188
29-jadval.
Bank balansi va uni tahlil qilish jihatlari
№ Banklar
K o„ r s a t k i ch l a r, %
Foyda
ustav
fondi
Ishlaydigan
aktivlar
1
Jalb qilingan
resurslar
Naqd pul
Talab qilib
olinadigan
majburiyatlar
Ishlaydiga
n aktivlar
aktivlar
Tezkor
depozitlar
Passiv
Banklararo
zayomlar
Passivlar
1
A
34,6
99,9
7,1
90,3
0,5
13,3
2
B
42,5
101,6
44,7
85,6
14,6
44,6
3
C
41,7
93,1
59,0
60,7
9,9
29,3
4
D
43,3
102,3
45,8
91,5
32,3
21,4
5
E
37,9
78,6
62,8
70,2
10,0
31,8
6
F
16,4
107,5
152,5
60,1
16,2
27,8
7
G
22,1
140,1
43,5
83,1
6,3
53,9
Diqqatni o„ziga tortadigan boshqacha hol ham mavjud. Qizig„i
shundaki, bir koeffitsiyentidan yuqori joriy likvidlikka «E» banki
erishgan (152,5%). Bu bankning jalb qilingan resurslarni joylashtirishda
jiddiy kamchiliklarga yo„l qo„yganidan dalolat beradi, buni ishlaydigan
aktivlar salmog„ining past ekanligi (60,1%) va uning bank rentabelligiga
salbiy ta‟siri (16,4% gina) isbotlab turibdi.
Bank faoliyatini tavsiflovchi ko„rsatkichlardan yana biri jalb qi-
lingan resurslardan foydalanish ko„rsatkichidir. Bu ko„rsatkich darajasi
100 foizdan oshishi mumkin va u bir tomondan omonatchilar manfaatini
himoya qilinishini, ikkinchi tomondan esa bank o„z mablag„lari hisobiga
yuqori riskli aktivlarni sug„urtalay olish funksiyasini bajara olishidan
dalolat beradi. Masalan, «G» banki bo„yicha bu ko„rsatkich 102,3 foizni
tashkil qilgan, ya‟ni 2,3 foiz ortiqcha. Agar bunday ortiqchalik haddan
tashqari ko„p bo„lsa («J» bankida bu ortiqchalik 40,1 foizni tashkil
qiladi), u holda bank nafaqat jalb qilingan resurslar bo„yicha, shu bilan
birga o„z resurslari bo„yicha ham katta talafot (yo„qotish) riskiga ega
bo„ladi.
Bankning mustahkamligi ko„p jihatdan resurs bazasining barqarorligi
va boshqariladigan resurslar (ya‟ni, depozitlar, depozit sertifikatlar, bank-
lararo zayomlar) salmog„i bilan belgilanadi. Shu ko„rsatkichlar bo„yicha
eng yuqori ko„rsatkichlarga «J» banki (60,2%), «B» banki (59,2%), «G»
1
Ishlaydigan aktivlar deganda bankning daromad keltiruvchi aktivlari ko‟zda tutilgan.
189
banki (53,7%) erishganlar. Biroq dastavval sanab o„tilgan ikkita bankda
boshqariladigan resurslar asosan banklararo zayomlar evaziga shakllangan.
Bu bankning xarajatlarini ko„paytiradi, shu bilan birga uning tashqi omil-
larga bog„liqligini kuchaytiradi.
Shunday qilib, bank balansini tahlil qilish uchun taklif qilingan
ko„rsatkichlar ekspress tahlilni amalga oshirish uchun juda qo„l keladi
va bankning faoliyatini, uning rentabelligi va likvidligini baholashda ju-
da kuchli qurol hisoblanadi.
[115]. Balansdan tashqari moddalar balans aktivlari va passivlariga
aloqasi bo„lmagan boyliklar, hujjatlar, topshiriqnomalarni hisobga olish
maqsadida qo„llaniladi. Balansdan tashqari moddalar quyidagi bo„lim-
lardan iborat:
zaxira fondlaridagi pul biletlari va tangalar;
qarzdorlarning muddatli majburiyatlari va ssudalar;
bank tomonidan inkasso uchun va yo„ldagi hisob-kitob hujjatlari
asosida kreditlar bilan ta‟minlash uchun qabul qilingan hisob-kitob
hujjatlari;
qat‟iy hisobotda turuvchi blankalar;
pul belgilarini muomalaga chiqarishga ruxsatnomalar;
to„lov uchun akkreditivlar va boshqalar.
Balansdan tashqari moddalar banklar balansida yakuniy balans
hisobvaraqlaridan keyin joylashtiriladi.
Balansdan tashqari moddalar bo„yicha operatsiyalar bankning moli-
yaviy ahvoli to„g„risidagi hisobotlarga kiritilmasa ham, bank uchun
xatarlidir. Bu xatar ayniqsa mijozning uchinchi shaxsdan olgan kreditini
bank tomonidan kafolatlanishida o„z aksini topgan. Agar bank mijozi,
uchinchi shaxsdan olgan kreditini qaytarish imkoniga ega bo„lmasa,
unga kafillik bergani uchun, bank bu kreditni to„laydi.
[116]. Bank mablag„lari manbayi va ulardan foydalanish
to„g„risidagi hisobot quyidagi ikki muhim savolga javob berish uchun
tuziladi:
bank muayyan bir davrda foydalangan mablag„larni qayerdan
olgan?
bank ushbu mablag„larni nimalarga sarf qilgan?
Hisobot quyidagilar asosida tuziladi: