Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Download 4,25 Mb.
bet87/113
Sana31.12.2021
Hajmi4,25 Mb.
#218005
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   113
Bog'liq
ESTETIKA1

Baxshilik san’ati. Odatda baxshilikni estetikada sa’nat turiga kiritish qabul qilinmagan va xalq og‘zaki adabiy ijodi sifatida badiiy adabiyotning xili deb hisoblab kelinadi. Aslida “bunday kamsitish”ning sababi o‘zbek estetikasida shu paytgacha ovro‘paga, to‘g‘rirog‘i, ruslarga taqlidning nihoyatda kuchli bo‘lganida. SHunday qilib, biz uni to‘laqonli san’at turi deb bilamiz va buni isbotlashga harakat qilamiz.

Baxshilik san’ati asosan SHarq xalqlarida mavjud, kelib chiqishi qadimgi Hindiston bilan bog‘liq, sanskritchadagi “bhikshu” (qalandar, darvesh) so‘ziga borib taqaladi. Keyinchalik,”baxshi”, “baxsha”, “baxshi”, va boshqa shakllarda SHarq xalqlarining ko‘pchiligida ustoz, ma’rifatchi degan ma’nolarda qo‘llanilgan. G‘arbda uni faqat qadimgi yunonlar madaniyatida ko‘rishimiz mumkin. Qadimgi Hindiston ta’sirida bo‘lsa kerak, baxshilar ularda dastlab,”aedlar”(qo‘shiqchilar), keyinroq “rapsodlar”(qo‘shiq to‘quvchilar) deb atalgan, ular “Iliada”, “Odessiya” kabi yirik epik dostonlarni torli soz jo‘rligida kuylaganlar.

Bizda baxshilik san’ati qadimdan mashhur bo‘lib kelgan. Ilmiy farazlarga ko‘ra (V.Jarmunskiy, H.Zarif v.b.), “Alpomish” dostonining idlizlari Homer eposlari bilan tutashib ketgani qayd etiladi. “Alpomish” ham, boshqa alohida dostonlar ham, dostonlar turkumlari ham mintaqamizda, do‘mbira, qo‘biz va dutor jo‘rligida kuylanadi. Baxshi, xalq dostonlarini yodda saqlovchi, meyoriga etkazib kuylovchi, ularning o‘ziga xos variantlarini, versiyalarini yaratuvchi san’atkor. U, bir tomondan, shoirlik iste’dodiga ega bo‘lishi kerak, ikkinchi tomondan, mahorat bilan kuylay bilishi, “Xudo bergan ovozga” ega bo‘lishi lozim.

Baxshilik san’ati ibtidodan bizda sof og‘zaki ijod bo‘lib kelgan, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, baxshilar madrasalarda tahsil ko‘rib, ba’zi asarlarini yozma holda ham qoldirganlar. Lekin, asosan folklorshunoslar tomonidan dostonlar va termalar yozib olingan, hozir ham bu an’ana ma’lum ma’noda davom etmoqda. SHuningdek, bu san’atning yana o‘ziga xos tomoni shundaki, unda ustoz – shogirdlik an’anasi qat’iy tarzda o‘rnatilgan, doimo shunga amal qilib kelinadi. Natijada biz baxshilik san’atining bir necha o‘ziga xos maktablariga egamiz. M.Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi, Bulung‘ur dostonchilik maktabi, Xorazm maktabi shular jumlasidan. O‘zbek baxshilik san’atida ikki yo‘l bilan dostonlar kuylanadi. Biri – Surxandaryo, Qashqadaryo, Samarqand yo‘li, unda doston yo terma do‘mbira jo‘rligida, ichki g‘arg‘ara ovoz bilan, ikkinchisi – Xorazm yo‘li, unda oddiy, ochiq ovoz orqali ijro etiladi. Baxshilik san’atining Ergash Jumanbulbul, o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Po‘lkan shoir kabi ulug‘ namoyandalari xalq dostonchiligi namunalarini yaratganlar. Ular an’anaviy syujet asosida o‘ziga xos go‘zal asarlar ijod etdilar.

Baxshilik san’atida nasr, nazm shakllari, barmoq vaznining turli ko‘rinishlari o‘z aksini topadi. Ular go‘zallik, ulg‘vorlik, mo‘‘jizaviylik, kulgililik kabi estetik xususiyatlarning yanada bo‘rtib ko‘zga tashlanishini ta’minlaydi. Ayni paytda bu san’at turi maqol, matal va hikmatlarga boyligi bilan katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olingan “Alpomish” dostonidagi Boysari tilidan aytilgan mana bu satrlarni haqiqiy hikmat namunasi desak yanglishmaymiz:
Davlat ko‘nsa bir chibining boshiga,

Semurg‘ qushlar salom berar qoshiga13

Baxshilik so‘z va ijro san’atining uyg‘unligi sifatida hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. X1X-XX asrlarda ustoz borliqlarining an’analarini davom ettirgan va davom ettirayotgan ulkan san’atkorlar etishib chiqdi. Xorazmlik Bola baxshi, qashqadaryolik Qodir baxshi, surxandaryolik SHoberdi baxshilar shular jumlasidan.

Rassomlik san’ati. Bu san’at turi ham qadimdan mavjud, uning dastlabki namunalarini qadimgi tosh asridagi g‘orlar devoriga ishlangan rasmlarda ko‘rish mumkin. Ularda asosan ov hayvonlari va inson tasviri berilgan. Keyinchalik tasvirda tabiat ko‘rinishlari ham aks ettira boshlangan. Dastlab ular bir yo‘lda – rangli va oq=qora rang tasvir sifatida SHarqda (Xitoy, Hindiston, musulmon mintaqasida) xattotlik, kitobat bezagi sifatida taraqqiy topgan, biz ularni hozirgi zamon tili bilan minatyuralar deb ataymiz. Minatyuralar odatda rangli bo‘lgan va ko‘pincha tabiat (daraxtlar, cho‘llar, butoqlar) fanidagi inson, qushlar, xayvonlar tasvirini o‘z ichiga olgan holda kitobdagi mazmunning bir qismini ifodalagan, boshqacha qilib aytganda, bosma texnikasi qo‘llanila boshlangunga qadar ular grafika – kitobiy rasmlar vazifasini bajargan.

Rassomlik san’atining yana bir ko‘rinishi qadimda saroy devorlariga ishlangan katta hajmli rangli tasvirlar bilan bog‘liq. Ularni hozirgi davr pannolarining ibtidosi deyish mumkin. M., Afrosiyobdagi to‘y marosimini aks ettirgan yoki Varaxshadagi hayvonlar bilan olishayotgan bahodirning tasvirlari (VII-VIII asrlar) shular jumlasidan.

Keyingi paytlarda bosma texnikasining vujudga kelishi va san’at turlarining taraqqiy topib borishi natijasida rassomlik uch turga bo‘lindi: devoriy rasmlar (ko‘rgazmali=amaliy san’at), rangtasvir va grafika – kitob bezash san’ati. Ko‘rgazmali=amaliy san’at turini ko‘rib o‘tganimiz uchun rangtasviri to‘xtalamiz.

Rangtasvir voqelikning san’atkor tanlagan nuqtai nazardan mo‘yqalam va bo‘yoqlar vositasida muayyan tekis materialga rasm tarzida tushirishdan iborat. Unda rassomning uslubi, bo‘yoq tanlashdagi mahorati, nur va soyalar o‘yini yangicha kompozitsion yondashuv kabi san’atkor iste’dodini belgilaydigan jihatlar muhim ahamiyatga ega. Aynan ana shular tufayli rassom tabiat, jamiyat, shaxs hayotidagi voqea=hodisalarning takrorlanmas serjilo manzaralarini bizga etkazib beradi, voqelikdagi estetik xususiyatlarni rang vositasida tasvirlaydi. Rassom bularning hammasini faqat rasm yo‘li bilangina emas, balki rasmga o‘xshash lekin aslida rasm bo‘lmagan havo, nur, tuman v.h. singari asarning estetik ruhini belgilab beradigan chiziq tasvirlar vositasida in’ikos ettiradi. Buning yorqin misoli sifatida iste’dodli o‘zbek rassomi V. Oxunovning “Tashlandiq odam”asarini ko‘rastish mumkin. Unda rang, nur, soya fonida baland kunda va unga qo‘yilgan bosh tasviri berilgan, atrof bilan kunda bir olam, bosh o‘zi bir olam. Diqqat bilan kuzatsangiz, qaysi rankkursdan qaramang, kundaga qo‘yilgan olamni ko‘rasiz va ekzitensiyachilar ta’biri yodingizga tushadi, o‘z holiga tashlab qo‘yilgan olamdagi tashlandiq odam. Tasvirning nochiziqligi, ranglarning kontrastlikka asoslangan tarzda qorishuvi, ko‘zi yumilgan bosh va hilpirashini hohlagan, lekin hilpirashga majoli yo‘q sochlarining tashqi olamiga ulanib ketishi ulkan bir fojeaviylik ruhini ufurib turadi, asarni kuzatar ekansiz, seskanganingizni ham, ho‘rsinganingizni ham sezmay qolasiz.14

Biz zamonaviy rangtasvir haqida mulohaza yuritdik. Mumtoz rangtasvir namunalarini esa muzeylarda ko‘p uchratgansiz. Rembrand, Rubens, Rafael, Botichelli, Bryullov, Surikov, Levitan, Tansiqboev, Ahmedov, CHoriev va boshqa ulug‘ rassomlar asarlari shular jumlasidan.

Rassomlik san’atining yana bir ko‘rinishi bu grafikadir – ham rasm, ham bosma badiiy asa. M., taniqli rassomimiz M.Reyx tomonidan V. YAnning “CHingizxon” romaniga ishlangan rasmlari, mashhur rus haykaltaroshi va rassomi V.Favorskiyning Robert Byorns asarlariga yog‘ochdan o‘yib ishlagan gravyuralari har ikkisi grafik asarlaridir. Grafika rangtasvirga yaqin, lekin ayni paytda qat’iy chiziqlilik xususiyati egaligi va rangga ko‘ra voqelikning muayyan tasvirini aks ettirishi bilan ajralib turadi. Ayni paytda u doimo rangtasvirdagi asarlarga nisbatan hajman kichik bo‘ladi. CHunki grafika eng avvalo kitobda nashr etishi uchun mo‘ljallanadi. SHu bois undagi rangtasvir unsurlari bosma texnikasiga moslangan bo‘ladi. O‘zbek rassomlari grafikaning nihoyatda go‘zal namunalarini yaratganlar. CH.Ahmarovning “Ravshan” dostoniga, V. Kaydalovning o‘zbek xalq dostonlariga, I.Ikromovning Navoiy va Pushkin asarlari muqovalariga ishlagan rasm hamda bezaklari shular jumlasidan.

Rassomlik san’atida qadimgi minatyura yana tiklanganligini ham ko‘rish mumkin. Bunga iste’dodli grafik rassom T. Muhamedovning o‘zbek halq ertaklariga ishlangan rasmlari, SH.Muxammadjonovning ”Mahmud Qoshg‘ariy”, “CHilangan Kova qo‘zg‘aloni” kabi asarlarni misol bo‘la oladi.

T.Muhamedov minatyuralarida asosan takrorlanmas grafika san’atini ko‘ramiz, SH. Muhammadjonovni rangtasvir, usulida zamonaviy minatyurani boyitayotganiga guvoh bo‘lamiz. T.Muhamedov asosan kulgilikka, SH.Muhammadjonov esa ko‘proq go‘zallik va ulug‘vorlikka e’tiborni qaratadi.

Xullas, rassomlik “qarimaydigan” san’at turi sifatida har bir zamonda o‘z imkoniyatlarini kengaytirib borayotgan katta tarbiyaviy ahamiyatini susaytirmagan faol estetik faoliyatdir.

Musiqa. Agar rassomlik san’atida deylik uning manzara janridagi Levitanning mashhur “Qarag‘ayzor” asari ko‘z oldimizda muayyan ma’noda tugallangan rangtasvir sifatida namoyon bo‘lsa, musiqa asari, m., Betxovenning “Oydin sonata”si yoki Hoji Abdulazizning “Guluzorim” kuyi ohanglar vositasida tinglash jarayonida chizilayotgan rangtasvirdir. YA’ni rangtasvir badiiy mazmundagi markazni in’ikos ettirgan holda ibtido bilan intihonni tasavvurimizga havola qilsa, musiqada ibtido, markaz va intiho asarning o‘zida mujassam bo‘ladi. SHu bois rassomlik san’atini ranglar musiqasi, musiqani esa tovushlar tasviri deyish mumkin. Ayni paytda musiqa rassomlikdagi yoki badiiy adabiyotdagi aniq yo muayyan tasvirlash imkoniga ega emas, lekin u ohangdor tovush orqali inson qalbiga kuchli ta’sir ko‘rsatish, uning ruhini qisqa vaqt ichida o‘zgartirish qudratiga ega. Bu jihatdan unga teng keladigan san’at turi yo‘q. SHu sababli musiqadagi “musiqiylik” tushunchasi barcha san’at turlari uchun yuksak mahorat ma’nosini anglatadi. M., she’riyatdagi musiqiylik, nasrdagi musiqiylik, me’morlik – qotib qolgan musiqa, ranglar musiqasi v.h.

Musiqa san’ati keskin farqlanadigan milliylik va mintaqaviylik xususiyatiga ega. Xususan, G‘arb bilan SHarq musiqasida intonatsiya, ohang, ijro uslublari va usullari, musiqiy asboblarning xar xilligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. To‘g‘ri, g‘arbliklar va sharqliklar odam sifatida bir-biriga (ichki dunyosi nuqtai nazaridan) muayyan o‘xshashliklarga ega bo‘lganidek, ularning musiqasida, ijro asboblarida qay ma’nodadir umumiylik bor. M., ba’zi fransuz, olmon xalq qo‘shiqlari bilan o‘zbek xalq qo‘shiqlari orasida intanatsion o‘xshash jihatlarni, fortapiyano bilan chang, g‘ichchak bilan skripka, nay bilan fleyta v.b. musiqiy asboblarda umumiy tomonlarni uchratamiz. Lekin, ayni paytda biz Motsart asarlari bilan Hoji Abdulaziz asarlari orasidagi katta farqni darhol anglab etmasligimiz mumkin emas. CHunki musiqa pardalar pastu balandligiga asoslangan, oddiy tovushga qaraganda uzoq davom etadigan ohangdor tovush vositasida inson ichki dunyosini ifodalaydi. Eng avvalo ana shu ichki dunyo inson millatini, mentalitetini belgilaydi, uning tashqi ko‘rinishidagi farqlar ham ayni o‘sha ichki dunyo bilan bog‘liq. SHu sababli musiqani millatning qalbi deb atashlari bejiz emas. M. F.Verdinelning “Jiz” operasini tomosha qilib o‘tirgan oddiy o‘zbek dehqoni “Nima bu oddiy gapni qo‘shiqqa o‘xshatib, uning ustiga juda baland ovozda aytadi”, deb hayron bo‘ladi va uni rasmona estetik idrok eta olmaydi. Ammo o‘sha dehqon Sulaymon YUdakovning “Maysaraning ishi» operasini har gal Toshkentga kelganda jon qulog‘i bilan, maza qilib eshitib, tomosha qiladi. Unga oddiy gapni qo‘shiq qilib aytilishi ham, ovozlardagi intonatsiya ham erish tuyulmaydi, bularni u sezmaydi ham asarni estetik zavq bilan idrok etadi. CHunki “Jizel” – Ovro‘pa mentalitetining italyan kishisining qalbiga, ”Maysaraning ishi” o‘zbekning qalbiga mos milliy ohanglar uyg‘unligi bilan murojaat qiladi.

Biroq, musiqa mohiyatan umuminsoniy tabiatga ega, qaysi millatga taalluqli bo‘lishidan qat’i nazar, musiqa tarjima qilinmaydi, rassomlik san’atiga o‘xshab, uning tili – bitta. Faqat o‘sha tilni tushunish uchun har bir millat o‘z estetik tarbiyasini yuksak darajasiga ko‘tarishi, estetik didini ilmiy-amaliy asosida shakllantirishi lozim. Nima uchun Muhiddin Qoriyoqubov XX asrning 30=yillarida, Munojot Yo‘lchieva 90-yillarida Parij konsert zallarida bergan konsertlariga ko‘pchilikka chipta etishmagan, zalga kirganlar esa ularni bir mo‘‘jizaday tinglashgan, konsert so‘ngida deyarli yarim soat tik turib qarsaklar bilan olqishlashgan. Demak, hali bizning estetik tarbiyamiz, didimiz fransuzlarga qaraganda ancha past. SHuning uchun ham biz Ovro‘pa musiqa san’at durdonasini ham rosmana idrok etolmaymiz. Vaholanki, jahonda barcha sohada integratsiyalashuv jarayoni jadal sur’atlar bilan bormoqda. O‘zbek estetikasining vazifasi ana shu jarayonda millatimizning to‘laqonli ishtirokini ta’minlashga xizmat qilishdir.

Musiqa san’atida qo‘shiq janrining o‘rni alohida uni ba’zan qo‘shiqchilik san’ati ham deb atashadi. CHunki aynan qo‘shiq, ohangdor inson ovozi musiqaning vujudga kelishida ulkan rol o‘ynagan. Aynan qo‘shiq ohangga solingan so‘zlar orqali millat tarix-dn, xalqning ijodiylik qobiliyatidan bizga xabar beradi.

Bu satrlardagi o‘xshatishlarni, majoziylikni, ohangga solingan inson qismatining badiiy qiyofasini hech bir buyuk san’atkorda uchratolmaysiz. Buni faqat xalq dahosigina yaratishi mumkin. Ayni paytda muayyan shoirning sheoriy matniga bastakorlar tomonidan maxsus kuy bastalash asosida ham qo‘shiqlar vujudga keladi. Ularning eng yaxshilari mumtozlik maqomini oladi. Qo‘shiq janri ko‘rinishlarga boyligi bilan ham alohida ajralib turadi: tarixiy qo‘shiqlar, marosim qo‘shiqlari, laparlar, lirik qo‘shiqlar siyosiy qo‘shiqlar, ariyalar, intermetssolar. v.h.

Musiqaning turlari va janrlari juda ko‘p: xalq musiqasi, mumtoz musiqa, simfonik musiqa, vokal, musiqa v.h. Biroq u qaysi janrda bo‘lmasin, Y.Baxning organ uchun yozilgan xorallarimi, «CHo‘li Iroq» kuyimi, SHopenning etyudimi, Tarkanning qo‘shig‘imi – hammasi inson hissiyotlarini tarbiyalashda, ularni hayvonlikdan insoniylikka ko‘tarishda va bu hissiyotlarni noziklashtirishda muhim ahamiyatga ega. Zero musiqa inson qalbini hilmlashtiruvchi, yumshatuvchi eng kuchli estetik omildir.




Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish