Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Ta‟minlanmagan  kreditlar  (aktivlar)



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   511
Bog'liq
bank ishi

Ta‟minlanmagan  kreditlar  (aktivlar)  –  biror-bir  ta‟minotsiz 

berilgan  kreditlar.  Odatda,  bunday  kreditlar  qarzdorning  kuchli 

tushumlari  potensiali  yoki  uning  yaxshi  kredit  tarixi  asosida  beriladi. 

«Ta‟minlanmagan 

kreditlar»ga 

garov 


belgilangan 

tartibda 

rasmiylashtirilmagan kreditlar ham kiradi. 

[184]. Jahon amaliyotida bank o„zini-o„zi qoplovchi kreditlar asosan 

tovar-moddiy  zaxiralar,  xomashyo  va  materiallar  hamda  sotish  uchun 

mo„ljallangan  tayyor  mahsulotlarni  moliya  bilan  ta‟minlash  maqsadida 

olinadi.  Bunday  kreditning  afzalligi  shundaki,  tadbirkor  o„z  faoliyati 

uchun  zarur  bo„lgan  naqd  pulning  yetarli  miqdori  bilan  ta‟minlanadi. 

Bunda: 


 

naqd  pullar  xomashyo  va  materiallar,  chala  va  tayyor 



mahsulotlarni sotib olish uchun ishlatiladi; 

 



mahsulotlar asosan sotish uchun tayyorlanadi; 

 



savdo asosan kredit hisobidan amalga oshiriladi; 

 



savdo orqali olingan mablag„ bankdan olingan kreditni qoplashga 

ishlatiladi. 

Aylanma  kapitalni  to„ldirish  uchun  olinadigan  kreditlar  ham 

vazifasiga  ko„ra,  o„z-o„zini  qoplovchi  kreditga  o„xshab,  tovar,  xom-

ashyo,  materiallar  sotib  olish,  tayyor  mahsulotlar  zaxirasini  to„ldirish 

uchun uzog„i bilan bir yil muddatga olinadi. 

Bu kreditning farqi shundaki, u asosan mavsumiy talabni qondirish 

uchun olinadi. 

Masalan,  yoz  mavsumida  kiyiladigan  zamonaviy  ko„ylaklar  tikish 

uchun  kredit  talab  qilinganda,  bank  ushbu  mijozga  6  oydan  9  oygacha 

muddatga  kredit  tizimini  ochadi  va  mijoz  zarur  bo„lganda  ushbu 

tizimdan  shu  muddat  ichida  foydalana  oladi.  Agar  mijoz  shu  davr 

mobaynida  kreditning  to„la  hajmini  yoki  kattagina  qismini  to„lashga 

erishsa, bank  mijozning  talabiga ko„ra, kredit  muddatini  yana  cho„zishi 

mumkin. Aylanma mablag„ni qoplash uchun olinadigan kredit firmaning 

debitorlik  qarzi  yoki  tovar-mahsulotlar  hisobidan  ta‟minlanadi  va  tizim 

doirasida  suzib  yuruvchi  foiz  stavkasida  foiz  o„rnatiladi.  Mijoz  bu 

kreditni  qoplash  uchun  o„zining  depozit  hisobvarag„ida  olingan  kredit-

ning kamida 15-20 foizi miqdorida mablag„larni saqlashi lozim. Majbu-

riyat  uchun  komissiya  haqi,  asosan,  kredit  tizimining  foydalanilmagan 

qismidan olinadi. 

[185].  Ko„pgina  banklar  tomonidan  beriladigan  qurilish  uchun 

mo„ljallangan  kredit  keng  tarqalgan  kreditlardan  biri  bo„lib,  bu  kredit 




 

304 


asosan uy,  bino, inshoot  va  ofislar qurish  uchun  olinadi. Bunday  kredit 

ko„chmas  mulk  uchun  ishlatilishiga  qaramasdan,  u  qisqa  muddatga 

beriladi. Kreditni oluvchilar uni ishchilarni yollashga, vaqtinchalik kerak 

bo„ladigan  asbob-uskunalarni  ijaraga  olish,  qurilish  materiallari  hamda 

bino  va  inshootlarni  qurish  uchunyerlarni  sotib  olishga  ishlatadilar. 

Rivojlangan  davlatlarda  mijoz  bankdan  olgan  kreditni  boshqa  kreditor-

dan yoki moliya tashkilotidan mijozning garov mulki hisobiga qoplashi 

majburiyatini  bankka  taqdim  qilmaguncha,  bank  bunday  mijozlarga, 

ya‟ni quruvchi va loyihachilarga kredit bermaydi. 

Davlatga  tegishli  va  xususiy  qimmatli  qog„ozlar  savdosi  bilan 

shug„ullanuvchi  dilerlarga  ularni  sotish  yoki  muddati  tugaganda 

hisobdan chiqargunga qadar yangilarini sotib olish va mavjud qimmatli 

qog„ozlar  portfelini  qo„llab-quvvatlash  uchun  qisqa  muddatli  kreditlar 

kerak  bo„ladi.  Bunday  kreditlarni  banklar  ko„pincha  hech  qanday 

to„sqinliksiz beradilar, chunki bunday kreditlar yuqori sifatli hisoblanib, 

ular  asosan  davlatning  qimmatli  qog„ozlari  bilan  ta‟minlangan  bo„ladi. 

Bundan  tashqari,  bunday  kreditlar  juda  qisqa  muddatga  beriladi  (bir 

kundan  bir  necha  kungacha).  Agar  sharoit  yomonlashsa,  bank  kreditni 

qaytarib oladi yoki foiz stavkasini ko„taradi. 

Bunday  kreditlar  yangi  korporativ  obligatsiyalar,  aksiyalar  va 

davlatning qimmatli qog„ozlarini joylashtiruvchi investitsiya firmalariga 

beriladi.  Investitsiya  firmalari  yangi  qimmatli  qog„ozlarni  kapital 

bozorida  sotishi  natijasida  kreditlar  va  ularga  o„rnatilgan  foizlar 

to„lanadi. 

Chakana  savdo  bilan  shug„ullanuvchi  shaxslarga  kreditlar  asosan 

avtomobillar,  elektr-xo„jalik  mollari,  mebel  va  boshqa  uzoq  muddat 

ichida  foydalaniladigan  tovarlarni  sotib  olish  uchun,  savdo  bo„yicha 

shartnoma  imzolangandan  so„ng  yuzaga  kelgan  dilerning  debitorlik 

qarzini  mablag„  bilan  ta‟minlash  maqsadida  beriladi.  Bank  dilerlarning 

shartnomalarini  tahlil  qiladi.  Agar  shartnoma  o„rnatilgan  talablarga 

javob bersa, bank bu shartnomalarni sotib oladi, risk darajasi va ta‟minot 

sifati  hamda  kredit  muddatini  e‟tiborga  olib,  foiz  stavkasini  o„rnatadi. 

Chakana  savdo  bilan  shug„ullanuvchi  shaxslar  kredit  olish  bilan  birga 

sotuvdan  tushgan  tushumlari  hisobidan  ssuda  hisobvarag„idagi 

mablag„larni qoplaydilar. 

[186].  Revolver  kredit  shartnomasi  bo„yicha  kredit  oluvchi  firma 

kredit tizimi muddati ichida belgilangan miqdorda kredit olishi, olingan 

qarzning  bir  qismini  yoki  to„liq  hajmini  to„lashi  va  zarur  hollarda  yana 



 

305 


qarz  olishi  mumkin.  Bu  kreditning  afzalligi  shundaki,  uni  olayotganda 

firma  maxsus  garov  bilan  kreditni  ta‟minlashi  shart  emas  va  bu  kredit 

qisqa  muddatga  yoki  3-5  yil  muddatga  beriladi.  Mijoz  naqd  pullari 

tushumi  hajmini  va  kelajakda  olinadigan  kredit  hajmini  aniq  bilmasa, 

revolver  kreditdan  foydalanadi.  Revolver  kredit  mijozning  ishlab 

chiqarishda  bo„ladigan  tebranishlarini  tartibga  solishda  muhim  omil 

bo„ladi.  Mijoz  faoliyati  davomida  daromadi  oshgan  vaqtda  kredit 

hajmini  to„lab  boradi,  sotuv  hajmi  kamayib,  naqd  pul  oqimi  qisqarsa, 

kredit  tizimi  muddatiga  ko„ra,  bankdan  qo„shimcha  mablag„  olish 

imkoniga  ega  bo„ladi.  Kelishilgan  kredit  hajmida  mijozning  kredit 

uchun berilgan har bir talabnomasining to„liq va o„z vaqtida qondirilishi 

hisobiga bank mijozdan xizmat haqi oladi. 

Majburiyatlar uchun olinadigan haq ikki xil bo„ladi: 

 



shartnoma majburiyati; 

 



tasdiqlangan kredit tizimi. 

Shartnoma  majburiyati  bo„yicha  bank  mijozga  eng  yuqori  hajmda 

kelishilgan foiz stavkasi bilan kredit beradi. Bunday hollarda mijozning 

moliyaviy  ahvolida  «sezilarli  salbiy  o„zgarishlar»  yuz  berganda  yoki 

mijoz  shartnoma  bandlarini  bajarmaganda,  bank  to„lovlarni  to„xtatishi 

mumkin. 


Tasdiqlangan  kredit  tizimi  bo„yicha bank,  kredit  oluvchi  firmaning 

arizasiga  ko„ra,  favqulodda  hollarda  kredit  beradi.  Bunday  paytlarda 

asosan  kredit  reytingi  (kreditni  to„lash  bo„yicha  bahosi)  yuqori  bo„lgan 

mijozlarga beriladi va ularga o„rnatiladigan foiz stavkasi anchagina past 

bo„ladi. 

[187]. Uzoq muddatli loyihalarni moliyalashga beriladigan kreditlar 

kelajakda naqd pul tushumi bilan ta‟minlovchi asosiy kapitalni to„ldirish 

maqsadida moliyalash uchun olinadigan kredit bo„lib, bank uchun ancha 

xatarlidir.  Misol  tariqasida  neftni  qayta  ishlash  zavodlari,  shaxtalar, 

elektr stansiyalarini kredit bilan ta‟minlashni olish mumkin. 

Bunday loyihalarga beriladigan kreditlar xatari turlichadir: 

 

ushbu  loyihalarni  amalga  oshirish  uchun  juda  katta  hajmdagi 



mablag„lar ajratish lozim; 

 



moliya  bilan  ta‟minlanayotgan  loyihaning  amalga  oshishi 

muddati  ob-havo  sharoiti  yoki  qurilish  materiallarining  yetishmasligi 

sababli kechikishi mumkin; 

 



amaldagi  qonun  va  qoidalarning  o„zgarishi  loyihaning  amalga 

oshishiga salbiy ta‟sir ko„rsatib, qurilishning tugashiga to„sqinlik qilishi 




 

306 


va buning natijasida qurilish tannarxi ortishi mumkin. 

 



foiz  stavkasining  ko„tarilishi  kreditor  yoki  loyihani  moliya  bilan 

ta‟minlovchi  homiy  muassasa  yoki  tashkilot  faoliyatiga  salbiy  ta‟sir 

ko„rsatishi mumkin. 

Loyihalarni  moliyalash  krediti  asosan  uni  birgalikda  amalga 

oshirayotgan bir nechta yirik kompaniyalarga beriladi. Shuningdek, yirik 

hajmdagi  bunday  kreditlarni  bir  necha  kreditorlar  birgalikda  berishlari 

ham mumkin. 

Ushbu loyihalar o„z  vaqtida bajarilmasa, kreditlar qarz oluvchining 

homiylari  tomonidan  qaytariladi.  Kredit  oluvchiga  hech  kim  homiylik 

qilmagan taqdirda, kreditor, ya‟ni bank juda katta tavakkalchilikka yo„l 

qo„ygan bo„ladi. 

 


Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish