¤збекистон республикаси олий ва ¤рта


Q o’da va mexanikaviy titish



Download 382,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana09.07.2022
Hajmi382,57 Kb.
#759441
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-Ma'ruza

3. Q o’da va mexanikaviy titish 
 
Bu operatsiyalarning mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga qarab qo‘lda, 
yarim mexanikaviy va mexanikaviy titish usullari mavjud. 
Q o ‘ l d a t i t i s h d a
ivitish hovuzlari oldida har bitta ivigan ho‘l poyaning 
po‘stlog‘i yog‘ochlikdan qo‘lda shilib olingan hamda tolasiz moddalarni ajratish 
maqsadida avval bir tomoni so‘ng ikkinchi tomoni suvda silkitilib, chayqatilib 
tola tozalangan. Bu usul juda og‘ir qo‘l mehnatiga asoslangan bo‘lib, hozirda 
bizda qo‘llanilmaydi. Lekin bu usulda ko‘p miqdorda sifatli tola olish imkoniyati 
bo‘lgan. 
Keyinroq yarim 
m e x a n i k a v i y
titish usuli qo‘llanilgan. Bunday titish 
maxsus stanok va mashinalarda bajariladi. Bu usulda ishlanayotgan materiallarga 
ko‘rsatiladigan ish ta’siri mexanizatsiyalashgan bo‘lib, materialni ushlab turishni 
ishchi qo‘lda bajaradi. Bu tipdagi mashinalarning ish organlari bitta yoki ikkita 
urgichi bo‘lgan barabanlardan iborat bo‘lib, ishchi ivigan poya dastasining avval 
bir tomonini, so‘ngra ishlangan tomonidan ushlab turib, ikkinchi tomonini tez 
aylanayotgan barabanlar urgichiga tushirib tortib olishi natijasida toza tola 
olingan. Ishlash suv oqizib yuvish bilan birga o‘tkazilgan. Bu usul ham og‘ir 
qo‘l mehnatiga asoslangan edi. 
M e x a n i k a v i y t i t i s h
usulida yuqorida aytilgan uchala operatsiya 
mexanizatsiyalashtirilgan. Hozir hamma kanop zavodlarida mexanikaviy titish-
yuvish usuliga moslashtirilgan mashinalarning bir nechga turi ishlab turibdi. 
Ularning 
hammasining 
ish 
prinsipini 
ishlanadigan 
materialga 
titish 
barabanlarining urgichlari orqali ish ta’siri ko‘rsatish, materialni transport 
mexanizmining (qisib olib yuruvchi transportyorning) qismlari bilan ushlab 
turishi hamda olib borishga asoslangan. Transportyor materialni to‘xtovsiz 
mashinaga berib turish bilan birga, mashinadan tola chiqib turishini ham 
ta’minlaydi.



Titish-yuvish mashinalaridagi protsesslar mexanizatsiyalashtirilgan va 
konveyerlashtirilgani sababli bir soatda 500—600 kg uzun tola olish imkoniyati 
tug‘ildi. 
Kanop zavodlarida ishlab turgan titish-yuvish mashnnalari materialni 
ishlash xarakteriga qarab ikki gruppaga: ikki tomonlama va bir tomonlama ta’sir 
qiluvchi mashinalarga bo‘linadi (55, 68-rasm). 
Ko‘k po‘stloqni ishlaydigan bir tomonlama ta’sir qiluvchi mashiialarning 
(ALV, ALV-M) har qaysi seksiyasida bittadan baraban bo‘lib, ular aylanganda 
materialning bir tomoniga ta’sir ko‘rsatadi, materialniig ikkinchi tomoni esa 
kojuxga mahkamlangan, bo‘rtib chiqib turgan dekalar ta’sirida bo‘ladi. Dekalar 
bilan baraban urgichlari orasidagi oraliq yuqoridan pastga qarab kamayib boradi. 
Shuning uchun ivigan po‘stloqdan yog‘ochlik va tolali bo‘lmagan boshqa 
qo‘shilmalar deka hamda barabanlar ta’sirida suv bilan birgalikda yuvilib pastga 
tushib ketadi. 
Ishlanayotgan materialga ikki tomondan ta’sir qiluvchi ma- shinalarda 
(TMM-200-K, ALT) esa har qaysi seksiyada ikkita dan baraban bo‘lgani uchun 
bir baraban materialning bir tomoniga, ikkinchi baraban esa inkinchi tomonga 
ta’sir ko‘rsatadi. Bu usulda ishlanib olingan tola tozaligi jihatidan birmuncha 
yuqori bo‘ladi. 
Tajribalar va nazariy tekshirishlarning ko‘rsatishicha ikki tomonlama 
ishlash prinsipi bir tomonlama ishlashga qaraganda ancha afzal, shu sababli 
kanop zavodlarida deyarli hamma mashinalar ikki tomonlama ta’sir qiladigan 
mashinalarga o‘tkazilmoqda. 

Download 382,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish