Banklararo kreditlar bank likvidligiga deyarli xuruj qilmaydi, ak-
sincha, ular bankning qisqa muddatli likvidli mablag„larga bo„lgan ye-
tishmovchiligini to„ldiradi.
Summalar va muddatlar bo„yicha aktiv va passivlarning o„zaro
muvofiqligiga rioya qilmaslik asosan jalb qilingan mablag„lar hisobiga
faoliyat ko„rsatuvchi banklarni nihoyatda tang ahvolga tushirishi mum-
kin. Natijada bank kreditorlar oldidagi o„z majburiyatlarini bajara ol-
maslik holatiga tushishi muqarrar. Shuning uchun ham, bank investitsiya
qilinayotgan pul mablag„larining muddati va summasini omonatlar bilan
kelishgan holda o„rnatishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |