil qilish va ularni yo„qotish tajribalari ta‟rifi.
Bank kredit siyosatining talqini ushbu bank uchun juda muhimdir.
Chunki unda bank xodimi bajarishi lozim bo„lgan vazifalar o„z aksini
to„liq topadi. Bu siyosat yordamida kredit mutaxassisi ko„zlagan bir
qator maqsadlariga, ya‟ni daromadlilikni ta‟minlash, xatar darajasini
nazorat qilib pasaytirish choralarini ko„rish, bank faoliyatini nazorat
qilib tartibga solib turuvchi organlar talablarini qondirishga erishadi.
[178]. Kredit siyosati kreditlashning turli ko„rsatkichlari (kredit
turlari, iqtisodiyot tarmoqlari, jug„rofiy hududlar va boshq.) bo„yicha
kreditlarning to„planishi darajasini aniqlash va uni monitoring qilish
to„g„risidagi talablarni o„z ichiga oladi. Kredit siyosati muntazam
ravishda rahbariyatga topshiriladigan tegishli hisobotlarni tayyorlashga
doir talablarni belgilab beradi.
296
Kreditni to„lash muddati uni to„lashning birlamchi va ikkilamchi
manbalarini sinchiklab baholash asosida belgilanadi. Bu siyosat rahbari-
yat nuqtayi nazaridan har xil toifa va turdagi kreditlarni to„lashning
maqbul dasturlaridan iborat bo„ladi. Kredit siyosati kreditlar berishning
maksimal muddatlarini belgilaydi. Bundan tashqari, ushbu siyosat:
kreditning asosiy summasini kredit to„lash muddatining so„ngida
va kredit to„lashning boshlang„ich muddati uzaytirilayotganda qaytarila-
digan kredit turlarini berish tartibini;
to„lovlarni o„z vaqtida to„lanishni ta‟minlash, mablag„larning
qaytarilishi va berilgan kreditlar bo„yicha qarzni undirib olish bo„yicha
chora-tadbirlarni;
kredit berish bosqichida ham, keyingi monitoring bosqichida ham
jismoniy va yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlariga nisbatan
qo„yiladigan talablarni o„z ichiga oladi.
Shuni ham qayd etish lozimki, moliyaviy hisobotlarni auditorlik
tekshiruvlaridan o„tkazish, naqd pul oqimi va boshqa ma‟lumotlar
bo„yicha hisobotlarni taqdim etish yuzasidan qo„yiladigan talablar bank
kredit siyosatida aniq ifodalanishi, banklar talab qiladigan ma‟lumotlar
esa milliy buxgalterlik hisobi standartlariga (MBHS) muvofiq taqdim
etilishi kerak.
Kredit siyosatida potensial qarzdorlarning kredit qobiliyatini (lik-
vidlik, qoplanish, muxtorlik koeffitsiyentlari, kapitallashtirish darajasi,
garov ta‟minoti ekspertizasi va b.) aniqlash uchun ularning moliyaviy
ahvolini tahlil qilish tadbirlari batafsil yoritiladi. Shu nuqtayi nazardan
tijorat banki qarzdorlarning kredit qobiliyati mezonlari va ularni
baholash uslubini aniq belgilab olishi zarur.
[179]. Kredit siyosatida garov ta‟minotiga nisbatan quyidagi talablar
qo„yiladi:
eng avvalo, muayyan turdagi qimmatliklar (ko„chmas mulk,
avtomobillar va b.) garovi asosida beriladigan ssudalarning maksimal
miqdori limitlarini o„z ichiga olishi hamda ta‟minlangan ssudalarning
har bir turi uchun kredit hujjatlari to„plamini rasmiylashtirish tadbirlarini
belgilashi;
bu siyosatda garov kreditlashning uni berish vaqtidayoq kreditni
to„lash manbasi (naqd pul yoki davlat qisqa muddatli obligatsiyalari
(xazina veksellari) bilan ta‟minlangan kreditlar bundan mustasno)
hisoblangan yagona asosi bo„lmasligi belgilab qo„yilishi;
garovga olingan mulk turiga qarab garov mavzuiga nisbatan
297
qo„yiladigan talablar va kreditning garov qiymatiga nisbatini o„z ichiga
olishi;
garov mavzui sinchiklab baholanishi va uning bozor qiymati uni
sotish lozim bo„lgan paytda yuzaga kelishi mumkin bo„lgan zarar o„rnini
qoplashi lozimligining aniq yoritilishi;
turli garov toifalarini baholash uslublari batafsil aks ettirilishi
lozim.
Bulardan tashqari, kredit siyosati ko„chmas mulk, ishlab chiqarish
jihozlari va iste‟mol kreditlarini moliyalash uchun beriladigan
kreditlarni to„lash hisobiga qarzdor tomonidan bo„nak to„lovlarini
kiritishga doir muayyan talablarni o„z ichiga olishi zarur.
Kredit siyosatida kredit monitoringiga nisbatan quyidagi talablar
qo„yiladi:
kreditlarni tasniflash tizimining aniq ifodalanishi;
kredit xodimlarining kredit portfelidagi barcha ma‟lum bo„lgan
salbiy o„zgarishlar to„g„risida rahbariyatga xabar berishlari;
kreditlarning barcha toifalari bo„yicha «to„lovsizlik» tushunchasi-
ning aniq ifodalanishi;
foizlarni o„stirmaslik mezonlari; shuningdek, bank boshqaruvi va
kengashining tegishli hisobotlariga nisbatan talablarni o„z ichiga olishi
lozim.
Bulardan tashqari, hisobotlarda ahvolning yomonlashishi, yashirin
zararlar sabablari va sog„lomlashtirish rejalari batafsil bayon etilishi
kerak. Bu siyosat qarzlarni qaytarishga doir izchil, bosqichma-bosqich
chora-tadbirlar ko„rilishini talab qilish kerak. Rahbariyat Markaziy bank
tomonidan belgilangan talablarga muvofiq kreditlarni hisobdan chiqarish
tadbirlarini ishlab chiqish lozim.
[180]. Kredit siyosatida bank kredit portfelini vaqti-vaqti bilan
baholashga javobgar bo„lgan mansabdor kreditlar ro„yxatini belgilash
hamda kredit portfeli sifatini aniqlash va tuzatishlar yuzaga keluvchi
minimal yo„qotishlar bilan kiritilishi uchun muammoli kreditlarni
aniqlash uchun zarur bo„lgan ichki bank kredit tahlili maqsadlarini
belgilab qo„yishi lozim.
Tahlil maqsadlari kredit sifatini aniqlash bilan bir qatorda kreditlash
jarayonini boshqarish sifatini baholash, jumladan:
tasdiqlangan kredit siyosati muvofiqligini ta‟minlash va kredit
hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi;
moliyaviy tahlil;
298
garovni rasmiylashtirish va baholash;
kreditlashga doir vakolatlarni taqsimlash;
qonunchilik me‟yorlariga rioya qilish kabi baholashlarni ham o„z
ichiga oladi.
Bulardan tashqari, kredit siyosati bank xizmatlari va bo„linmalari
tomonidan bank boshqaruvi va kengashiga kreditlashning turli jihatlari
bo„yicha topshiriladigan kredit portfeli sifati va kredit portfelini
boshqarish bilan bog„liq bo„lgan boshqa ma‟-lumotlarni o„z ichiga olgan
hisobotlar turi va davriyligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |