Disketlar va disk o`rnatish qurilmalari.
Disket (uning sinonimlari - floppi-disk, egiluvchan magnit disk)- uzoq
vaqt ma’lumotlarni saqlashga mo`ljallangan qo`shimcha xotira qurilmasidir.
Unga yozilgan ma’lumotlar operativ xotiradagi ma’lumotlardan farqli o`laroq
kompyuter o`chirilganida ham saqlanib qoladi. Disket ferromagnit qatlam
qoplangan dumaloq shakldagi plastinkadan iborat bo`lib, ximoya qobig`iga
joylangan bo`ladi. Qobiqda esa magnit kallak uchun tirqish qoldirilgan.
IBM PC kompyuterlarida asosan diametri 3,5" dyumli magnit disketlar
va kompakt disklar ishlatiladi. Disketlar ishlatilmayotgan paytda plastmassa
yoki qog`oz konvertda changdan, magnit maydonidan va quyosh nuridan
ximoya qilingan tarzda ko`rsatilgan ma’lum harorat va namlikda saqlanishi
kerak. Disketni egish, magnit yuzasiga tegish, qattiq siltash mumkin emas.
Unga yopishtirilgan qog`ozga extiyot bo`lib oxista yozish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |