Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта


Estetik anglash va uning tuzilmasi



Download 4,25 Mb.
bet61/113
Sana31.12.2021
Hajmi4,25 Mb.
#218005
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113
Bog'liq
ESTETIKA1

1.Estetik anglash va uning tuzilmasi.

Estetik anglash iborasini ajratib ko‘rsatishimizning sababi shundaki, odatda falsafiy fanlarga doir ilmiy adabiyotlarda «anglash» o‘rniga «ong» istilohi qo‘llab kelinadi. Estetik ong, ilmiy ong, huquqiy ong v. h. Bizningcha, bu unchalik to‘g‘ri emas: ruschadagi – «soznanie» so‘zining yuzaki (kalka) tarjimasi. Ma’lumki, «soznanie» so‘zi ruschada ikki xil ma’noni: ong va anglash ma’nolarini bildiradi. Miya muayyan fiziologik yaxlitlik bo‘lgani kabi, uning asosiy faoliyati bo‘lmagan ong, shu jumladan ongsizlik ham, avvalambor insondagi hissiy-intelektual yaxlitlik, uni maydalab, yuqoridagidek, «ongcha»larga bo‘lish mantiiqan o‘rinsiz, ikkinchidan, u narsa-hodisalardan muxtor tarzda mavjud, faqat zarur sharoitda faoliyatga kirishgandagina narsa-hodisaga munosabatini, voqelikka aralashish xususiyatini namoyon qiladi. Ana shu o‘ziga xos tahliliy faoliyatni biz anglash deb ataymiz va shu anglashning darajasiga qarab, kishilar ongining yuksakligi yoki pastligi haqida fikr yuritamiz. Demak, ong insonning o‘ziga o‘xshash yakka yaxlitlik, uning faoliyati – anglash esa har xil va ko‘p qirralidir. Ongning anglashga munosabati xuddi olmos bilan uning qirralari o‘rtasidagi munosabatga o‘xshaydi; yaxlit olmos bo‘lagining har bir qirrasini alohida olmos deb atashimiz qanchalik mantiiqqa to‘g‘ri kelmasa, anglashni uzil-kesil ong tarzida taqdim etishimiz ham, bizningcha, shunchalik noo‘rin. SHunday qilib, inson o‘ziga ato etilgan ongning turli qirralari bilan olamning turli tomonlarini, har xil jihatlarini nurlantiradi, o‘zida aks ettirib, tahlil etadi, xulosalar chiqaradi. Natijada, bir inson bitta hodisani o‘nlab, balki yuzlab rakursda mushohada qilish va anglashi mumkin. Ongning ana shunday faoliyat turlaridan biri estetik anglashdir.

Estetik anglash, aytib o‘tganimizdek, estetik jarayonni tashkil etishi barobarida estetik munosabatni yuzaga keltiradi, ongning ana shu faoliyati ichki nafosatni shakllantiradi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, estetik anglash faqat estetik qadriyatlar yoxud ob’ektlarni idrok etishda emas, balki yangi estetik qadriyatlar yaratishda ham faol ishtirok qiladi, ya’ni u estetik faoliyat jarayonida o‘zining doimiy ulushiga ega: san’at asarining dunyoga kelishida, turmush sharoitini, ishlab chiqarishning go‘zallashuvida va shunga o‘xshash holatlarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Aytganlardan shunday qisqacha xulosa chiqarish mumkin: n a f o s a t – o‘z ichiga ham tabiatdagi, ham jamiyatdagi, ham shaxs hayotidagi estetik jihatlarni o‘zida mujassam qiladigan estetik munosabat ob’ekti sifatida estetik xususiyatlarni, estetik faoliyatini va estetik anglashni qamrab oladigan, yashash sharti sub’ektiv xilma-xillik bilan belgilanadigan murakkab maqsadni emas, balki serqirra maqsadga muvofiqlikni birinchi o‘ringa qo‘yadigan hissiy-intellektual borliq, inson hayotining insoniy mazmunini ta’minlaydigan ma’naviy-ijtimoiy hodisa.

SHu bois, nafosatning haqiqatan ham nafosat ekanini bizga kashf etib beradigan estetik anglash tushunchasiga to‘xtalishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz va bu borada muayyan tushunchaga ega ekanimizni, estetik anglashning nimaligidan umumiy tarzda xabardorligimizni hisobga olib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning mohiyatini tashkil etuvchi unsurlar tahlili va talqiniga o‘tsak.

Estetik anglash inson ruhiyatida o‘ziga xos, chuqur ijobiy ruhiy o‘zgarishlarni vujudga keltiradigan estetik holat. U estetik faoliyatning boshlanishidan avval insonni unga tayyorlovchi hodisa sifatida muhim: usiz estetik faoliyatning ro‘y berishi mumkin emas. Estetik anglashning murakkab hodisa ekani unda estetik ehtiyoj, turli hislar va ma’naviy andozalarning har bir shaxs uchun alohida ruhiy evrilish tarzida namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq; bu evrilish kuchli va asosan his-hayajon, ehtirosli kechinmalar asosida vujudga keladi.



Estetik ehtiyoj. Estetik anglash va shu asosdagi faoliyat jarayonining ibtidosi estetik ehtiyojga borib taqaladi. Estetik ehtiyoj inson hayotida ro‘y beradigan barcha estetik hodisalarning asosi sifatida ham tabiiy-biologik, ham ijtimoiy-ma’naviy mohiyatga ega; «go‘zal nafs», nafosatga tashnalik, insonda estetik hissiyotni qo‘zg‘atish xususiyatini saqlab qolgan holda, keyinchalik uning butun umri mobaynida takomillashib boradi estetik muhokama, estetik baho, estetik did va estetik idealning shakllanishiga xizmat qiladi. Har bir shaxsdagi madaniyatlilik darajasi, ma’naviy salohiyati uning estetik ehtiyoji doirasi bilan o‘lchanadi. U «go‘zal nafs» sifatida boshqa ehtiyojdan talab etilayotgan ob’ektdan moddiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa manfaatlar kutmasligi, beg‘arazligi bilan ajralib turadi. Estetik ehtiyoj estetik hissiyot bilan uzviy, dialektik bog‘liq; estetik ehtiyoj ko‘pincha estetik hissiyotni uyg‘otsa, ba’zan estetik hissiyot estetik ehtiyojni vujudga keltiradi. Masalan, siz «Mirzo Ulug‘bek» spektaklini ko‘rish xohishi – estetik ehtiyoj tufayli teatrga bordingiz; spektakl mobaynida sizda estetik hissiyot-hayratlanish, zavqlanish, quvonish v.b. tuyg‘ular qo‘zg‘aldi. Spektakldan keyin esa u haqda mulohaza yuritishga, undagi ijobiy va salbiy qiyofalarni baholashga, qolaversa, yaqin kishilarga spektakl mazmunini o‘z estetik nuqtai nazaringizdan so‘zlab berishga yoki Mirzo Ulug‘bek suratini chizishga, unga atab she’r yozishga yoki u haqida insho yozishga ehtiyoj sezasiz. Demak, estetik ehtiyoj hissiyotni uyg‘otsa, hissiyot yana estetik ehtiyojni, muayyan estetik hodisani o‘zgacha badiiy-estetik talqin qilish, unga ijodiy yondashish ehtiyojini tug‘diradi. Zero, J.Lokk aytganidek, «nimaiki tushunchada bor ekan, u bundan avval hissiyotda mavjud edi; agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi uzatilmas ekan, u holda tafakkur uchun hech qanday material berilmagan bo‘ladi». Demak, estetik anglash avvalo estetik hissiyot bo‘lishini taqozo etadi.


Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish