Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Download 4,25 Mb.
bet76/113
Sana31.12.2021
Hajmi4,25 Mb.
#218005
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   113
Bog'liq
ESTETIKA1

San’at va fan. Insoniyat madaniyat tarixida san’at va fan kabi bir-biriga yaqin ma’naviy hodisa kam uchraydi. Ularning har ikkisi ham bir vazifani bajaradi, voqelikni in’ikos ettiradi. Faqat san’at buni – muayyan fan-mavhum tarzda amalga oshiradi. YA’ni san’at voqelikdagi umumiylikni xususiylashtirish, fan esa xususiylikni umumlashtirish – mavhumlashtirish orqali ish ko‘radi. SHu sababli san’atda badiiy qiyofalar, fanda tushunchalar muhim o‘rin egallaydi. M., axloqshunoslik fanidagi muhabbat tushunchasini olib ko‘raylik. U bizga insonlar o‘rtasidagi, ma’naviy-ruhiy tuyg‘uni, «men» va «sen»ning bir-biriga o‘tib ketar darajadagi yaqinligini anglatadi, tushuntiradi, u orqali barcha asrlar va barcha odamlarga taaluqli muhabbat haqida umumiy, mavhum, tushunchaga ega bo‘lamiz. «Mehrobdan chayon» romanida Abdulla Qodiriy tasvirlagan Anvar va Ra’no o‘trasidagi muhabbat esa muayyan, xususiy muhabbat. U boshqalarning, Romeo va Julettaning, Otabek va Kumushning, muhabbatiga o‘xshamaydi, lekin ayni paytda biz undan muhabbat qanday bo‘lishi mumkunligini bilib olamiz. Bu o‘rinda bizga fan ham, san’at ham bilim berayotir: faqat fan – tushuntirish orqali (umuman), san’at tasvirlash vositasida (xususan). Demak, fan tufayli muhabbat nima ekanini, san’at orqali uning qanday ekanini bilamiz: fan – tushuntiradi, san’at – ko‘rsatadi; fanda muhabbat – tushuncha, san’atda esa qadriyatlardir.

San’at bilan fanning yana bir o‘xshashlik tomoni bor, bu –ularning ro‘y beradigan voqelikni avvaldan ko‘ra bilish, karomat qilish xususiyatida ko‘rinadi. Uni fanda – ilmiy taxmin, faraz, san’atda – xayolot, tasavvur deb ataydilar. M., Beruniy globus yasar ekan, o‘z ilmiy nazariy hisob-kitoblariga tayanib, dunyoda yana bir qit’a mavjud bo‘lishi kerak degan farazni ilgari suradi va u qit’ani xaritada qayd etadi. Bir necha asrdan so‘ng Amerika qit’asi kashf etiladi va Beruniyning taxmini amaliyotda tasdiqlangan ilmiy xulosa tusini oladi. San’atda ham shunday: SHarq adabiyotidagi boshqa erda bo‘layotgan voqealarni ko‘rsatuvchi mo‘‘jizaviylik bilan bog‘liq uzuk, jom, ko‘zgular, ilmiy – xayolot janridagi asarlarda fazo kemalarida uchish, o‘zga sayyoralarga qo‘nish singari juda ko‘p hodisalar hozir reallikka aylangan. Faqat bunday hodisalar san’atda fandagiga nisbatan keng, miqyosli va katta hajmlarda namoyon bo‘ladi. Bu – san’atkor shaxsining alohidaligi, onglanmagan ruhiy holatining transsendental aloqadorlikka ega ekanligi, ilhom va uning ilohiyligi kabi xususiyatlari bilan bog‘liq. Xullas, san’at, ma’lum ma’noda fanni boshqarib boradi, unga yangi ilmiy g‘oyalar tizimini, muammolarni hatto muammolarni hal etish yo‘llarini taklif qiladi. U fanga o‘xshab «shunday qilishing kerak», demaydi, «shunday qilish mumkin emasmi»? degan taklifni o‘rtaga tashlaydi va «demokratik asosda» fanni ilgari etaklaydi. SHuningdek, fanning san’atga ta’siri borligini ham ta’kidlash joiz. U olimlar hayoti va faoliyatini, yangi ilmiy muammolarni badiiy asarlarda in’ikos topishida, fan taraqqiyotining san’at turlari ravnaqiga, yangi san’at turlarining vujudga kelishiga ko‘rsatgan ta’sirida ko‘zga tashlanadi. Ayni paytda san’atni o‘rganadigan, uni ilmiy tadqiq etadigan o‘zining maxsus fanlari bor.

San’at ham, fan ham mantiq bilan ish kuradi. Lekin san’atning mantiqi o‘ziga xos – oddiy mantiqdan farqlanadi. CHunki fan tushuncha sifatida so‘zlarni faqat asl ma’nosida, ya’ni, bir ma’noda qo‘llaydi, san’at esa ularni ko‘p ma’noli tarzda, ko‘chma ma’nolarda ishlatadi. Zero ramziylik, majoziylik san’atning yashash sharti. M., «suv kimyoviy formulasi N 2 O bo‘lgan hidsiz, tamsiz, rangsiz suyuqlik», fanda shunday qabul qilingan, uni boshqacha, ikkinchi xil izohlash mumkin emas. San’atda esa suv – obi hayot, bolday shirin, moviy, tiniq, loyqa, qora, o‘tayotgan umr, tuproqning joni kabi yuzlab sifat, xususiyat va ma’nolarga ega so‘z. Ko‘rinib turibdiki, fan san’at darajasidagi erkinlikka ega emas. Bir marta uzil-kesil hal qilingan muammoga yoki birov kashf etgan qonunga ikkinchisi bir olim qaytmaydi. M., Faradey qonunlarini boshqa hech kim qaytadan kashf etmaydi. San’atda bir mavzu, bir muammo har xil yo‘l bilan ochib beriladi va, eng qizig‘i shundaki, har bir badiiy talqin boshqasini takrorlamaydi. M., «Vatan» deb nomlangan yuzlab she’rlar bor, yoki Navoiy qiyofasini tasvirlagan rangtasvir asarlari ham shunaqa. Lekin ularning birortasi ikkinchisini aynan bizga qayta taqdim etmaydi, hammasi yangi va o‘ziga xos.

Ular orasida yana bir farq taraqqiyot masalasi bilan bog‘liq. Fan – tadrijiy taraqqiy topib, jamiyat intelektuallashgan, iqtisodiyot rivojlangan sari ravnaqqa qarab boradi. San’at esa bu omillar bilan ish ko‘rmaydi, uning o‘z ichki taraqqiyot qonunlari bor. Ular jamiyatning ma’naviy olami bilan, qadriyatlar qanday anglanganligi va qadrlanganligi, tarixiy davrlar aro ro‘y beradigan ruh yangilanishi, daholarning dunyoga kelishi kabi sabablar bilan bog‘liq.

SHunday qilib, san’at va fan barcha o‘zaro o‘xshashliklari hamda tafovutlardan qat’i nazar, bir-birini to‘ldirib boruvchi ma’naviy hodisalar sifatida muntazam, dialektik aloqada faolit olib boradi, inson ma’naviyat olamini yanada boyishiga rang-baranglashishiga xizmat qiladi.


Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish