Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Ball  Kredit berish yoki bermaslik to„g„risida qaror



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   511
Bog'liq
bank ishi

Ball 

Kredit berish yoki bermaslik to„g„risida qaror 

28 gacha 

29 - 30 

31 - 33 


34 - 36 

37 - 38 


39 - 40 

41 - 43 


- Kredit berish rad etilsin 

- 500 $gacha kredit berish mumkin 

- 1000 $gacha kredit berish mumkin 

- 2500 $gacha kredit berish mumkin 

- 3500 $gacha kredit berish mumkin 

- 5000 $gacha kredit berish mumkin 

- 8000 $gacha kredit berish mumkin 

 

Biroq  ball  tizimining  bunday  shakli  qo„llanganda,  bank  o„z  mijoz-



larini yo„qotishi mumkin. Chunki mijozlar o„zlarining kredit talabnoma-

larini  bank  noto„g„ri  baholagan,  degan  xulosaga  kelib,  mazkur  bank 

xizmatidan  foydalanishidan  bosh  tortishi  mumkin.  Bundan  tashqari, 



 

324 


talabnomaning  qonunga  xilof  ravishda  baholanishi  natijasida,  mijoz 

bank  ustidan  sudga  ariza  berishi  mumkin.  Bunday  sharoitda  bank  o„zi 

qo„ygan  har  bir  ball  bahoni  dalillar  bilan  isbotlab  berishiga  to„g„ri 

keladi.  Ballik  baho  qo„yishda  bank  yumshoq  baho  siyosatidan 

foydalanmasa, o„zi juda mushkul ahvolda qolishi mumkin. 

[205]. 

Kredit 


inspektori 

ipoteka 


krediti 

uchun 


berilgan 

talabnomalarni baholashda quyidagilarga e‟tibor berishi lozim: 

1. Qarzdor  to„lashi  kerak  bo„lgan kredit  miqdori bilan  garov  mulki 

xarid bahosi miqdorining nisbati kreditor uchun ipoteka kreditining eng 

muhim  ishonchlilik  omilidir.  Olinayotgan  kredit  miqdori  garov  mulki 

bahosidan ancha yuqori bo„lib, qarzdor shartnomaning barcha talablarini 

bajarishda  mas‟uliyatsiz  bo„lsa,  uning  shaxsiy  mulki  bahosi  kredit 

bahosini  qoplamaydi  va  bank  katta  zarar  ko„radi.  Agar  garov  xarid 

bahosi  kredit  miqdorining  90  foizini  tashkil  qilsa,  garov  sug„urtasi 

muhim o„rin tutadi va kreditor qarzdor xususiyati va mas‟uliyati hissini 

baholashda ancha talabchan bo„lishi lozim. 

2. Ipoteka  krediti  berilishi  natijasida  qarzdor  bankda  yana  boshqa 

operatsiyalarni  ham  amalga  oshirishi  mumkin.  Masalan,  depozit  mab-

lag„lari  hisobiga  uy-joyni  ta‟mirlash  uchun  kredit  olishi  mumkin.  Shu 

tufayli  ipoteka  krediti  berilganda,  kreditor  qarzdor  bilan  bo„ladigan 

barcha munosabatlarni ham e‟tiborga olishi lozim. 

3. Mijoz depozit hisobvarag„idagi mablag„lar qoldig„ining barqaror-

ligi beriladigan ipoteka kreditlari miqdori va turlarining asosiy omilidir. 

Barqaror  depozit  bazasiga  ega  banklar  ipoteka  kreditlash  siyosatini 

izchil olib borish va uzoq muddatga katta miqdordagi ipoteka kreditlari 

berish imkoniyatiga ega bo„ladilar; 

4. Ko„chmas  mulk  asosida  kreditlash  kredit  inspektoridan  kredit 

talabnomasini tahlil qilishda quyidagilarga alohida e‟tibor berishni talab 

qiladi: 

 

Mijoz  daromadining  hajmi  va  barqarorligi,  ayniqsa  ipoteka  kre-



diti miqdori va kreditni qoplash uchun yo„naltirilgan mablag„ miqdori. 

 



Mijoz  jamg„armasi  miqdori  va  birlamchi  to„lov  manbayi.  Agar 

ushbu  to„lov  miqdori  jamg„arma  miqdorining  kamayishiga  olib  kelsa, 

buning  natijasida  favqulodda  sharoitlarda,  masalan,  kasallik  yoki  oila 

a‟zosining  ishsiz  qolishi  tufayli  mijozning  zarur  bo„lib  qolish  ehtimoli 

bo„lgan likvid aktivlari qisqarib ketadi. 

 



Garov  mulkka  qarzdorning  munosabati.  Agar  mijoz  garov  mul-

kini  o„rnatilgan  talablar  darajasida  saqlamasa,  u  kreditni  to„liq  qaytara 




 

325 


olmay,  garov  mulkini  qaytarib  olish  huquqini  yo„qotganda,  bank  unga 

garov  mulk  bahosining  ortiqcha  miqdorini  kerakli  qiymatda  qaytara 

olmaydi. 

 



Ipoteka kreditiga  o„rnatilgan foiz stavkasining turi. Agar ipoteka 

kreditiga  suzib  yuruvchi  foiz  stavkasi  o„rnatilgan  bo„lsa,  foiz  stav-

kasining  o„zgarishi  natijasida  suzib  yuruvchi  foiz  stavkasi  o„rnatilgan 

garovdan  ko„ra  tayanch  foiz  stavkasi  o„rnatilgan  garovni  sotish  ancha 

qulaydir. 

 



Mahalliy ko„chmas mulk bozoridagi sotuv hajmi (agar mulk bank 

ixtiyoriga  o„tsa).  Iqtisodiy  tanazzul  vaqtida  ko„chmas  mulkka  bo„lgan 

talabdan  taklif  oshib  ketadi  va  bank  o„zining  mablag„ini  qaytarib  olish 

uchun vaqt kerak bo„ladi. 




Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish