Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта


Mo‘‘jizaviylik va xayoliylik



Download 4,25 Mb.
bet70/113
Sana31.12.2021
Hajmi4,25 Mb.
#218005
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113
Bog'liq
ESTETIKA1

5. Mo‘‘jizaviylik va xayoliylik.

Bu ikki tushuncha estetikaning odatdagi juftlik mezoniy tushunchalaridan alohida ajralib turadi. Ular orasidagi aloqadorlik, deylik, go‘zallik va xunuklik kabi, o‘zaro ziddiyatga asoslanmaydi, aksincha, ular bir-birini to‘ldiradi, ba’zan estetik yaxlitlikni tashkil etadi. har ikkala xususiyatning kelib chiqishi mif=osotirlarga borib taqaladi.

Hozircha mavjud bo‘lgan asosiy estetik adabiyotlarda ularga jiddiy e’tibor berilmagan. Ayniqsa, mo‘‘jizaviylik tom ma’noda kamsitishga uchragan. Buning asosiy sababi shundaki, estetik xususiyat sifatida ular «sovet voqeligi» talabalariga, kommunistik mafkuraga to‘g‘ri kelmasdi. CHunki har ikkisida ham siyosiy tuzum va sotsialistik jamiyat tomonidan o‘rnatilgan qonun=qoidalar orqali izohlab bo‘lmaydigan, ularga bo‘ysunmaydigan sirli, sehrli hodisalar aks etardi. Tabiiyki, bu hodisalar ma’lum ma’noda sovet kishisi uchun yuqoridan o‘rnatilgan ijtimoiy-siyosiy erkinlik chegarasini, erkin fikrlash miqyosini kengaytirishga xizmat qilardi. SHu sababli mo‘‘jizaviylikka ko‘proq o‘tmishdagi xalq og‘zaki ijodi namunalariga, xususan, ertaklar va dostonlarga taaluqli estetik xususiyat sifatida qarash qonunlashtirilgan edi. Darhaqiqat, u xalq etaklari va dostonlarida o‘zining eng ko‘p va rang-barang ifodasini topgan. M., «Go‘ro‘g‘li» turkumi dostonlaridagi baxt maskani – CHanbil shahri, Go‘ro‘g‘lining afsonaviy Ko‘hi qof va Bog‘i Iramdan olib kelgan, go‘zallik timsoli bo‘lmish Og‘o YUnus va Misqol parilarga uylanishi, G‘irotning qanotli tulpor ekani kabi hadislarni, qahramonlarning mo‘‘jizaviy kelbatga, qudratga ega odamlar tarzida tasvirlanishi kabi holatlar shular jumlasidan.

Mo‘‘jizaviylikda insonni noodatiyligi bilan hayratlantirish, mahliyo qilish va qoyil qoldirish xususiyatlari bor. Mo‘‘jizaviylik asosiga qurilgan asarlarda yorug‘ bir hayotbaxshilik mavjud, bu esa atrofdagi real hayot naqadar og‘ir bo‘lmasin, temir qonunlar va beshafqat mantiq – qanchalik odamni o‘z iskanjasida tutmasin, unda baxtli bo‘lishga ishonch paydo qiladi, mavjud reallikni ichdan inkor etish hissini uyg‘otadi.

Totalitar tuzumlar, jumladan, bizdagi sho‘rolar davrida ertaklar, afsonalar xalq dostonlari juda kam yaratildi, ularning syujetlari, mavzulari qaysi san’at turlarida bo‘lmasin, ko‘proq o‘tmish bilan bog‘lanardi. Zamonaviy mo‘‘jizaviylik esa sovet voqeligining bir qismi sifatida mafkuraviylashtirilgan holda taqdim etilardi. To‘g‘ri, goh-goh iste’dod bilan yozilgan zamonaviy asarlar ham vujudga kelib qolardi. M., Hudoyberdi To‘xtoboevning «Sariq devni minib» romani yoki Moskvaning M.Gorkiy nomidagi Bolalar va o‘smirlar kinostudiyasi mahsuloti bo‘lmish mashhur «CHol ibn Hattob» filmi shunday muvaffaqiyatli hodisalar sirasiga kiradi. Biroq bunday asarlar, aytilganidek, asosan sovet voqeligini ulug‘lashga xizmat qilardi va ko‘proq mo‘‘jizaviylikning kulgililikka yon berishi: ish, jiddiylikdan yiroqlashishi bilan shartlanardi. Natijada ulardagi mo‘‘jizaviylik o‘z salmog‘ini, teranligini ma’lum ma’noda yo‘qotardi.

Mo‘‘jizaviylik tushunchasi estetikada boshqa ma’noda ham qo‘llaniladi. SHaklan va mazmunan go‘zal noyob asar vujudga kelganda, uni «mo‘‘jiza» deb atash odat tusiga kirgan. YA’ni bu tushuncha estetik baholash mezon sifatida yuksak talablardan kelib chiqadi va voqelikning otadiy tasvirlaridan favqulodda baland saviyada ekani bilan ajralib turadi.

Xayoliylik mo‘‘jizaviylikka nisbatan kengroq qamrovga ega. Unda garchand ertaknoma syujetlar asos vazifasini bajarsa=da, mo‘‘jizaviylikka o‘xshab ildizi asotirlarga borib taqalsa-da u musiqa, rangtasvir yo adabiyot vositasida voqelikning yashirin imkoniyatlari, sirli ma’nolari borligi to‘g‘risida kutilmagan va dadil taxminlarni o‘rtaga tashlaydi. Xayolilikda san’atkorning ijodiy tasavvuri orqali reallikda mavjud bo‘lmagan ob’ektlar, jarayonlar qadriyat tusini olishi, ba’zi badiiy qiyofalar idrok etuvchi tomonidan ideal tarzida qabul qilinishi mumkin. Ayni paytda bu tasavvur mahsuli bilan real hayot orasidagi masofa hech qachon yo‘qolib ketmaydi.

Xayoliylik mo‘‘jizaviylikdan o‘ziga xos farqlar bilan ajralib turadi. Birinchi tafovat shundaki, mu’jizaviylik hech qachon reallikka aylanmaydi, ya’ni go‘zal ertak bo‘lib qolaveradi. Xayoliylik esa ko‘p hollarda ertami=kechmi reallikka aylanadi. M., «Ming bir kecha» dagi Alouddining chirog‘i va undan chiqadigan dev=mo‘‘jiza, u mo‘‘jizaligicha qoladi. Lekin uchar gilam xayoliylikka taaluqli. CHunki u tadrijiy tarzda reallikka yaqinlashib boradi. Bu yaqinlashuv uning shaklida ham, materialida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ertakdagi matodan bo‘lgan uchar gilam dastlab to‘qson to‘qqiz murvatli (mexanizmli), dastak o‘rnini basadigan quloqlari vositasida boshqariladigan yog‘och otga, ya’ni tasavvurdagi mexanik qurilmaga, keyinroq reallikdagi havo sharlariga, so‘ng «po‘lat qushlar» – uchoqlarga, undan keyin sayyoralar aro safar qiladigan fazo kemalariga aylandi. Demak, mo‘jizaviylik uchun so‘ng maqsad – tasavvurning o‘zi. Xayoliylikda esa tasavvur muayyan bosqich, g‘oyani reallikka olib chiqadigan pillapoya vazifasini o‘taydi. SHu sababli u ilmiy tafakkur, fan taraqqiyoti bilan bog‘liq. Hozirgi paytda badiiy adabiyotda ilmiy-xayoliy janr keng tarqalgan. Bunda san’atdagi xayoliylikning real ilmiy voqelikka katta ta’sir ko‘rsatib kelayotganini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

Mo‘‘jizaviylik bilan xayoliylik orasidagi yana bir – farq san’atda in’ikos etganida ularning badiiy asar echimini qay tarzda hal qilishida ko‘rinadi: mo‘‘jizaviylik doimo baxtli echim bilan tugaydi, xayoliylik esa goh fojeaviylik, goh keskin dramatik holatlarni ham echimga olib chiqishi mumkin.

Har ikki estetik xususiyat unsurlarini biz diniy asotirlar va rivoyatlarda ham ko‘ramiz, ular karomat shaklida namoyon bo‘ladi. Umuman, mu’jizaviylik bilan xayoliylik o‘zaro doimiy aloqadorlikdagi estetik xususiyatlar va tushunchalardir.



Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish