Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   511
Bog'liq
bank ishi

 

5.5. Mikrokreditlash 

 

[206].  Bugungi  kunda  Respublikamiz  bank  tizimi  tadbirkorlik 

tuzilmalarining  moliyaviy  resurslaridan  unumli  foydalanishiga  xizmat 

qiluvchi  amaliy  mexanizmini  shakllantirishga  alohida  e‟tibor  qarat-

moqda. Byudjetdan tashqari fondlarning mablag„lari hisobidan kreditlar 

berish  tartibi  anchagina  soddalashtirildi  va  bunday  mablag„lar  bugungi 

kunda  yakka  tadbirkorlarga  ham  ajratilmoqda.  Bu  tartib  tadbirkorlikni 

endigina  boshlayotganlarga  mikrokreditlar  berish  to„g„risidagi  yangi 

qoidalar bilan to„ldirildi. 

Mikrokredit  deganda  kredit  beriladigan  kundagi  birjadan  tashqari 

valuta  bozori  kursi  hisobida  5000  (besh  ming)  AQSh  dollariga  ek-

vivalent miqdoridan oshmaydigan hajmda milliy yoki chet el  valutasida 

beriladigan kreditlar tushuniladi. 

Mikrokreditlash  bilan,  odatda,  jahon  tajribasida  kredit  uyushmalari 

yoki jamiyatlari, bank hisoblanmagan tashkilotlar shug„ullanadi. Marka-

ziy  bank  boshqa  mamlakatlardagi  tajribalarni  o„rganib  chiqib,  manfa-

atdor  idoralar  bilan  birgalikda  «Kredit  kooperativlari  to„g„risida»gi 

Qonun  loyihasini  (2000-yil  yanvar)  ishlab  chiqdi.  Bu  loyiha  hozirgi 

paytda xalqaro ekspertlar tomonidan ko„rib chiqilmoqda. 

Markaziy  bank  yangi  qonun  qabul  qilingunga  qadar  va  vaqtdan 

yutish  maqsadida  «Tijorat  banklari  tomonidan  kichik  va  o„rta  biznes 

subyektlari,  dehqon  va  fermer  xo„jaliklari,  yakka  tartibdagi  tadbirkor-

larni  barcha  moliyalashtirish  manbalari  hisobidan  milliy  va  chet  el 

valutasida mikrokreditlash tartibi» ni ishlab chiqdi. Ushbu tartibning 1,4 

bandida: «Mikrokreditlar faqat O„zbekiston Respublikasi rezidentlariga-



 

326 


gina beriladi», –  deyilgan. 

Tijorat  banklari  mikrokreditlarni  qarz  oluvchilarga  shartnoma 

asosida  3  yilgacha  bo„lgan  muddatga  beradilar.  Kreditlar  mijozning 

talab qilib  olinadigan depozit  hisob  raqami  joylashgan  manzil  bo„yicha 

beriladi. 

Mikrokreditlarning  50  foizigacha  miqdori,  1,5  yil  (18  oy)  gacha 

bo„lgan muddatda qaytarish sharti bilan naqd pulda berilishi mumkin. 

Banklarga  o„z  daromadlari  hisobidan  maxsus  mikrokreditlash 

jamg„armasini tashkil qilish tavsiya etiladi. 

Mikrokreditlar  qarz  oluvchilarga  quyidagi  maqsadlar  uchun 

beriladi: 

 



Kichik (mini) uskunalarni xarid qilish; 

 



xususiy  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish  va  kengaytirish,  shu 

jumladan, urug„lik, chorva mollari, yosh chorva mollari, parranda, yem-

xashak  va  omixta  yem,  veterinariya  dori-darmonlari,  o„simliklarni 

himoya qilish kimyoviy vositalari va mineral o„g„itlarni sotib olish; 

 

xomashyo va materiallarga birlamchi ishlov berish; 



 

mehnat  qurollari,  xomashyo,  yarim  tayyor  mahsulotlar  va  yor-



damchi ashyolarni xarid qilish; 

 



xalq  badiiy  hunarmandchiligi  va  amaliy  san‟ati  buyumlarini 

ishlab chiqarish; 

 

hunarmandchilikni  rivojlantirish,  uy  mehnati  (kasanachilik)  ni 



tashkil qilish; 

 



servis xizmati va maishiy xizmat ko„rsatishni rivojlantirish; 

 



sog„liqni saqlashni rivojlantirish; 

 



sayyohlik (turizm) sohasini rivojlantirish; 

 



kichik ko„lamdagi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish; 

 



O„zbekiston  Respublikasining  amaldagi  qonunchiligi  bilan 

taqiqlanmagan  xalq  iste‟moli  mollarini  ishlab  chiqarish  va  xizmat 

ko„rsatish sohasi bilan bog„liq tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari. 

Mikrokreditlar quyidagi maqsadlarga berilishi mumkin emas: 

 

ilgari  olingan  kreditlarni  yoki  boshqa  har  qanday  qarzlarni 



qoplash; 

 



tamakichilik va spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish; 

 



savdo-vositachilik faoliyatini amalga oshirish; 

 



foydalanilmaydigan  shaxsiy  mulkni  ishlab  chiqarish  maqsadla-

rida xarid qilish. 

Mikrokreditlardan  foydalanganlik  uchun  foiz  stavkalari  miqdori 



 

327 


qarz  oluvchi  va  bank  o„rtasidagi  o„zaro  kelishuvga  ko„ra  kredit  shart-

nomasi  asosida,  ammo  Markaziy  bank  tomonidan  rasman  o„rnatilgan 

qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo„lmagan miqdorda belgilanadi. 

Respublikamizda iqtisodiy  o„sishni ta‟minlash, yangi ish  o„rinlarini 

yaratish maqsadida mikrokreditlarga keng e‟tibor qaratilmoqda. 

2006-yilda  maxsus  “Mikrokreditbank”  tashkil  etildi.  2007-2008-

yillarda  ushbu  bank  aktivlari  miqdori  3.5  barobar,  kichik  biznes  va 

xususiy  tadbirkorlikni  kreditlash  hajmi  4  barobarga  oshdi  va  bu 

maqsadlarga 150 mlrd so„mdan ortiq mablag„ yo„naltirildi. 

Prezident Farmoni asosida “Mikrokreditbank” ustav jamg„armasi 72 

mlrd so„mga oshirish va uning hajmini 150  milliard so„mga  yetkazish 

haqida qaror qabul qilindi. 

Prezidentning  2008-yil  10  noyabrdagi  PF-4051  sonli  Farmoniga 

asosan  “Mikrokreditbank”  foiz  stavkalari  boshlang„ich  sarmoyani 

tashkil etishga 5 foizdan 3 foizga, aylanma mablag„larni to„ldirish uchun 

14  foizdan  7  foizga    va  mikrolizing  xizmatlari  uchun  7  foizdan  5 

foizgacha tushirildi 

Maxsus  mikrokreditlash  jamg„armasi  mablag„lari  hisobidan  berila-

digan  mikrokreditlar  bo„yicha  imtiyozli  foiz  stavkalarini  belgilash 

tavsiya etiladi. 



[207].  Mikrokredit  olish  uchun  yuridik  shaxs  maqomini  olmasdan 

faoliyat  ko„rsatayotgan  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  va  dehqon 

xo„jaliklari tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:  

 



so„ralayotgan mikrokredit miqdori ko„rsatilgan kredit arizasi; 

 



kreditni qaysi maqsadga ishlatilishi ko„rsatilgan biznes-reja. 

Bundan  tashqari,  yakka  tartibdagi  tadbirkor  yoki  dehqon  xo„jaligi 

boshlig„i  o„z  pasportini  shaxsan  ko„rsatadi  va  pasport  nusxasi  kredit 

yig„majildiga tikib qo„yiladi. 

Kreditning qaytarilmay qolish xavfining oldini olish maqsadida qarz 

oluvchi bankka quyidagi ta‟minot turlaridan birini taqdim etish huquqiga 

ega:  



 



mulk yoki qimmatli qog„ozlar garovi; 

 



bank yoki sug„urta tashkiloti kafolati; 

 



uchinchi shaxsning kafilligi; 

 



sug„urta  kompaniyasining  qarz  oluvchining  kreditni  qaytara 

olmaslik xatarini sug„urta qilingani to„g„risidagi sug„urta polisi; 

 

fuqarolar  yig„inlarining  mahalla,  qishloq,  ovul  kengashlari 



kafilligi. 


 

328 


Banklar,  o„zlari  bilan  doimiy  aloqaga  ega,  bank  hisob  raqamida 

muntazam pul oqimi mavjud bo„lgan, yaxshi obro„ va kredit tarixiga ega 

qarz  oluvchilarga  blankli  (ishonchli)  mikrokredit  berish  huquqiga 

egadirlar. 

Mikrokreditlarning  qaytarilish  ta‟minoti  shakllaridan  biri  sifatida 

mol-mulk  garovi  xizmat  qiladi.  O„zbekiston  Respublikasining  «Garov 

to„g„risida»gi Qonuniga muvofiq, muomaladan chiqarilgan buyumlardan 

tashqari, har qanday mulk, shu jumladan, buyumlar va mulkiy huquqlar 

(talablar), 

qimmatbaho 

buyumlar, 

zargarlik 

buyumlari, 

erkin 


ayirboshlanadigan valuta va boshqalar garov predmeti bo„lishi mumkin. 

Kredit  hisobiga  sotib  olingan  mulk,  uning  qiymatining  80  foizi 

miqdorida  mazkur  kredit  bo„yicha  garov  predmeti  bo„lib  xizmat  qilishi 

mumkin. 


Kafillik  bank-benefitsiar  foydasiga qarz  oluvchi  va kafil  o„rtasida 

tuziladigan  yozma  shakldagi  kafillik  shartnomasi  bilan  rasmiylashti-

riladi.  Fuqarolar  yig„inining  mahalla,  qishloq,  ovul  Kengashi,  kafillik 

shartnomasiga  muvofiq,  qarz  oluvchining  majburiyatlari  bo„yicha  o„z 

mulki bilan javob beradi. 

Kredit  so„rab  berilgan  arizaning  bankka  kelib  tushgan  kundan 

boshlab, ushbu ariza bo„yicha bank tomonidan xulosa berish muddati 5 

ish kunidan oshmaydi. 

Kredit  shartnomasi  tuzilganidan  so„ng  kredit  bo„limi  xodimi, 

muddati  va  foiz  stavkasini  ko„rsatgan  holda,  ssuda  hisob  raqamini 

ochish to„g„risida buxgalteriyaga ko„rsatma beradi. 

Mikrokredit berish to„g„risida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab 

qarz  oluvchiga  kredit  varaqachasi  ochiladi  va  uning  yordamida  kredit 

ustidan nazorat amalga oshiriladi. 



[208]. Kredit mijozning talab qilib olinguncha depozit hisob raqami 

joylashgan  manzili  bo„yicha  beriladi.  Kreditlar  alohida  ssuda  hisob 

raqamini  ochish  va  ushbu  hisob  raqamidan  qarz  oluvchining  to„lov 

topshiriqnomalari  asosida  moddiy-tovar  boyliklar  uchun  naqd  pulsiz 

o„tkazish yo„li bilan yoki mikrokreditning 50 foizgacha miqdorida naqd 

pul shaklida, pul cheklarini to„lash yo„li bilan beriladi. 

Naqd  pul  shaklida  berilgan  mikrokreditlarni  qaytarish  va  ularning 

foizlarini  to„lash  majburiy  tarzda  bank  kassasiga  naqd  pul  topshirish 

yo„li bilan amalga oshiriladi. 

Yuridik  shaxs  maqomini  olmasdan  faoliyat  ko„rsatayotgan  yakka 

tartibdagi  tadbirkorlar  va  dehqon  xo„jaliklariga  berilgan  mikrokreditlar 



 

329 


kredit ajratish muddatiga qarab mos ravishda 12601 - «Yakka tartibdagi 

tadbirkorlarga  berilgan  qisqa  muddatli  ssudalar»  va  13801  -  «Yakka 

tartibdagi  tadbirkorlarga  berilgan  o„rta  muddatli  ssudalar»  balans  hisob 

raqamlarida hisobga olinadi. 

Alohida  ssuda  hisob  raqamlari  bo„yicha  berilgan  mikrokreditlar 

bo„yicha  kredit  bo„limi  xodimining  farmoyishiga  ko„ra  muddatli 

majburiyatnomalar  rasmiylashtiriladi  va  ular  kreditlash  muddatlariga 

qarab,  to„la  qaytarilguniga  qadar  91901  –  «Qarz  oluvchilarning  qisqa 

muddatli  ssudalar  bo„yicha  majburiyatlari»  va  91903  –  «Qarz  oluvchi-

larning  o„rta  muddatli  ssudalar  bo„yicha  majburiyatlari»  nomli,  ko„zda 

tutilmagan  sharoitlar  hisob  raqamlarida  hisobga  olinadi.  Qaytarish 

muddatlari  pul  oqimining  kelib  tushish  istiqboliga  qarab,  bir  necha 

bosqichda  qoplashni  ko„zda  tutuvchi  jadval  shaklida  taqdim  etilishi 

mumkin. 


Qaytarish  muddati  yetib  kelganda  va  qarz  oluvchining  pul 

mablag„lari  mavjud bo„lmagan  taqdirda,  kredit  muddati  o„tgan ssudalar 

hisob  raqami  orqali undirib  olishga taqdim etiladi, u bo„yicha  muddatli 

majburiyatnomalar esa 2-kartotekaga joylashtiriladi. 

Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida 

doimiy monitoring amalga oshiriladi va u qarz oluvchi tomonidan uning 

loyihasi  va  kredit  shartnomasi  shartlarining  amalga  oshirilishiga  har 

tomonlama ko„maklashishga qaratilgan bo„lishi lozim. 

Monitoring  jarayonida  bankka  berilgan  garov  holati  va  kreditdan 

samarali  hamda  maqsadli  foydalanish  bo„yicha  joylarga  borib 

tekshiruvlar  o„tkazib  turiladi.  Berilgan  kreditdan  boshqa  maqsadda 

foydalanganlik holati  aniqlanganda, bank  kredit  shartnomasida  berilgan 

tartibda,  kreditning  maqsadga  nomuvofiq  ishlatilgan  qismini  qarz 

oluvchining  talab  qilib  olinguncha  depozit  hisob  raqamidan  muddatdan 

oldin undirib olish huquqiga ega. 

Qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzni va unga hisoblangan foizlarni 

kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmasa, bank Fuqarolik 

kodeksining  280-moddasi  ikkinchi  qismiga  muvofiq  mustaqil  ravishda, 

sudga  murojaat  qilmasdan,  garov  predmetini  tasarruf  qilish  huquqiga 

ega bo„ladi. 



[209].  Tijorat  banklari  o„z  Nizomlariga  va  valuta  operatsiyalarini 

amalga oshirish uchun ularga O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki 

tomonidan  berilgan  litsenziyada  ko„rsatilgan  huquqlarga  muvofiq 

ravishda  faqat  o„z  ishlab  chiqarish  faoliyati  uchun  respublikada  ishlab 




 

330 


chiqarilmaydigan  asbob-uskunalar,  xomashyo  va  butlovchi  qismlarni 

import  yo„li  bilan  xarid  qilish  uchun  chet  el  valutasida  mikrokreditlar 

berishlari mumkin. 

Tijorat  banklari  tomonidan  chet  el  valutasidagi  mikrokreditlar  o„z 

kredit  resurslari  va  chetdan  jalb  qilingan  kredit  mablag„lari,  shu 

jumladan,  xorijiy  banklarning  kredit  liniyalari  hisobidan  amalga 

oshiriladi. 

Chet  el  valutasidagi  mikrokreditlar  banklar  bilan  qarz  oluvchilar 

o„rtasida  tuziladigan  kredit  shartnomalaridan  belgilanadigan  tijorat 

shartlari asosida naqdsiz shaklda beriladi. 

Chet  el  valutasida  berilgan  kreditlar  bo„yicha  foizlarning  to„lovi, 

to„lov  sanasidagi  birjadan  tashqari  valuta  bozori  kursi  bo„yicha  milliy 

valutada  amalga  oshiriladi.  Asosiy  qarzni  to„lash  chet  el  valutasida 

amalga  oshiriladi,  qarzdorning  chet  el  valutasidagi  hisob  raqamida 

mablag„  mavjud  bo„lmagan  taqdirda to„lov  sanasidagi birjadan  tashqari 

valuta bozori kursi bo„yicha milliy valutada to„lanishi mumkin. 

Chetdan jalb qilingan kredit mablag„lari hisobida chet el valutasida 

mikrokreditlar berish tijorat banklariga xorijiy kredit liniyalarini ajratish 

shartlariga  muvofiq  amalga  oshiriladi.  Qarz  oluvchilarga  chet  el 

valutasida  kredit  berish  jarayonida,  qarz  oluvchilar  tijorat  banklaridan 

oldin  olingan  kreditlarga  doir  majburiyatlarini  o„z  vaqtida  bajargan 

bo„lishlari lozim. 

Qarz  oluvchilarga  chet  el  valutasida  mikrokredit  olish  uchun 

xorijdan sotib olinadigan mahsulot tavsifi, u xarid qilinadigan mamlakat, 

uning  qiymati,  to„lov  valutasi,  uskunalar  sotib  olinadigan  holda  -  zarur 

xomashyo  bilan  ta‟minlanganligiga  oid  ma‟lumotlarni  bankka  taqdim 

etadi.  Chet  el  valutasida  mikrokredit  olish  uchun  berilgan  ariza 

yuqoridagi  tartibning  2.6-bandida  belgilangan  muddatda  ko„rib 

chiqiladi.  Mikrokredit  bo„yicha  qarzdorlikni  to„lash  chog„ida  birinchi 

navbatda kreditdan foydalanganlik uchun foizlar undiriladi. 

Mikrokredit  belgilangan  muddatlarda  qaytarilmagan  taqdirda, 

shuningdek, qarzdorning milliy valutadagi talab qilib olinguncha depozit 

hisob  raqamida  mablag„lar  yetarli  bo„lmagan  yoki  mavjud  bo„lmagan 

hollarda,  tijorat  banklari  mikrokreditning  qaytarilmagan  summasini 

qonunchilikda belgilangan tartibda qarzdorning chet el valutasidagi talab 

qilib  olinguncha  depozit  hisob  raqamidan  undirib  olish  huquqiga 

egadirlar. 

Qarz  oluvchining  talab  qilib  olinguncha  depozit  hisob  raqamida 




 

331 


mablag„lar  yetarli  bo„lmagan  yoki  yo„q  bo„lgan  taqdirda  mikrokredit-

ning  summasi  qonunchilikda  belgilangan  tartibda  kafolat  beruvchining 

yoki kafilning zimmasida bo„ladi. 

 


Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish