Bankning likvid mablag„lar bozoriga kira olishi. Hamma banklar
ham likvid mablag„lar bozoriga kirish huquqiga ega bo„lavermaydi. Ma-
salan, Yevropa davlatlarida mayda banklar odatda yevro-valuta bozo-
ridan qarz olish imkoniyatiga ega bo„la olmaydilar. Bunday hollarda
likvidlikni boshqarishda boshqaruvchi tezda foydalanishi mumkin
bo„lgan imkoniyatlar bilangina chegaralanib qolishga majbur bo„ladi.
Mablag„lar manbayining bahosi va riski. Har bir zaxira manba-
yining bahosi turlicha bo„lgani kabi, ortiqcha likvid mablag„larining
hosil bo„lishi ham noaniqdir. Bunday sharoitda boshqaruvchi albatta eng
arzon manbadan foydalanishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |