136
16-jadval.
Tijorat bankining daromadlari
№
Daromadlar
manbayi
Izoh
1
2
3
1.
Ssuda biznesi
Bu biznes ikki unsurni o„z ichiga oladi:
mijozlarga ssuda berish;
foyda olish maqsadida o„zining bo„sh turgan resurslarini
boshqa tijorat banklariga vaqtinchalik berib turish.
Ssuda biznesining ikkinchi qismi banklararo kredit yoki
boshqa bankka qo„yilgan tezkor depozit shaklida bo„lishi
mumkin.
2.
Diskontli
biznes
Bu to„lanmagan veksellar, cheklarni muayyan diskont bilan
bank tomonidan sotib olishga asoslanadi. Faktoring
operatsiyalari diskontli biznesning har xil ko„rinishlaridan
biridir. U ikki ko„rinishda bo„ladi:
regress (aylanmali) huquqi bilan;
regress (aylanmasiz) huquqsiz.
Birinchi holda bank mablag„ni olgan (yetkazib beruvchi)
dan to„lanmagan majburiyatlarni undirib olishga haqli
bo„ladi. Ikkinchi holda esa bunday huquqqa ega bo„lmaydi.
Shu sababli u ko„proq mukofotlanishni talab qilib ko„proq
tavakkalga boradi.
Faktoring operatsiyasi uchun bankni mukofotlash yetkazib
beruvchining sotishdan olgan daromadini kamaytiradi.
Chunki aynan shu qiymatdan chegirma qilinadi. Masalan,
20 foiz chegirma bilan mahsulotni sotish yoki mablag„ni
qaytarish.
3.
Himoyali
biznes
Bu bank operatsiyalariga mos tushuvchi xizmatlar bo„lib,
ular trast (ishonchli) va vakilli xizmatlar
4.
Qimmatli
qog„ozlar
orqali biznes
Bunda bankning daromadi quyidagilar evaziga shakllanadi:
o„zining va boshqa emitentlarning qimmatli qog„ozlarini
sotish chog„ida kurs tafovuti evaziga olingan daromad:
xususiylashtirishda bajarilgan xizmatlar evaziga olingan
daromad (xususiylashtirish hujjatlarini talab darajasiga kel-
tirish, korxonaning qiymatini aniqlash, aksiyalarni chiqa-
rish va joylashtirish reyestrlarni yurgizish va h.k.)
5.
Bankning ka-
fillik faoliyati
Bu faoliyat evaziga bank bevosita va bilvosita daromad ola-
di. Mijozlarga bankdan kredit olish va boshqa operatsiya-
larni bajarishlari uchun kafil xatlarini beradi va shu narsa
evaziga bank daromad oladi
6.
Mijoz omo-
Bunda bank daromadi uning quyidagi vositachilik
137
natlarini jalb
qilish va
omonatchilar
topshirig„i
bilan opera-
tsiyalar
amalga
oshirish fao-
liyati
operatsiyalarni bajarish evaziga shakllanadi:
schyotlarni ochish;
schyotlarni olib borish;
schyotlar bo„yicha operatsiyalardan nusxa oldirish;
schyotlarni yopish;
naqd pulni berish bo„yicha hisob-kitoblarni bajarish va h.k.
7.
Korrespon-
dent (rasmiy
yozishma)lik
xizmati
Bunda bank boshqa bank korschyoti qoldig„i (saldosi)dagi
kreditdan foiz olish evaziga daromad oladi. U daromadning
miqdori:
foiz stavkasi darajasiga;
foizni hisoblash tartibiga;
saldodagi kredit miqdori va uning qanchalik davomligiga
bog„liq bo„ladi.
Bunda bank daromadi:
lizing;
axborot berishga oid (informatsion);
maslahat berish;
valutani almashtirish;
mijozlarni o„qitish kabi xizmatlarni bajarish evaziga
shakllanadi.
Lizing operatsiyalarini bajarish evaziga olinadigan daromad:
lizing to„lovlar;
foiz to„lovlari;
vositachilik uchun to„langan haqlarni o„z ichiga oladi.
8.
Bank mulkini
sotish bilan
bog„liq
bo„lgan
ko„zda tutil-
magan
daromadlar
Bu daromad bank balansidagi qiymatdan bozor bahosining
oshishi evaziga paydo bo„ladi. Aks holda xarajat bilan bog„-
liq operatsiyalar bankning to„g„ridan-to„g„ri zarar ko„rishiga
olib keladi.
Shunday qilib, tijorat bankining barcha ko„rinishlardagi daromadini
uchta guruhga bo„lish mumkin:
foizdan olingan daromad;
vositachilik (komissiya) evaziga olingan daromad;
boshqa turli daromadlar (bozordagi operatsiyalarda kurs farqi, so-
tilgan bank mulkining balansdagi narx o„rtasidagi farq, qimmatli qo-
g„ozlar va boshqa nominal bahosini qayta baholash, jarimalar evaziga
138
olingan daromadlar).
Qayd qilingan xizmatlar evaziga olingan daromadlar bank xarajat-
larini, riskini qoplab foyda olishini ta‟minlashi kerak.
Ssuda foizi – bu muayyan muddatga berilgan kredit uchun
to„lanadigan foiz. Ssuda foizining turlari quyidagicha tavsiflanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: