Bank talablarining muddati. Agar likvid mablag„lar taqchilligini
24 soatda qoplash lozim bo„lsa, bank rahbari 1 sutka muddatga qarz
berishni so„rab Markaziy bankka murojaat qiladi. O„zining zaxiralarga
bo„lgan muddatsiz talabini esa bank depozitlar yoki aktivlarini sotish
bilan qondiradi.
Bank talablarining davomiyligi. Agar likvid mablag„larga bo„lgan
talabning bir necha soat saqlanish ehtimoli bo„lsa, MB ning kreditga
beriladigan mablag„lari eng qulay hisoblanadi. Likvid mablag„larga
bo„lgan talab bir necha kun yoki hafta davomida saqlansa, bu talab
aktivlar yoki uzoq muddatli qarzlarni sotish bilan qoplanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |