Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   511
Bog'liq
bank ishi

 

[189].  Iste‟mol  krediti  turi  banklar  beradigan  kreditlar  ichida  eng 

daromadli  va  eng  xatarlisi  hisoblanadi.  Iste‟mol  kreditining  eng  xatarli 

deyilishiga  sabab  shundaki,  bu  kreditni  olgan  shaxs  yoki  oilalarning 

moliyaviy  ahvoli  kasallik  yoki  ishsizlik  tufayli  yomonlashishi  mumkin, 

bu  o„z  navbatida,  kreditning  qaytarilishini  kechiktirishi  yoki  umuman 

qaytmaslik  xatarini  yuzaga  keltirishi  mumkin.  Shuning  uchun  iste‟mol 

kreditini  boshqarishda  banklar  juda  ehtiyotkorlik  bilan  ish  tutishlari 

lozim.  


Hozirgi paytda iste‟mol kreditining bir nechta turlari mavjud. Ularni 

berish maqsadlari va turlariga qarab 2 guruhga ajratish mumkin. 




 

308 


Masalan, ayrim shaxs va oilalarga beriladigan kreditlar yangi uylar 

sotib olish uchun, ya‟ni uylar bilan ta‟minlangan kreditlar yoki boshqa 

maqsadlar  uchun,  ya‟ni  avtomobil,  yirik  elektr  xo„jalik  mollari  sotib 

olish  uchun  olinadigan  kreditlar  hamda  uy-joydan  tashqari  boshqa 

maqsadlar uchun beriladigan kreditlar. 

Boshqa  maqsadlar  uchun  beriladigan  kreditlar  qaytarilishiga  ko„ra 

ikki  xil  bo„ladi:  ma‟lum  bir  muddat  ichida  qaytariladigan  va  bir  yo„la 

qaytariladigan kreditlar. 



[190].  Jahon  bank  amaliyotida  «Uy-joylarni  garovga  qo„yish 

hisobiga» beriladigan kreditlar uylar sotib olish yoki yashash sharoitini 

yaxshilash  uchun  beriladi.  Yakka  yoki  ko„p  oilalarga  mo„ljallangan 

uylarni sotib olish uchun 10-15 yillik uzoq muddatli kreditlar beriladi va 

bu  kreditlar  ushbu  uy  bilan  ta‟minlangan  bo„ladi.  Bunday  kreditlarga 

mutlaq  foiz  stavkalari  yoki  «suzib  yuruvchi»,  boshqacha  aytganda, 

o„zgaruvchan  foiz  stavkasi  o„rnatiladi.  Mutlaq  foiz  stavkasi  o„zgarishi 

orqali suzib yuruvchi foiz stavkasi ham o„zgaradi. Majburiyatni qoplash 

uchun olinadigan kredit hajmining 1-2% ini tashkil qiluvchi xizmat haqi 

(komissiyasi)  oldindan  olinadi  va  shu  yo„l  bilan  qarzdorga  kerakli 

vaqtda, kerakli hajmda kredit berilishi kafolatlanadi. Bunday kreditlarni 

nafaqat  banklardan,  balki  bank  xolding  kompaniyasiga  tegishli  sho„ba 

korxonalardan ham olish mumkin. 

2008  –  yilda  boshlangan  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi 

davrning  eng  dolzarb  muammosi  bo„ldi  va  uning  ta‟siri  butun  jahon 

iqtisodiyotini larzaga soldi. 

Ushbu  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozining  kelib  chiqishining 

asosiy sababi sifatida AQShda yuzaga kelgan ipoteka bozoridagi tanglik 

e‟tirof  etilmoqda.  Ipoteka  bozoridagi  tanglikning  sababi  esa  ipoteka 

kreditlarining  o„z  vaqtida  qaytmaganligi,  ya‟ni  ipoteka  kreditlarining 

muammoli kreditlar toifasiga aylanishidir.  

Ipoteka kreditlari bilan bog„liq muammolarning kelib chiqishiga esa 

AQSh  FZT  tomonidan  qo„llangan  ekspansion    pul-kredit  siyosati  va 

ipoteka kreditlarining haddan tashqari erkinlashtiriganligi sabab bo„ldi. 

AQSh  FZT  qayta  moliyalash  stavkasi    2006-yildagi  5-6  foizdan 

2008-yilda  1  foizgacha  tushirildi.  Pul  bozorida  pulning  bahosi 

arzonlashdi.  Bundan  tashqari,  ipoteka  kreditlarining  banklar  tomonidan 

berilishi  osonlashdi.  AQSh  fuqarosi  hech  qanday  muammosiz  uyning 

garoviga ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo„ldi. 

Ipoteka  inqirozi  bank  aktivlarining  qadrsizlanishi,  o„z  navbatida, 




 

309 


banklarning to„lov qobiliyati va likvidlik darajasining pasayishiga sabab 

bo„ldi.       

Uy-joydan boshqa maqsadlar uchun olinadigan kreditlar ma‟lum bir 

muddat ichida to„lanishi yoki bir yo„la to„lanishi mumkin. 

Ma‟lum  bir  muddat  ichida  to„lanadigan  kreditlar  qisqa  va  o„rta 

muddatli  kreditlar  bo„lib,  bunda  kredit  miqdori  ikki  yoki  uch  qismga 

bo„linib to„lanadi (odatda har oyda yoki har chorakda bir marta) bunday 

kreditlar  asosan  harakat  vositalari,  mebel,  yirik  elektr-xo„jalik  mollari 

sotib  olish  uchun  beriladi.  Bunday  kreditlarga  asosan  mutlaq  foiz 

stavkasi  o„rnatilsa  ham,  keyingi  paytlarda  «suzib  yuruvchi»  foiz 

stavkasini o„rnatish amaliyotda ko„p qo„llanilmoqda. 

Bir  yo„la  qaytariladigan  kreditlar  qisqa  muddatli  kreditlar  bo„lib, 

jismoniy  shaxslarning  naqd  pul  mablag„iga  bo„lgan  joriy  ehtiyojini 

qondirish  uchun  beriladi  va  kredit  muddati  tugashi  bilanoq  uning  to„la 

hajmi  qaytariladi.  Bunday  kreditlarning  hajmi  kichkina  bo„lib,  muddati 

30 kun yoki undan ham kam bo„lishi mumkin. Qisqa muddatga bir yo„la 

qaytarish  sharti  bilan  beriladigan  kreditlar  bank  uchun  serdaromad 

bo„lib,  ba‟zida,  mijozning  xususiyatiga  qarab  yirik  miqdorda  ham 

bo„lishi  mumkin.  Masalan,  mehnat  ta‟tili  va  davolanish,  yirik  elektr 

xo„jalik  mollarini  sotib  olish  yoki  ta‟mirlash,  soliq  to„lashga  ketadigan 

xarajatlarni qoplash uchun olinadi. 

[191].  Kredit  kartochkasiga  asoslanib  beriladigan  kreditlar  ham 

ma‟lum  muddat  ichida  yoki  bir  yo„la  to„lanishi  mumkin.  Kredit 

kartochkasi  egalari  uning  yordamida sotib  olgan  tovarlariga  foizsiz  haq 

to„lashlari va qarzlarni belgilangan muddat ichida qoplashlari yoki tovar 

haqini bo„lib-bo„lib, oyiga 12-18% yillik foiz miqdorida to„lab borishlari 

mumkin.  Kredit  kartochkasi  asosida  ma‟lum  muddat  ichida  kredit 

haqining to„lanishi bir yo„la to„lanadigan kreditlarga qaraganda banklar 

uchun  foydalidir,  chunki  banklar  bunday  kreditlardan  foiz  daromadlari 

oladilar. 

Kredit  kartochkasi  juda  qulay  bo„lib,  mijoz  undan  ko„pincha 

revolver  kredit  tizimida  keng  foydalanadi.  Kredit  kartochkalaridan 

foydalanish  texnologiyalarning  takomillashi  natijasida  mijozlar  kredit 

kartochkalari  orqali  bank  xizmatlarining  barcha  turlaridan,  shu 

jumladan,  jamg„arma  va  hisob-kitob  xizmatlaridan  ham  bemalol 

foydalanishlari mumkin. 

Bu  kartochkalar  bilan  xizmat  ko„rsatishning  rivojlanishi  tufayli 

mijozlar bank xizmatiga haq to„lashdan ko„pincha ozod bo„ladilar.  



 

310 


[192].  Bank  turli  xil  mijozlarga  turli  xil  maqsadlar  uchun  kreditlar 

berishi  mumkin.  Beriladigan  kreditlarni  ulardan  foydalanish  maqsadiga 

ko„ra, yettita turkumga ajratish mumkin: 

 



ipoteka  ssudalari,  ya‟ni  ko„chmas  mulk  asosida  beriladigan 

kreditlar; 

 

moliya  institutlariga,  ya‟ni  banklararo  moliya  va  sug„urta 



kompaniyalariga,  shuningdek,  boshqa  moliya  muassasalariga  beriladi-

gan kreditlar; 

 

dehqon  va  fermer  xo„jaliklarigayerlarni  o„zlashtirish  va  ishlov 



berish,  hosilni  yig„ishtirib  olish,  chorva  mollarini  em  bilan  ta‟minlash 

ishlarini yaxshilash maqsadida beriladigan qishloq xo„jalik ssudalari; 

 

savdo  va  sanoat  korxonalariga  tovar-moddiy  zaxiralarni  sotib 



olish va ish haqi berish bilan bog„liq bo„lgan xarajatlarni qoplash uchun 

tadbirkor firmalarga beriladigan kreditlar; 

 

xususiy  shaxslarga  beriladigan  iste‟mol  kreditlari.  Bularga 



bahosini  bir  necha  muddat  ichida  to„lash  imkoniyati  bilan  avtomobil 

sotib, ko„chma (sayyor) uylar, elektr xo„jalik va boshqa iste‟mol mollari, 

uylarni  ta‟mirlash  va  zamonaviy  tus  berish,  tibbiy  xizmat  xarajatlarini 

qoplash va boshqa shaxsiy transport uchun beriladi; 

 

boshqa  ssudalar  yuqorida  qayd  etilmagan  ssudalar  bo„lib,  ularga 



qimmatbaho qog„ozlar bilan ta‟minlangan ssudalar ham kiradi; 

 



moliyaviy  lizingda  bank  mashina  va  uskunalarni  sotib  oladi  va 

ularni mijozlarga ijaraga beradi. 

Yuqorida  keltirilgan  kredit  turlarini  jahon  bank  amaliyotidagi  eng 

yirigi  ipoteka  ssudalaridir  va  bu  ssudalar  beriladigan  jami  ssudalarning 

1/3  qismini  tashkil  qiladi.  Savdo  va  sanoat  korxonalariga  beriladigan 

ssudalar ham jami kredit qo„yilmalarning 1/3 qismini tashkil qiladi. O„z 

ahamiyatiga  ko„ra,  uchinchi  o„rinda  turadigan  ssudalar  –  bular  xususiy 

shaxslarga beriladigan ssudalar bo„lib, ular jami kredit qo„yilmalarining 

1/5 qismini tashkil qiladi. 

[193].  Bank  kreditlari  portfeli  tarkibini  aniqlovchi  eng  muhim 

omillardan  biri,  bu  eng  avvalo  ushbu  bank  xizmat  ko„rsatayotgan 

bozorning xususiyatidir. Har bir bank mijozlarining kredit mablag„lariga 

bo„lgan  ehtiyojlarini  o„rganib, ularni e‟tiborga  olmog„i  lozim.  Masalan, 

aholisi  ko„p  bo„lmagan  shahar  va  tumanlardagi  banklar  asosan  ipoteka 

kreditlari  (uy-joylarni  garovga  olish  asosida)  avtomobil  sotib  olish 

uchun yoki xo„jalikni boshqarish va rivojlantirish uchun sarf qilinadigan 

xarajatlarni  qoplash  maqsadida  kredit  beradilar.  Yirik  ishlab  chiqarish 




 

311 


korxonalari,  firmalar,  univermaglar,  ofislari  ko„p  bo„lgan  yirik 

shaharlarda  esa  banklar  kredit  mablag„larini  tovar-xomashyo  zaxiralari, 

asbob-uskunalar  sotib  olish  va  ishchilarga  ish  haqi  to„lash  uchun 

beradilar. 

Albatta,  hamma  banklar  ham  o„zlari  faoliyat  ko„rsatayotgan  hudud 

sharoitlariga butunlay bog„liq bo„lmaydilar. Ularning ko„pchiligi boshqa 

banklardan  mablag„larning  katta  qismini  yoki  qisman  qarzga  olishlari 

mumkin. Bunday faoliyat ko„rsatayotgan banklar uchun ular joylashgan 

hudud iqtisodiyotidagi salbiy o„zgarishlar katta xavf tug„dirmaydi. 

Bank kreditlari portfeliga ta‟sir qiluvchi yana bir muhim omil bu – 

bankning  hajmidir.  Bunda  bank  sarmoyasining  hajmi  eng  muhim  rol 

o„ynaydi,  chunki  u  beriladigan  kreditni  bitta  mijozga  to„g„ri  keladigan 

qiymatini aniqlaydi. Yirik banklar asosan yirik korxonalar, korporatsiya-

lar va firmalarga xizmat ko„rsatadi. Maydaroq banklar esa, asosan naqd 

pul  ko„rinishida  yoki  bir  necha  muhlatga  mayda  firmalar,  xususiy 

shaxslarga chakana kreditlar beradi.  

Bank  boshqaruvchilarining  kredit  siyosati  sohasidagi  tajribasi  va 

malakasi  kredit  portfelining  tarkibi  va  o„sishiga  ta‟sir  qiluvchi  muhim 

omildir.  

Bank  kreditining  ba‟zi  bir  turlarini  berishni  taqiqlovchi  kredit 

siyosati  bankning  kredit  portfeli  sifatining  o„sishiga  to„sqinlik  qiluvchi 

xatardan saqlaydi.  

Kredit  portfelining  tarkibi  kredit  faoliyati  orqali  olinadigan 

daromadga ham  bog„liq.  Bankning kredit bilan  shug„ullanuvchi  xodim-

lari  kredit  berish  orqali  olinadigan  daromad  bilan  bankning  boshqa 

aktivlari  orqali  olinadigan  daromadni  solishtirib,  tahlil  qiladilar.  Nati-

jada,  bank  daromadlarining  asosiy  qismi  kreditlarga  to„g„ri  kelayotgani 

haqida bir xulosaga kelganlaridan so„ng ko„proq kreditlar berishni afzal 

ko„radilar. 


Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish