Mustaqil ishlarni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta’limning turli xil shakllari mavjud bo‘lib, bunda asosiy e’tibor talabaning berilgan mavzular (amaliy masalalar, topshiriqlar va keys-stadilar)ni mustaqil ravishda, ya’ni auditoriyadan tashqarida bajarishi, o‘qib o‘rganishi hamda shu yo‘nalish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik yoki o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fanlar boblari va mavzularini o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
mustaqil ishlar, keys-stadilar bilan ishlash;
maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
fanga oid statistik ma’lumotlarni o‘rganish, ularni tahlil qilish;
talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari yoki mavzularni chuqur o‘rganish;
faol va muammoli o‘qitish usulidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
masofaviy (distansion) ta’lim.
“Estetika” fanidan talabalarning mustaqil ishlarini referat, seminar, ma’ruza tayyorlash, Prezident asarlarini konspektlashtirish va boshqa shakllarda tashkil etilishi tavsiya etiladi. Mustaqil ish mavzularini belgilashda ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari mavzularini to‘ldirishga harakat qilinishi lozim.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning tahminiy mavzulari:
Estetikaning qadimiy fan sifatidagi mohiyati.
Modernizatsiya jarayonida hayot sifati va mamlakat qiyofasi o‘zgarishining estetik jihatlari.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotida estetikaning ma’naviy ehtiyojga aylanishi.
Atrof-muhitni go‘zallashtirishning zamonaviy ko‘rinishlari.
Landshaft dizaynining estetik xususiyatlari.
Xalqaro global tarmoq - Internet tizimi va estetik dunyoqarash.
F. SHillerning “Estetik tarbiya haqida maktublar” asarining mohiyati.
Estetik qadriyatlarning qadrsizlanishiga olib keluvchi omillar.
SHaxs ma’naviy kamolotida estetik qadriyatlar uyg‘unligi.
Davlat ramzlarining estetik xususiyatlari.
O‘zbek milliy qadriyalarining estetik xususiyatlari.
San’atda estetika muammolarining in’ikosi.
O‘zbekistonda sport estetikasi rivojining asosiy tamoyillari.
Haqiqat, ezgulik va go‘zallikning oliy estetik qadriyat sifatidagi mohiyati.
9
Estetik madaniyatning ko‘rinishlari.
Ulug‘vorlik va bunyodkorlik o‘rtasidagi aloqadorlikning milliy me’morchilikdagi in’ikosi.
Zamonaviy san’at turlarining estetik mazmuni.
XXI asrda estetika ilmiga yondashuv.
Estetik dunyoqarashni shakllantirishda kino san’atining o‘rni.
Estetikani targ‘ib qilishda jamoat birlashmalarining o‘rni.