aktivlarning o„rtacha yillik summasiga bo„lish kerak. Shu bilan birga,
187
holda) foyda keltiruvchi (ishlaydigan) aktivlar nisbatini hisoblash tav-
siya etiladi. Qisqa muddatli likvidlik odatda likvidli aktivlar va talab
qilib olinadigan majburiyatlarni taqqoslash yo„li bilan aniqlanadi. Shu
bilan birga, joriy likvidlik koeffitsiyentidan foydalanish taklif etiladiki, u
bankdagi naqd pullarning talab qilib olinadigan majburiyatlarga
nisbatidan iborat.
Bu yerda masala shundan iboratki, xalqaro amaliyotga muvofiq
holda likvid aktivlar tarkibiga 30 kun davomida uziladigan kreditlar
qo„shiladi. Biroq, bu aktiv turlari bizning mamlakatimizda pul bozo-
rining mavjud emasligi, korxonalarning esa to„lovga to„la qodir emasligi
sababli uncha likvid bo„lolmaydi. Shuning uchun ko„rsatilgan mablag„-
lar bankdagi naqd pullarni hisoblashda inobatga olinmaydi. Aksincha,
keyingisi tarkibiga majburiy bank zaxiralarning variantlaridan biri
sifatida qarash mumkin, chunki ular bank tomonidan jalb etilgan mab-
lag„larni joylashtirishni tavsiflaydi.
Talab qilib olinadigan majburiyatlarga kelganda, ular jumlasiga
hisob-kitob va joriy schyotlardagi qoldiqlar va kreditorlik qarzlarini hi-
sobga olish zarur. Depozitlar, banklararo zayomlar va balans orti
majburiyatlar zaruriy rasshifrovkalar mavjud emasligi sababli hisobga
olinmaydi. Boshqacha qilib aytganda, bu yerda talab qilinish darajasi
yuqori bo„lgan passivlarni hisobga olish zarur.
Ko„rib chiqilgan umumlashtiruvchi ko„rsatkichlardan tashqari bank
balansini tahlil qilishda quyidagi koeffitsiyentlarni ham hisoblash
maqsadga muvofiq:
ishlaydigan aktivlarning umumiy aktivlardagi ulushi;
tezkor depozitlarning umumiy passivlar summasidagi ulushi;
banklararo zayomlar summasining umumiy passivlar summa-
sidagi ulushi.
Balans tahlilini quyidagi ma‟lumotlar asosida bajaramiz (29-jadval).
Ma‟lumotlardan ko„rinib turibdiki, eng yuqori rentabellikka, ya‟ni
ustav fondining yuqori darajada qoplay olish qobiliyatiga «G» banki,
eng yuqori ulushdagi (91,5%) ishlaydigan aktivlar evaziga erishgan. Shu
bilan bir qatorda «G» banki joriy likvidlikni ham yaxshi darajada
(45,8%) ta‟minlagan.
«A» bankda ham ishlaydigan aktivlarning salmog„i yuqori (90,3%).
Bu degan so„z, mazkur bankning qisqa muddatli resurslari juda yuqori
darajali riskli aktivlarga aylanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: